О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Davlat hokimiyatining tuzilishi va uni amalga oshirish usullari



Yüklə 134,67 Kb.
səhifə3/10
tarix05.01.2023
ölçüsü134,67 Kb.
#78537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Djurayeva Gulmira.Nizomiy.

Davlat hokimiyatining tuzilishi va uni amalga oshirish usullari
Davlat jamiyatning normal hayot faoliyatni ta'minlash va qo’llab-quvvatlash uchun jamiyat va davlatning oldiga qo’yilgan vazifalarni yechishi, ko’zlangan maqsadlarga erishmog’i uchun turlicha davlat tashkilotlarining harakatda bo’lishi zarur. Davlat mexanizmisiz davlatning o’zi bo’lmaydi.
Davlat mexanizmi - bu davlat tashkilotlarining tizimi bo’lib, ularning yordamida davlat hokimiyati tatbiq etiladi, jamiyatga nisbatan davlat rahbarligi ta'minlanadi.
Davlat tashkilotlarining barchasi o’zaro mustahkam bog’liqdir. Ularning har biri ma'lum vazifalarni bajaradi va uchumiy mexanizmning "harakatga keltiruvchi remeni" sifatida yuzaga chiqadi, o’z navbatida barcha organlar yagona tizimida o’zaro kelishgan holda harakat qiladilar.

Davlat mexanizmi - uning mohiyati bilan ifodalanadi. Shu bilan birga davlat mexanizmi iqtisodiy bazisning ahvoliga, siyosiy kuchlarning munosabatlariga, davlatning maqsadi, vazifalari va fukntsiyalariga o’z ta'sirini ko’rsatadi.

Davlat mexanizmi quyidagi xususiyatga ega:

- Davlat mexanizmi boshqaruv bilan shug’ullanuvchi maxsus kishilardan iborat (qonun ijodkorligi, qonunlarning ijrosi va boshqalar bilan);

- Davlat mexanizmi tizilishi o’zgaruvchan va turli xil bo’ladi, lekin har qanday sharoitda ham uning tarkibiga boshqaruv va majburlov organlari kiradi.Buni albatta nato’g’ri tushunmaslik kerak, ya'ni davlat mexanizmining ma'lum bir qismi faqat boshqaruv bilan, qolgan qismi majburlov bilan shug’ullanadi deb. Real hayotda boshqaruv va majburlov bir-biri bilan o’zaro almashib turadi.

Zamonaviy davlat mexanizmi o’zining yuqori darajadagi murakkabligi bilan, organ va tashkilotlarining (muassasalari) turli-tumanligi bilan oldingilaridan ajralib turadi, katta-katta tizim osti organlariga ega. Uning bitta tizim osti organlarini davlatning oliy organlari (vakillik, davlat boshlig’i, hukumat) yuzaga keltiradi (ifodalaydi).

Ikkinchi tizim osti organlariga - huquq tartibot, sud, tartibot, sud, armiya, militsiya va boshqa organlar kiradi. Bu organlar oliy davlat organlarining qarorlarini bajaradilar.

Davlat hokimiyati siyosiy hokimiyat bo’lib, uning zo’rlik kuchi bilan davlat mexanizmi orqali amalga oshirilib, jamiyatga rahbarlik qiladi. Davlat mexanizmi - bu davlat apparatidan, ya'ni davlat organlarining yig’indisidan, davlat muassasalaridan va korxonalaridan iborat.

Davlat mexanizmi – davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, jamiyatga davlat rahbarligini ta'minlovchi davlat tashkilotlari tizimidir.

Yaqin o’tmishda davlatning vazifasi beistisno uyushgan zo’ravonlikdan iborat deb qaralar, lekin uni umumfarovonlikni ta'minlash mexanizmi sifatida hech kimning xayoliga kelmas edi.

1. davlat mexanizmi - boshqaruv bilan maxsus shug’ullanish faoliyatini amalga oshiradidan iborat;

2. davlat mexanizmi idoralar va muassasalarning murakkab tizimidan iborat;

3. davlat maxkamasining barcha bug’inlari faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan majburiy ta'sir yo’li bilan ham ta'minlanadi;

4. davlat mexanizmi o’z fuqarolarining qonuniy manfaatlarini va huquqlarini ishonchli tarzda kafolatlash va muhofaza qilishga da'vat etilgan.

Davlat mexanizmining tuzilishi va uning faoliyati ob'ektiv tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bu esa, jamiyatni davlat yo’li bilan boshqarishning eng yuksak ob'ektivligini ta'minlaydi. Eng muhim tamoyillardan biri hokimiyatning bo’linishi tamoyilidir (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati).

Davlat mahkamasi (apparati) – davlat mexanizmining bir qismi bo’lib, davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan davlat organlari majmuidan iborat.

Davlat mexanizmi davlat mahkamasidan tashqari davlat muassasalari va davlat korxonalarini ham o’z ichiga oladi.

Davlat mahkamasi umumiy shaklda organlarning quyidagi ko’rinishlari tarzida namoyon bo’lishi mumkin:

a) qonun chiqaruvchi hokmiyat organlari.

b) Iiro etuvchi hokimiyat organlari.

v) sud hokmiyati organlari.

Davlatning maxsus organlari tizimida davlat hokimiyatning oliy va mahalliy vakillik organlari ham mavjud. Davlatning oliy vakillik organlari qonun chiqaruvchi hokimiyat funktsiyasini bajaradi. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari vahillik xarakteriga ega bo’ladi.




Yüklə 134,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin