O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


Jadidchilik g’oyalarining milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə9/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Jadidchilik g’oyalarining milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishdagi o’rni

Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o’tmish va merosga ega. Maxmudxo’ja Bexbudiy, Munavvarqori Abdurashidxon o’g’li, Abdulqori SHakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qaloqlikdan xalos etishnng yagona yo’li marifatda deb bildilar. Bu fidoiy zotlar mustabid tuzum va jaholatga, manaviy qullik va zulm-zo’ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvarlar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o’lkani, uning kishanlarini ilm chirog’i bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin, jonini fido qilishni chuqur his etdilar. SHu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy ham nazariy jihatdan ozmi-ko’pmi shijoat namunasini ko’rsatdilar.


Ko’rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni marifatli qilish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzga kelgan buyuk tarixiy harakatdir.
Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari; Turkistonni o’rta asrlik, feadal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, “Usuli qadam” ni inkor etgan xolda o’lkani, xalqni millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo’shin tuzish va boshqalardan iborat turkistonda jadidchilik milliy – ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan o’zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo’lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida, vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvar-
lik kabi g’oyalar yetakchilik qilgan. O’lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo’ydilar jaded ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o’stirish zarurligini payqaydilar. SHu orqali milliy uyg’onish yasamoqchi bo’ldilar. Buni esa ta’lim – tarbiyada, marifatda deb bildilar41. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim tarbiya tizimini qaror topdirish yo’lida hormay-tolmay ishladilar. XIX asr oxirlari va XX boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati juda katta bo’lgan. Bu davrda jamiyatning manaviy inqirozi chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand. bo’lmay, ma’rifat tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ygan ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy taraqqiyotga imkon yaratib bo’lmas edi. Jadidlar yani ma’rifatchilar millatning ma’naviy kamolati yo’lida o’zlarining butun kuchi va istedodini safarbar etishga tayyor bo’lgan fidoiylar edi. Jadidlar millatni qoloqlik hurofot batqog’idan olib chiqishga harakat qilar ekanlar, bunga shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy bilimlarni berish asosida isloh qilish g’oyasini ilgari surdilar va bu borada o’zlari amaliy harakat namunasini ko’rsatganlar. Jadidchilar harakatida ma’naviyat quyidagilarda yaqqol namoyon bo’ladi; birinchidan ular ozodlikka, mustaqillikka, qon to’kishlarga olib keluvchi turli to’palon qirg’in-barot urushlar bilan emas balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatini ko’tarish orqali qaramlikning kelib chiqmish, uning millat taqdiridagi oqibatlarini tushunib yetish darajasiga ko’tarish orqali erishishni; ikkinchidan milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni taminlashning asosiy omili ekanligini, milliy birlikni vujudga kelishi esa uni taraqqiyotga olib boruvchi asosiy omili ekanligi g’oyasida; uchinchidan jadidchilik harakati namoyandalari faqat o’z g’oyalarini ilgari surish, uni tashfiqot qilish doirasida cheklanib qolmasdan, ular axolini umumiy savadxonligini ko’tarish borasida ko’pgina ishlarni amalgam oshirdilar. Ular o’zlarining mablag’lari hisobiga maktab ochdilar, gazeta, jurnal, kitoblarni bosmadan chiqardilar. Bu harakatning zaminida chinakam ma’naviyat turadi. CHunki, ular urushlarga, joxillikga va qarama – qarshiliklarni avj oldirishga emas,balki yuksak ma’rifatga va siyosiy onglilikka erishish orqali ozodlik va taraqqiyotga erishish mumkinligi uchun faoliyat ko’rsatganlar. Ana shu jihatlari bilan jadidchilik harakati milliy ma’naviyatimiz rivojida o’ziga xos o’ringa egadurlar42.
Jadidchilik g’oyalarini uning yorqin vakillaridan Bexbudiy, Fitrat, CHo’lpon, A.Qodiriy, A.Avloniy, Munavvarqori, F.Xo’jaev, So’fizoda, Tavallo, I.Ibrat kabilar g’oyat og’ir sharoitlarda targ’ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urushga yo’l qo’ymaslik borasida katta ishar qilganlar. Marifatchi jadidlar og’ir moddiy qiyinchiliklar g’oyaviy–siyosiy taziqlarga qaramay, millatni ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab ma’suliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg’usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganlari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o’z zimmalariga oldilar.
Bexbudiy, Fitat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o’zlari dars berar, o’quv qo’llanmalar yozar, nashr etar va bu yo’lda jonbozlik ko’rsatar edilar. Bu yo’lda hatto o’z mablag’larini ayamaganlar. Bunday sahovatpeshalik, savobtalablik, kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyati qurishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu ulug’vor vazifalarni hal etish prezidentimiz Islom Karimov “Turkiston” gazetasi muxbirining savoliga javoblari yani “o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz” da, “Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug’vor va murakkab vazifalarni hal qilish eng avvalo ta’lim – tarbiya, marifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, televideniya orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g’oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga homiylik, sahovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur”43, - deb takidlaganlarida yuqorida biz qalamga olgan fidoiy, sahiy, millatparvar insonlar kabi bo’lishga bizni chorlayotgan bo’lsalar, ne ajab!



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin