O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


Xalq istagi: ozod bo’lsin bu o’lka



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə7/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Xalq istagi: ozod bo’lsin bu o’lka,
Ketsin uning boshidagi ko’lanka.
20-yillardagi jadid adabiyoti dramaturgiyada ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu borada Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon CHo’lpon, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqalarning ijodiy yo’li diqqatga loyiqdir.
20-yillarda jadid ijodkorlar bilan bir qatorda Oybek, H.Olimjon, G’.G’ulom, Uyg’un, Usmon Nosir, Elbek, Botu, Abdulla Qahhor, H.SHams, Oydin, Mirtemir, Komil Yashin, Sobir Abdulla kabi yosh qalam sohibalari adabiyot maydoniga kirib keldilar. Bu jadidchilik adabiyoti beiz yo’qolib ketmaganligini ko’rsatadi37.
30-yillarga kelib jadidchilik adabiyotining rivojlanishi uchun hamma imkoniyatlari mutlaqo yopib qo’yildi. SHu boisdan ham bu davrda Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» (1929) va CHo’lponning «Kecha va kunduz» (1935-1937) ro’monidan boshqa jadid adabiyotidan namuna tariqasida ko’rsatishga arziydigan asar chop etilmadi.
Bu davrda o’ziga xos zamon zayliga mos yangi yo’nalishdagi asarlar paydo bo’ldi, shakl va mazmun sohasida bir qancha yangiliklar vujudga keldi. Ammo shu narsaga imon keltirish kerakki, vaziyat qanchalik og’ir bo’lsada badiy ijodda hamma janrlarda xalq obrazi yetakchi o’rinda bo’ldi.
SHeriyatda biz buni Abdulhamid CHo’lpon, Oybek, SHayxzoda, Mirtemir va boshqalar singari zabardast va yetuk shoirlar bilan bir qatorda Usmon Nosir, Sulton Jo’ra, Hasan Po’lat kabi yosh ijodkorlar asarlarida ko’ramiz. Lirikadagi bunday namuna xususan olov qalb shoir Usmon Nosir (1912-1944) ijodiga xosdir. Uning she’riyatining mavzui serqirradir: sevgi-muhabbat, hayot tashvishlari, ijtimoiy-siyosiy jumboqlar masalalari markazida inson timsoli markaziy o’rinda turadi. Bu bejiz emas. CHunki Usmon Nosir xalq, vatan manfaatini hamma narsadan ustun qo’yadi. U 1933 yilda Samarqandda yozgan «Yurak» she’rida butun hayoti, borlig’ini xalqqa, jamiyatga bag’ishlash, ona-Vatanga mehr-muhabbat sadoqat ila halol xizmat qilish g’oyasini ilgari surgan.
30-yillarda she’riyat bilan bir qatorda ballada, doston, badiiy ocherk, hikoyat, drama yo’nalishlarida ham o’zbek adiblari bir qator xalqchil asarlar yaratdilar. Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg’», Sulton Jo’raning «Qaldirg’och» poemalari, A.Qodiriyning «G’irovonli Mallaboy aka», H.SHamsning «Dovon oshganda», «Mehnat-baxt garovi», G’.G’ulomning «Semurg’ qanotida», «Oydinning», «El og’zida ertak» kabi ocherklari, A.Qodiriyning «Obid ketmon», G’.G’ulomning «SHum bola», «S.Ayniyning» «Sudxo’rning o’limi»-va boshqa qissalari, CHo’lponning «Kecha va kunduz», S.Ayniyning «Doxunda», «Qullar», Oybekning «Qutlug’ qon», A.Qahhorning «Sarob» ro’monlari, Ziyo Said va N.Safarovning «tarix tilga kirdi», U.Ismoilovning «Rustam» kabi bir qator drama asarlari shular jumlasidandir. O’zbek ijodkorlari mazkur asarlarda g’oyat og’ir, Sovetlarning Qatag’on siyosati va amaliyoti o’z taraqqiyoti pillapoyasidan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyatdagi o’tkir muammolarni g’oyatda ustamonlik bilan ochib ularga o’z munosabatlarini bayon etadilar. Bu jihatdan Umarjon Ismoilovning «Rustam» sahna asari diqqatga loyiqdir. Unda muallif chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatini fosh etish, uning butun boshli yaramas va chirkin illatlarini ochish orqali o’zlari yashab turgan jamiyatni la’natlaydilar. Bu jihatdan asardagi bosh qahramon kosib yigit Rustam obrazi diqqatga loyiqdir.
Ayni paytda 30-yillarda qizil saltanat mustamlakachiligi siyosatiga mamlakatda avj olib ketgan ma’mur buyruqbozlik, siyosiy qatag’onlik bilan bog’liq illatlar qo’shilib jamiyat dahshatli bir tusga kirdi. Bu adabiyotda ham o’z aks sadosini topdi.
Xullas, 30-yillarga kelib O’zbekistonda badiy adabiy ijod og’ziga qulf urildi va o’zi zanjirband etildi. U endi batamom mustamlakachi va zo’rovon tuzumning ayanchli qo’g’irchoq malayiga aylantirildi.
XX asr boshlarida Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam o’rnashib olishi kuzatildi. U o’z siyosiy agentlari (vakillari) yordamida Buxoro amiri va Xiva xoni vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qo’g’irchoqqa aylantirib rus va g’arb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aktsiyadorlik jamiyatlari manfaatini ko’zlaydi. Ayni chog’da mahalliy aholining talabi va ehtiyojlari nazarga olinmay qo’yildi, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bo’lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxo’rlik, ijtimoiy–siyosiy adolatsizlik avj oldirildi. Madrasalar va maktablar faoliyatini cheklash mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, mahalla jarayonida qozilar bo’yniga xoch taqtirishgacha borildiki, yerli aholini bu xilda taqqirlash hollari mustamlakachilarning bedodligini yaqqol ko’rsatardi. O’sha davr ahvolini Muhammadali Xolfa Sobir o’g’li (u Dukchi Eshon nomi bilan mashhur bo’lgan) 1898 yil may oyida xalqqa qarata o’z «Xitobnomasi»da yaxshi bayon qilgan edi.Mehnat istiqbolini o’ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari– hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg’otish - siyosiy-ma’rifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Milliy siyosiy harakatlar, jumladan, jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun o’ziga qulay zamin topdi. Turkiston mintaqasi XX asr boshlarida uchta
siyosiy birlik: Turkiston general–gubernatorligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi hududlaridan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligi yohud Turkiston o’lkasi Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan bo’lsa, Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiyaga qaram bo’lgan yarim mustaqil davlatlar edi.
Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni XX asr boshlarida 1.738.918 km2 ni tashkil etgan. Aholi soni 1897 yilga birinchi Butunrossiya aholini ro’yxatga olishning to’la bo’lmagan ma’lumotlariga ko’ra, 5.280.983 kishidan iborat bo’lgan. Rossiya statistik boshqarmasining 1914 yilda to’lmagan ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich 6.492.692 kishiga yetgan.
Turkiston aholisining umumiy miqdorida o’zbeklar, qozoqlar, qirg’izlar, tojiklar, turkmanlar, qoraqolpoqlar, ko’pchilikni tashkil etganlar. Ularning miqdori 1897 yilda–4.986.324, 1914 yilda–5.941.604 kishidan iborat bo’lgan. Slavyan aholisi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning soni 1897 yilda – 197.240, 1914 yilda–406.607 kishini tashkil etgan. Bundan tashqari Turkiston aholisining etnik tarkibida boshqa xalqlar ham mavjud bo’lgan.
Podsho Rossiyasi Turkistondagi xonliklar hududining katta qismini bosib olgach, tabiiy resurslarga niholda boy o’lkaga ega bo’ldi. Turkiston o’lkasi oblast (viloyat), uezd, volost (bo’lik), uchastka va oqsoqolliklarga bo’linib boshqarildi. Turkiston general – gubernatori bir vaqtning o’zida Rossiya podshosi noibi (yarim podsho), xarbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, bosh prokuror va bosh mirshab edi. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agentligi (1885–1917 yy.), Xiva xonini esa Amudaryo bo’limi boshlig’i (1873–1918) orqali nazorat qilib turgan. Turkiston o’lkasi Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Yettisuv (Semirechьe), Kaspiy-orti (Zakaspiy) viloyatlari hamda Amudaryo bo’limiga bo’lingan edi. Viloyatlar oq podsho tayinlagan harbiy gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi.
Sirdaryo viloyati Toshkent, Avliyo ota, qazali, Perovsk, CHimkent; Farg’ona viloyati Marg’ilon, Andijon, Qo’qon, Namangan, O’sh; Samarqand viloyati Jizzah, Kattaqo’rg’on, Xo’jand, Samarqand; Yettisuv viloyati Verniy, Jarkent, Kopal, Lepsinsk, Pshipak, Prjevalьsk; Kaspiyorti viloyati Ashxobod, Krasnovodsk, Mang’ishloq, Marv, Tajan kabi uezdlarga bo’lingan.
XX asr boshlarida Turkiston o’lkasida mustamlakachilik va ulug’ millatchilikka asoslangan siyosiy–ma’muriy tizim hukm surgan. Rossiya hukumati o’zbek va boshqa tub xalqlarga siyosiy va insoniy huquqlar berishni xayoliga ham keltirmagan. Rossiya matbuoti va ilmiy asarlarida Turkiston o’lkasi ochiqdan–ochiq «Rossiya mustamlakasi» nomi bilan izohlangan. Xatto ahvol shu darajaga borib yetganki «Russkiy Turkestan» («Rus Turkistoni») atamasini ishlatish odat tusiga aylandi. SHuningdek, tub xalqlar, o’zbeklar, qozoqlar deb asl nomlari bilan emas, balki «inorodets» («begona zot»), tuzemets («erli aholi») deb yuritilgan. Mustaqillikning yo’qotilishi, siyosiy xavfsizlik va adolatsizlik, butun jamiyat aholini Rossiya davlatiga qarshi kuchni muxolifatga aylantirdi. Ularning orasida tub xalqlar yuqori tabaqalarining ilg’or vakillari ham bo’lib, ozodlik g’oyalari borgan sari kuch-quvvatga to’lib bordi. Bu ilg’or keyinchalik jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil qildi.
XX asr boshlarida Buxoro amirini hududi 225 000 km2 ni tashkil etgan. Amirlik hududi bu paytda 28 ta beklik, poytaxt Buxoro atroflari esa 9 ta tuman, ular o’z navbatida 125 ta amlokdorlikka va 10 000 dan ortiq oqsoqolliklarga bo’lingan. Poytaxt atrofidagi tumanlar va Buxoro shahrini amir nomidan qushbegi–Bosh Vazir boshqargan. Bu ma’muriy bo’linish fuqaroga yaxshiroq xizmat ko’rsatish manfaatini ham unchalik qondirmas edi.
Buxoro aholisi ko’p millatli edi. Ularning miqdori taxminan 2–2,5 mln. kishi bo’lgan. Bu yerda o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqolpoqlar, buxoro yahudiylari, forslar va arablar istiqomat qilar edi.
Amirlikda aholining ko’pchiligi–1,5 mln. kishini o’zbeklar tashkil etgan. Mamlakat aholisining asosiy qismini dehqonlar, chorvadorlar va shahar hunarmandlari (kosiblar)dan iborat bo’lgan. Rossiya imperiyasining Siyosiy agenti Buxoro amiri va uning aloqadorlari ustidan maxfiy nazorat va kuzatuv olib boruvchi markaz vazifasini ado etgan. 1895 yil 1 yanvardan Buxoro amirligini Rossiya bojxona tizimiga kiritilishi ham mustamlakachilik siyosatining bir ko’rinishi bo’ldi.
Imperiyaning XX asr boshlarida Buxoroda o’tkazgan pul islohoti ham ana shu maqsadga qaratilgan edi. Bojxona sohasida davlat mustaqil-ligining yo’qotilishi va Buxoro tangasi (milliy valyuta)ning rus rubliga bo’ysundirilishi Buxorni Rossiyaning xom ashyo makoni va arzon bozoriga aylantirishda muhim bosqich bo’ldi.
Buxoro amirligi davlat boshqaruvida ulamolar va mulkdorlarning roli alohida ajralib turgan. Ulamolar (diniy arboblar), bir tomondan amir hokimiyatini mustahkamlashga ikkinchi tomondan, mamlakatdagi butun siyosiy va iqtisodiy, shuningdek, ma’naviy hayotga ta’sir o’tkazishga harakat qilishlar edi.
Buxoro amirligidagi boshqaruv apparatida an’anaviy hokimiyat pillapoyasi mavjud bo’lib, unga muvofiq bahodir, mirzaboshi, jebachi, qoravulbegi, miroxo’r, to’qsabo, ishkorboshi, biy (bek), dodxoh, parvonachi, devonbegi, otaliq, qo’shbegi kabi xizmat lavozimlari joriy etilgan. Biylardan yuqori pillapoyani egallaganlar oliy amaldorlar toifasiga kiritilib, odatda ular bek lavozimini egallar yoki Buxoro arkida ishlar edilar.
Davlat hokimiyati tepasida amir turar, uning huzurida doimiy ravishda 100 kishidan iborat maslahatchilar mavjud bo’lgan. Davlatni 125 amaldordan iborat devonga ega bo’lgan qo’shbegi boshqargan. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, qo’shbegi davlatdagi butun hokimiyatni o’z qo’liga to’plab olgan. Uning mahkamasi amirlikdagi davlat boshqaruvining oliy formoyish beruvchi va ijro etuvchi organi hisoblangan. Davlat ahamiyatiga ega ba’zi masalalarda, ya’ni urush olib borish, moliya, daromadlar va sarf–xarajatlarni nazorat qilish, oliy darajadagi amaldorlarni ishga tayinlash va ishdan bo’shatish, tanho yoki faxriy unvonlarni taqsimlash amir vakolatlari doirasida bo’lgan. 1907–1908 yillarda SHarqiy Buhoroning qo’pgina bekliklarida dehqonlar g’alayonlari bo’lib o’tdi. Jumladan, Ko’lab, Hisor, Darvoz, Baljuvon, qorategin, SHug’non va Rushonda shunday xalq g’alayonlari sodir bo’ldi. Xalq noroziligining asosiy sababi–amir hukumati tomonidan tayin qilinib, shariat aqidalariga zid to’planadigan soliqlarning ko’pligi edi. Ayniqsa, Mo’minobodda yirik g’alayon bo’lib, Mo’minobod hokimi Muhammad Nazirbek va fuqarolar o’rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Ushbu mojaroni tinchitish uchun amir tomonidan Miroqul Xazratqul bu yerga yuborildi.
XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy jarayonlarning rivojida 1910 yilning yanvarida bo’lib o’tgan voqealar muhim ahamiyat kasb etgan. 1910 yilning yanvarida Buxoroda bo’lib o’tgan shia va sunniylar o’rtasidagi mojarolar o’sha davr matbuotida ancha batafsil ko’rsatilgan.
Buxoro shahrining shia mazhabidagi aholisi 1910 yil 9 yanvar kuni o’g’lon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada o’zlarining «Ashuro» degan diniy motam marosimlarini o’tkazayotganliklarida sunniy mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan ko’ladilar. Bundan g’azablangan shialar bir mullavachchani o’ldiradilar va uchtasini qamattiradilar. Sunniylarning vakillari Buxoro Arkiga kelib, qo’shbegi Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va qamalganlarni ozod qilishni talab qiladila. Biroq o’zi shialardan bo’lgan Ostonakul qo’shbegi yig’ilganlarga qarshi sarbozlarni yuboradi va ikki o’rtada jang boshlanadi. Bozorda ham sunniylar bilan shialar o’rtasida janjal ko’tariladi. Manbalarning guvohlik berishicha, eng dahshatli to’qnashuv Xiyobon madrasasi atrofida sodir bo’lib, bu yerda sunniylardan 240 nafargacha kishi qo’rbon bo’lgan. SHundan so’ng sunniylar butun shaharga tarqalib, duch kelgan shialarni qira boshlaganlar. Bu xunrezlik 10–11 yanvarda ham davom etgan.
Buxoro shahrida vaziyat murakkablashgach, amir hukumati bu g’alayonni bostirish va Buxoroda tartib o’rnatish uchun o’lkadagi rus ma’murlaridan yordam so’raydi. 11 yanvarda Samarqand va Kattaqurg’ondan polkovnik Panov rahbarligida o’qchi rota va kazaklar sotnyasi (yuzligi) 4 ta pulemyot bilan yetib keladi. Fojia haqidagi xabar Rossiya poytaxti Sankt–Peterburggacha boradi. Bosh vazir Stolipinning P. A. buyrug’i bilan kuprezlikning oldini olish uchun I Turkiston armiyasi korpusi shtabining boshlig’i general–mayor Lishentalь bu yerga yuboriladi. Karmanada yashayotgan Buxoro amiri Abdulaqadxon (hukironligi: 1885-1910 yy.) taxt vorisi Said Olimxonni bu yerga jo’natadi. 13 yanvarda Said Olimxon Karmanodan Buxoroga yetib kelib, xalqning tazyiqi ostida Ostonaqul qushbegi, Said Olim va Mirob Olim to’qsabolarni vazifasidan chetlashtiradi.
Umuman olganda, bu xuprezlikda shahar hunarmandlari, ishchilar mayda savdogarlar, mullavachchalar, ulamolar va boshqalar qatnashadi. Xunrezlik haqidagi xabar Buxoro amirligi tumanlaridagi aholini ham junbushga soladi. Buxorodagi yanvar fojialarida umumiy hisoblarga qaraganda mingdan ortiq kishi haloq bo’lgan. Bu xuprezlik amirlik va mustamlakachi Rossiya ma’murlarini vahimaga solib qo’ygan.
Turkiston mintaqasidagi uchinchisi siyosiy birlik–Xiva xonligining hududi XX asr boshlarida 62 237 km bo’lib, u kichik bir vassal davlat darajasiga tushirib qo’yilgan edi. Xiva xonligining aholisi haqida manbalarda bir-biriga zid ma’lumotlar keltiriladi. Hatto arxiv hujjatlarida ham turli raqamlar mavjud. 1910 yilda Xiva xonligidagi aholini ro’yxatga olish natijasida jamlangan Materiallarda xonlik hududida taxminan 1–1,2 mln. kishi yashashi keltiriladi. Tarixchi Q.Rajabovning yozishicha 1920 yilda Xiva xonligida 500 000–550 000 kishi yashagan.
Xiva xonligida asosan o’zbeklar, turkmonlar, qoraqolpoqlar, qozoqlar bilan birga arablar, tatarlar, ruslar va boshqa xalqlar ham yashagan.Xonlikdagi eng yuqori unvon xon bo’lib, u siyosiy, xarbiy va diniy hokimiyatga ega bo’lgan. Buxoro amirligidagi boshqaruv tizimidan farqli o’laroq Xiva xoni huzuridagi doimiy Kengash (Devon) mavjud bo’lgan. Kengashga eng yuqori lavozimdagi amaldorlar (inoq, shayxulislom, devonbegi, yasovulboshi va boshqalar) a’zo bo’lganlar.
Xonlikdagi barcha mansab va unvonlarni 3 toifaga: harbiy – ma’muriy, harbiy va diniy amallarga bo’lish mumkin. Saroy unvonlariga iroq, otaliq, biy, mextar, beklarbegi, devonbegi, bek, mirob, qushbegi va boshqalar kirgan bo’lsa, amir ul-umaro, yasovulboshi, mingboshi, yuzboshi, img’ovul, udaychi, qutvol, tug’begi va boshqalar harbiy – ma’muriy unvonlarga: naqab, shayxulislom, qozi ul-quzzot, a’lam qozi, muftiy, rais, mudarris va boshqalar diniy unvon va mansablar hisoblangan. Bu mansabdorlarning vazifalari va mavqei ularning xonga yaqinligi bilan o’lchanilgan.
Xiva xonligi ma’muriy jihatdan XX asr boshlarida 25 ta ma’muriy birlikka bo’lingan: undan bittasi – Xiva shahri va uning atrofi bevosita xon yohud bosh vazirga boysungan, hokimlar tomonidan boshqarilgan 20 ta hokimlikka va 2 ta noiblikka bo’lingan. Tarixiy adabiyotlarda bu ma’muriy birliklar beklik deb atalgani bilan Xivada asosan hokimlik deb yuritilgan.
XX asr boshlarida Xiva xonligi ijtimoiy–siyosiy hayotida katta o’zgarishlar davri bo’ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II –Feruz xonlik Rossiyaga qaram bo’lgach, bir tomondan podsho hukumatiga sadoqat bilan xizmat qilishga majbur bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan ularni yomon ko’rar edi. Xiva xonligi siyosiy hayotida bu davrda vazir Islom xo’ja va taxt vorisi Asfandiyor Bo’ra katta rolь o’ynay boshladilar. Muhammad Rahimxon II vafot etgach 1910 yil avgust oyida Asfandiyorxon Xiva deb e’lon qilindi. U 1910 yil 10 sentyabrda Bosh Vazir Islomxo’janing tashabbusi bilan xonlik hududida islohotlar o’tkazish haqidagi farmonni imzoladi. Bu farmonga ko’ra, 12 kunlik mehnat majburiyati bekor qilinib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarda ishlovchilarga har kuni 2 tanga xazinadan pul to’lash, amaldorlar o’z ishlari uchun xalqdan pora olmasligi, yer solig’ini aniqlash va har kim egalik qilayotgan yer miqdoriga qarab soliq to’lash, bozorlarda yig’iladigan boj va zakot solig’ini tartibga solish yo’llarini yaxshilash, temir ko’priklar qurish, pochta–telegraf, kasalxonalar qurib ishga tushirish ko’rsatilgan edi. Bu islohotni amalga oshirish ustidan nazorat Bosh vazir (vaziri akbar) Islomxo’jaga topshiriladi.
Islohotlarni amalga oshirish bo’yicha Islomxo’ja tomonidan hokim va amaldorlar uchun ko’rsatmalar ishlab chiqildi, lekin uni boshlash va tamomlash muddatlari belgilanmagan edi. Dastlab Islomxo’ja bilan o’zaro kelishib ish tutgan Asfandiyorxon sekin – asta unga qarshi bora boshladi. CHunki Islomxo’ja o’z kuyovi Asfandiyorxonning dabdabali hayot kechirishiga, maqona aysh-ishratlariga qarshi bo’lgan va xazinadan ortiqcha mablag’ ajratilishiga yo’l qo’ymagan. Manbalardagi hujjatlarga ko’ra, aynan shu masalada ular o’zaro kelishmay qolishadi. Natijada 1913 yil 9 avgustda Asfandiyorxon yollagan qotil qurbonboy bo’zchi tomonidan Islomxo’ja vahimyona o’ldiriladi. SHu bilan Xonlikda boshlangan islohotlar ham to’xtab qoladi.
Xulosa qilib aytganda, XX asr boshlarida podsho mustamlakashga aylantirilgan Turkiston Rossiyasining o’lkasida murakkab siyosiy jarayonlar yuz berdi. O’z mustaqilligini yo’qotgan tub xalqlarning ijtimoiy - siyosiy hayoti va iqtisodiy turmushidagi salbiy o’zgarishlar, mustamlakachilik tizimi va jazo organlari faoliyatining kuchayishi mintaqa xalqlari tafakkurida ham ularga qarshi tura oladigan siyosiy tashkilotlar tuzish vazifasini qo’ydi. Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy jihatdan Rossiyaga tobe qilinishi, xonliklar hududining Rossiya tovarlari uchun ochiq bozorga aylantirilishi, mintaqadan xom ashyo mahsulotlari va tabiiy boyliklarning olib ketilishi mamlakatdagi ijtimoiy hayotga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Ana shunday bir sharoitda Turkiston mintaqasida vujudga kelgan jadidchilik harakati shiddat bilan rivojlandi va ma’rifatparvarlik faoliyatidan siyosiy talablarni qo’yish darajasiga ko’tarila boshladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin