О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Quyi palata bilan Mahalliy Kengashlar oʻrtasidagi munosabatlar deyarli tartibga solinmagan



Yüklə 134,67 Kb.
səhifə8/10
tarix05.01.2023
ölçüsü134,67 Kb.
#78537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Djurayeva Gulmira.Nizomiy.

Quyi palata bilan Mahalliy Kengashlar oʻrtasidagi munosabatlar deyarli tartibga solinmagan
Oʻzbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻri­sida»gi Qonunning 26-moddasida Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi, deb belgilab qoʻyilgan.
Amaldagi qonunlarimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan Mahalliy kengashlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar deyarli tartibga solinmagan. Shu maqsadda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalari hamda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni kuchaytirish va oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasining “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida fuqarolarning Internet tarmogʻidagi murojaatlari asosida parlament va deputat soʻrovlarini shakllantirish masalasi alohida vazifa sifatida belgilab qoʻyildi.
Mazkur parlament nazorati shakllaridan zamonaviy yondoshuv asosida samarali foydalanish, koʻplab mavjud muammolarning yechimi topilishiga bevosita ijobiy yordam koʻrsatadi.
Hozirgi kunda “Elektron parlament” tizimi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha baholash va reyting tizimini joriy etish, yaʼni deputatlarning qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasidagi faoliyatini baholashning elektron tizimini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Bu esa deputatlarning oʻz ustida koʻproq ishlashini talab etadi, xalq va parlament oldidagi masʼuliyati va javobgarligini oshiradi. Qolaversa, parlament faoliyatida zamonaviy yondashuvning shakllanishiga, mehnat unumdorligining oshishiga bevosita xizmat qiladi.
Muxtasar qilib aytganda, parlament xalq vakilligi instituti, davlat hokimiyatining alohida mustaqil tarmogʻi sifatida jamiyat va davlat boshqaruvida islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi ekanligini amalda namoyon etishlari lozim boʻladi.

Yüklə 134,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin