Davlat apparati - bu davlat mexanizmining bir qismi bo’lib, davlat organlarining yig’indisidir, bular davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun hokimiyat vakolatiga ega. Muassasalarga esa, oliy o’quv yurtlari, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqalar kiradi. Korxonalar esa maxsulot ishlab chiqarish uchun tuziladi va davlatning xo’jalik faoliyatini mustahkamlaydi. Masalan, fermer va tadbirkorlar xo’jaligi, turli firmalar, kontsernlar, zavod-fabrikalar va boshqalar. Davlat apparati asosan qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat (boshqaruv organlari va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi) organlardan iborat.
Davlat organlari bir qancha belgilarga ega. Birinchidan, davlat nomidan uning vazifa va funktsiyalarini amalga oshiradi. Ikkrinchidan, hokimiyat vakolatiga ega, bu bilan davlat korxonalari va muassasalaridan farq qiladi. Uchunchidan, tegishli kompetentsiyaga, ya'ni vazifa, funktsiyalarga, huquq va majburiyatga ega. To’rtincidan, qonunga asosan ma'lum ma'muriy tuzilish va hududiy faoliyatga ega bo’lgan holda tashkil topadi. Yuridik aktlar chiqarib, ishontirish va majburlash choralarini qo’llaiydi.
Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari ikki xil bo’ladi. Ishotirish va majburlash usullari, ishontirish usulida davlat hokimiyati maqsadi, mohiyati va funktsiyalarini kishilarning ongi, erki, axloqi va g’oyaviy tushunishi asosida olib boradi. Bu usul jamiyatdagi barcha mafkuraviy, ijtimoiy-ruhiy qarashlar har bir fuqaroning shaxsiy va ko’pchilik jamoa ongini rivojlanishi orqali olib boriladi. Jamiyatda davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun ikkita mafkura mavjud. Birinchisi, diniy mafkura, bu diniy ma'lumotga asoslanadi. Bunga asosan davlat hokimiyatnini amalga oshirishda diniy qarashlarga asoslanadi. Ikkinchisi, bu dunyoviy mafkura davlat hokimiyatini amalga oshirishda jamiyatdagi hukmron nazariya, urf-odat va axloqiy qoidalarga asoslanadi.
Majburlash usulida davlat manfaatini amalga oshirish maqsadida davlat hokimiyati tomonidan kishilarga moddiy, ruhiy va jismoniy ta'sir etadi. Majburlash usuli huquqiy va nohuquqiy usullar orqali amalga oshiriladi. Huquqiy usul – bu davlat hokimiyatini amalga oshirishda huquqiy normalarga amal qilishdir. Davlat hokimiyatini amalga oshirishlik uchun qonuniylik va adolatli siyosiy usulni nazorat qiladi. Qonuniylik buzilgan hollarda davlatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari himoya qiladi. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning huquqiy usuli demokratik siyosiy tartibdagi davlatlarda kafolatlangan bo’lib, bu shu davlatda huquqiy tizimning umumiy tamoyillari bilan, davlat hududida barcha fuqarolar uchun yagona va umumiyligi, davlatni zo’rlik kuchi orqali amalga oshirilishi, taraflarga huquq va burch belgilanishi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda muntazam tarzda olib borilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi islohotlar hokimiyatlar boʻlinishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar oʻrtasida oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish doimiy islohotlar mezoni boʻlib xizmat qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilanganidek, “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanadi”. Mazkur prinsipning mohiyati shundaki, siyosiy hokimiyatning bu uch funksiyasi — qonun chiqarish, ijro etish va odil sudlov - bir-biridan mustaqil tarzda amalga oshirilishi kerakligini nazarda tutadi.
Parlament faoliyatini takomillashtirish zamonaviy demokratik davlatni barpo etish va rivojlantirishning ajralmas xususiyatidir. Shuning uchun ham dunyodagi turli demokratik tizimlarda parlament faoliyatini takomillashtirish yoʻllari va usullarini shakllantirish, samaradorligini oshirish, hokimiyatning ijroiya va sud hokimiyatlari tarmoqlari faoliyati bilan boʻladigan ishlarini uygʻunlashtirish borasida tizimli islohotlar olib borilyapti.
Prezidentimizning 2017-yil 12-iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar vakillari bilan videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasida taʼkidlab oʻtganidek, “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi boʻlishi kerak.” Darhaqiqat, parlamentimiz yangi Oʻzbekiston shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlarning Bosh tashabbuskori, ijrochisi boʻlishi lozim.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida parlament oldiga baʼzi bir muhim vazifalar belgilandi.
Xususan, Qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini taʼminlash sohasida Oliy Majlis palatalari hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yana-da kuchaytirish va bu orqali davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini taʼminlash sohasida Oliy Majlis palatalari bilan oʻzaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan rahbar oʻrinbosarini belgilash hamda mazkur rahbar oʻrinbosari Parlament palatalari bilan oʻzaro hamkorligining mexanizmlarini yana-da kuchaytirish masalalari shular jumlasidandir.
Yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, uning asosida qabul qilingan Davlat dasturining ijrosini taʼminlashda, jamiyatda parlamentning nufuzini, rolini oshirishda, qonunlarga rioya qilish, ularni ijro etish va qonun normalari bilan tartibga solishga ehtiyoj tugʻilayotgan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash, amaldagi qonun hujjatlarini hayot talablari bilan muntazam uygʻunlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan amalga oshiriladigan parlament nazorati muhim ahamiyat kasb etadi.