O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


I BOB. AUTOPLAY DASTURI HAQIDA UMUMIY MA‟LUMOT 1.1



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix13.05.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#57800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
autoplay ssenariylari asosida amaliy dasturiy taminot yaratish va uni boshqarish masalasi

I BOB. AUTOPLAY DASTURI HAQIDA UMUMIY MA‟LUMOT 1.1. 

AutoPlay dasturi oynasining tuzilishi

 

Keyingi  yillarda  multimedia  hujjatlarini  yaratishga  oid  juda  ham  ko„plab 



dasturiy ta‟minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir.

 

Istalgan  fayl  yoki  fayllar  to„plamini  bitta  muhitga  birlashtirish,  qolaversa, 



CD  yoki  DVD  disklar  uchun  Autorun-menyusi  hosil  qilishda  Autoplay  Media 

Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.

 

Multimedia  texnologiyalariga  asoslangan  amaliy  dasturlarni  yaratish  uchun 



Autoplay  Media  Studio  dasturidan  foydalanish  foydalanuvchilar  uchun  juda  oson 

va qulay interfeysni taqdim etadi.

 

Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilin-



maydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta 

tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin [5].

 

Bunda  amaliy  dastur  muhitini  dizaynga  boy  holatga  tashkil  etish  uchun 



Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo„lib, ular tarkibiga 

buyruq  tugmasi,  tovush  kuchaytirgichi,  fayllarni  printerdan  bosmaga  chiqarishni 

ta‟minlovchi,  Web-saytllarni  ochuvchi  va  ularga  murojaatni  amalga  oshirib 

beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin.

 

Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish 



uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o„zi yaratadi. Foydalanuv-

chilar  zimmasiga  esa  faqat  qattiq  disk  va  kompakt  diklarni  yozish  uchun  tayyor 

loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.

 

2008-yilning  12-martida  Indigo  Rose  Corparition  kompaniyasi  Autoplay 



Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste‟molga chiqardi.

 

Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o„zaro bog„lashni amalga oshirishga 



yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.

 

Autoplay  Media  Studio  dasturi  muhitida  Visual  Basic,  Visual  C++,  Java, 



Macromedia  Flash  kabi  qator  tizimlarda  yaratilgan  hujjatlarni  ham  bemalol  qayta 

ishlash mumkin [11].

 

5

 




Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma‟lu-

motlar  bazasini  va  shunga  o„xshash  obyektlarni  nafaqat  tez  yaratish,  balki  ularni 

boshqarish ham mumkin.

 

Avtomatik  ishga  tushuvchi  oynalarni  o„zining  kutubxonasidagi  “niqob”lar-



dan  foydalangan  holda  ixtiyoriy  shaklda  (formada)  yaratish  mumkin.  Bunday 

“niqob”  sifatida  .jpg,  .bmp  va  .png  kabi  formatdagi  fayllardan  foydalanilsa  ham 

bo„ladi.

 

Qolaversa,  ma‟lumotlarni  CD  uchun  tayyorlagan  holda  uni  dasturning 



o„zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar 

keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko„rsatadi.

 

Tayyor  loyiha  bunda  .exe  kengaytmali  fayl  sifatida  o„zi  ochiluvchi  arxiv 



ko„rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.

 

Bundan  tashqari,  dasturga  matnni  orfografik  tekshirish  imkoniyati  ham 



kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari 

bilan  birga  ishlaydi.  Agar  dastur  kompyuterga  to„liq  versiya  bilan  o„rnatilgan 

bo„lsa,  matnni  orfografik  tekshirish  uchun  uning  kutubxonasida  juda  katta 

hajmdagi lug„atlar bo„lishi mumkin.

 

Shunday  qilib,  AutoPlay  Media  Studio  7.0  ning  yangi  versiyasi  quyidagi 



imkoniyatlarga ega holda iste‟molga chiqarilgan [5]:

 

1. Avtomatik  ishga  tushuvchi  xususiy  menyu,  interfaol  taqdimotlar,  multi-



media-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta‟minotlarni yaratish; 

2. Loyihaga  turli-tuman  fotografiya,  musiqa,  video,  animatsiya,  matn  va 

boshqalarni biriktira olish xususiyati

3. Web-ilova yaratishga mo„ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 

4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi

5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi; 

6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati; 

7. Matn rangini o„zgartirish uchun RadioButton obyektining mavjudligi; 

8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 

9. Obyektlarni formatlash imkoniyati; 

6

 



10. Kalit so„zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi

11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. 

AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog„liq bir 

nechta buyruqlarni o„z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi (1-rasm):

 

 

1-rasm.AutoPlay dasturining ishga tushirilishi Bu 



muloqot oynasida quyidagi to„rtta taklif ilgari surilgan bo„ladi:

 

1) Create a new project (Yangfi loyiha yaratish); 



2) Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini ochish); 

3) Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish); 

4) Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish). 

Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o„rnatilgan bo„lsa, u holda 

taklif  rus  tilida,  inglizcha  varianti  o„rnatilgan  bo„lsa,  u  holda  taklif  ingliz  tilida 

bo„ladi.


 

AutoPlay  har  bir  buyruq  tugmasi  funksiyasi  va  unga  mos  scriptlar  uchun 

tayyor  kodlar  to„plamini  ham  taqdim  etadi.  Bu  tayyor  kodlardan  qulayroq 

foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma‟qul.

 

7

 




Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Creat a new project” bandini 

tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyi-

dagi muloqot oynasi yuzaga keladi (2-rasm):

 

 



2-rasm. Loyiha shablonlarini tanlashga oid muloqot oynasi Biz yaratayotgan 

ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz 

yoki o„zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” 

deb nomlangan loyiha tanlangan (3-rasm):

 

 

3-rasm. “Quiz” loyihasining tanlanishi Mavjud loyihani 



tanlashning ijobiy tomonlaridan biri shundaki, unda Web-sahifa uchun ba‟zi 

ssenariylar tayyor yozilgan holatda bo„ladi. Ba‟zi obyektlar

 

8

 




uchun  bajariladigan  funksiyalar  esa  tayyor  holatda  berilgan  bo„ladi.  Bunday 

imkoniyat  qisqa  vaqtda  murakkab  tuzilmali  katta  loyihani  yaratishda  amaliy 

yordam beradi.

 

AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega [12]:



 

1. Dastur oynasining darlavha satri. 

2. Dastur oynasining menyu satri. 

3. Instrumentlar paneli satri. 

4. Project Explorer muloqot oynasi. 

5. Properties muloqot oynasi. 

6. Holat satri. 

Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha nomi, dastur nomi va oynani bosh-

qarish  elementlari  joylashgan.  Oynaning  menyu  satrida  quyidagi  menyular 

joylashgan:

 

File.  Bu  menyu  orqali  yangi  loyiha  oynasini  ochish, 

mavjud  loyiha  oynasini  ochish,  loyihani  xotiraga  saqlash, 

loyihani  export  qilish,  hujjat  xossasini  o„zgartirish  va 

dasturdan chiqish kabi ishlarni bajarish mumkin.

 


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin