Xulosalar Kurs ishida O'zbekistonda milliy hisoblar tizimi: holati va istiqbollari nazariy va amaliy jixatdan tadqiq qilib quyidagi xulosalarga kelindi.
-Tadbirkorlik va biznes tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin. U ishbilarmonlikdan kelib chiqqan munosabat bo'lib, biror bir unumli ish, faoliyat bilan bog'liqlikni anglatadi.
-Mustaqillik yillarida respublikamizda kichik biznes sezilarli rivojlandi. Ammo kichik korxonalarni tashkil qilish sur'ati, ularning barqaror rivojlanishi va umumiy iqtisodiy tizimdagi o'rni hali bozor iqtisodiyoti talablariga to'la javob bermaydi.
-Bizning fikrimizcha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kafolatlari va davlat tamonidan qo'llab-quvvatlash quydagi yo'nalishlarda olib borilishi lozim:
-O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari va manfaatlarini huquqiy jihatdan kafolatlash; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan moddiy va ma'naviy rag'batlantirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash fondlarini tashkil etish; Qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi... Missiya 2011 yilda yalpi ichki mahsulot 8,3 foiz ko'payishini kutmoqda va o'rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'atlari saqlanib qolishini bashorat qilmoqda”.
Ta'kidlash joizki, o'tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati, kutilganidek, amalda 8,3 foizni tashkil etdi, 2000 — 2011 yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Mazkur ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi.
O'tgan yili sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 16,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko'rsatish 16,1 foizga barqaror yuqori sur'atlar bilan o'sdi. qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi” ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hozirgi davrda iqtisodiyotning rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishda milliy tizim imkoniyatidan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi. Bunga bir tomondan, ushbu mavzulardagi o‘quv adabiyotlarining kamligi sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyoti mazmunini yorituvchi va ifodalovchi tushunchalar, klassifikatsiyalar, schyotlarini tuzish; ularning hisoblash usullarini amaliy misollar yordamida o‘rganish, tahlil va talqin qilishga imkoniyat beradigan ilmiy manbalarning yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Mirzanov B.J. Milliy xisoblar tizimi - milliy iqtisodiyot modeli. // «Moliya», 2009, № 4. 70-73-b.
2. IQTISOD VA MOLIYA / EKONOMIKA FINANSI 2015, 12
3. Maxmudov B. Milliy hisobchilik asoslari./O'quv
qo'llanma. – T.: TDIU, 2003. – B. 111-116.
4. Qoraboyev A.R. Milliy hisoblar tizimi fanidan masalalar
to’plami. O’quv uslubiy qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2008. – B. 46-67.
5. A.Abdug'afforov, M.Zokirova, A.Qoraboyev. Milliy
hisoblar tizimi. Toshkent “Moliya” 2002.