О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Parlament nazoratining yangi bosqichi



Yüklə 134,67 Kb.
səhifə7/10
tarix05.01.2023
ölçüsü134,67 Kb.
#78537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Djurayeva Gulmira.Nizomiy.

Parlament nazoratining yangi bosqichi.
Parlament nazorati, mansabdor shaxslarning masʼu­liya­tini oshirish va fuqarolar ongida qonunga hurmat ruhini shakllantirishda ham muhim vosita boʻlib hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlagan­i­dek, “Ijro hokimiyati idoralari faoliyatini nazorat qilishda Prezi­dentning asosiy koʻmakchilari kim? Albatta, siz, muhtaram deputat va senatorlar. Sizlar mening oldimga kelib, ijro hokimiyati idoralarining kamchilik va nuqsonlari haqida asosli maʼlumotlar berishingiz, vazirlik va idoralar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha masalani koʻndalang qoʻyishingiz, kerak boʻlsa, vazir va hokimlarni lavozimdan boʻshatishgacha boʻlgan takliflarni kiritishingiz lozim”.
Parlament nazorati, bu — mustaqil va qonuniy, tizimli vakillik organi faoliyati boʻlib, uning palatalari, qoʻmita va komissiyalari, palata aʼzolarining ijro hokimiyati va boshqa davlat organlari va xoʻjalik boshqaruv organlarining inson va fuqaro­larning huquqlari va erkinliklarini, qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya qilinishini taʼminlash hamda konstitutsiyaviy va joriy qonunlarning ijrosini nazorat qilish faoliyati hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentning shakllanishi, ular aʼzolarining huquqiy holatiga taʼsir oʻtkazmay qolmadi. Qabul qilingan huquqiy hujjatlar parlament aʼzolarining faol harakat qilishlari, ularning qonunchilik jarayonida, qolaversa xalq vakili sifatida faoliyat olib borishlariga huquqiy zamin yaratib berdi.
Qonun ijodkorligi — Qonunchilik palatasi faoliyatining eng muhim, birinchi galdagi yoʻnalishidir. Qonun ijodkorligi faoliyati “qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom maʼnoda xalq boʻlishi shart” degan tamoyilga asoslandi.
Oxirgi yillarda Qonunchilik palatasini har bir qonun loyihasi boʻyicha xolis bahs-munozara va tortishuvlar makoniga, turli ijtimoiy manfaatlar oʻrtasidagi kurash maydoniga, chinakam demokratiya maktabiga aylantirmoqda. Misol tariqasida, 2020-yilda Qonunchilik palatasi tomonidan jam 149 ta qonun loyihasi koʻrib chiqildi. Shundan 118 tasi (79,2%) hisobot davrida kiritilgan, 31 tasi esa (20,8 foiz) 2019-yildan oʻtgan qonun loyihalaridir.
2020-yilda Qonunchilik palatasi tomonidan jami 72 ta, shu jumladan 62 ta alohida qonun va 49 ta qonun loyihasini oʻz ichiga olgan 10 ta jamlanma qonun qilinib, maʼqullash uchun Senatga yuborilgan.
Eʼtibor qaratadigan boʻlsak, 2020-yilda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Qonunchilik palatasiga 12 ta qonun loyihasi kiritilgan. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarining haqiqiy maʼlumotlar bazasiga aylanganligini inobatga olgan holda, Oliy Majlis palatalari parlament soʻrovi boʻyicha olingan javoblarni internetdagi rasmiy veb-saytlarda keng jamoatchilik uchun eʼlon qilishni tashkil etish muhim boʻlib, bu parlament nazoratini yangi bosqichga koʻtaradi.
Fikrimizcha, mamlakatimizda hozirgi kunda fuqaro­lari­miz­ning ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanayotganligini nazarda tutgan holda, parlament soʻrovi boʻyicha olingan javoblarni maxsus internet tarmoqlariga joylashtirilishi jamoatchilik nazoratining yoʻlga qoʻyili­shiga keng imkoniyat yaratib beradi.
Hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonida yuborilayotgan deputatlik soʻrovlari aksariyat holatlarda turli darajadagi masalalar boʻyicha tarqoq holda, baʼzi holatlarda aynan bir masala boʻyicha turli vazirlik va idoralarga yuborilganligini koʻrsatmoqda. Ayni paytda bu borada aniq bir huquqiy mexanizmning mavjud emasligi Qonunchilik palatasi deputati soʻrovini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxs­lariga yuborish tartibini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Taʼkidlash lozimki, 2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yuboril­gan soʻrovlar tahliliga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, deputatlarning joylarda oʻtkazgan oʻrganishlari, saylov okrug­larida saylovchilar bilan uchrashuvlari jarayonida va fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni hal etish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga jami 338 deputat soʻrovi yuborilgan. Misol tariqasida, 2019-yilda 304 ta deputat soʻrovi yuborilgan.

Yüklə 134,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin