O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


Har kun o’luram shomgacha g’amga giriftor



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə12/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Har kun o’luram shomgacha g’amga giriftor,
Har shab yonarman otasha parvona kabi zor.
Hech kimsa emas meni ahvolima voqif,
Men xastayamu millatim o’lmish nega bemor?
(Abdulla Avloniy)
deya amaliy choralar qidirgan vatanparvarlar edi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivojini, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millati ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
Ma’rifatparvar bobomiz jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Abdulla Avloniyning “Tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot, yo xalokat, yo saodat yo falokat masalasidur”61 - deb aytishi bejiz emas edi. Mustamlakachilik zulmi va siyosatining o’zi XIX asr oxiriga kelib Turkistondagi mahalliy musulmon xalqlari uchun “yo hayot yo mamot” masalasini yuzaga keltirgan bir davr edi. SHuning uchunham Turkiston o’lkasidagi jadidchilik xarakatida aloxida urinda tutgan “yangi usul maktablari”ni tashkil etilishi orqali ma’rifatparvar bobolarimiz tub axolini savodxon e’tishga va millat ma’naviyatini shakllantirishga, yangi o’quv tizimini joriy qilganlar.Bu tizim orqali “Eski” maktabida bolalar o’qish va yozishni 5-6 yilda o’rganib savod chiqarsa, jadid maktabida buning uchun o’rta maktabda ikki yil va hatto 6 oy kifoya qildi62. Bu maorif sohasidagi behad katta kashfiyot edi.
Jadid maktablar, darsliklari va ularda o’qitish jarayoni milliy rux va milliy ozodlik mafkurasi asoslariga bo’ysundirilgan edi. SHuni ham aytish kerakki, jadid maktablari yosh avlodga faqat milliy ruhnigina emas, balki umuminsoniy qadriyat va baynalmilallikni ham singdira boshladi.
XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining qanot yozishida Rossiya, Turkiya va Eron inqiloblaridan tashqari, Qrim va Volgabo’yi tatarlarining matbuoti, birinchi navbatda, Ismoilbek Gasprinskiyning "Tarjimon" gazetasi muhim ahamiyatga molik. Matbuotning taraqqiyparvar kishilar qo’lida qudratli qurol ekanligini, Rosiya iperiyasi sezgan.
I.Gaspirali “Tarjumon” ro’znomasida bir qator maqolalar bilan chiqib, millat erkini, o’zligini tiklash g’oyalarini targ’ib qildi. Bu jihatdan olganda, “Muallim”, “Mehnat va taraqqiyot” maqolalari ancha ibratli bo’lib, unda ingliz, frantsuz maorifi, iqtisodiyotidagi ayrim tomonlar talqin etiladi va ulardan ibrat olishga chaqiriladi. Albatta, ro’znomadagi hur fikrlar chor amaldorlari g’azabini keltirsada, musulmonlarning ma’lum darajada aql ko’zlarini ochdi. Urta Osiyoning turli shaharlarida ham ana shunday ro’znoma va oynomalar chop etila boshlandi.
|Jurnalistika, maorif sohalarida I.Gaspralining hamsaflari soni ko’paya bordi. I. Gasprali 1884 yilda “usuli jadida” — yangicha usul bilan o’qitish maktabini ochdi. Dastlab unda 12 bola tahsil oldi. Qirq kunda ularning savodi chiqdi. Bolalarning ota-onalari va chetdan kelgan odamlar imtihon qildilar. Uqitishda a’lo natijaga erishilganligi e’tirof etildi63. Bundan ilhom olgan muallif “usuli jadida” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Xo’jai sibiyon” (“Bolalar muallimi”) nomli ilk darslikni yaratdi. Darslik bir qator turkistonlik ma’rifatparvarlarning ham diqqatnni tortdi. Undan andoza olib, yangicha usuldagi bir qator darsliklarni yaratdilar. Bu albatta, I.Gasprali nufuzining o’zbek ma’rifatparvarlari orasida beqiyos darajada oshib borayotganligidan dalolat edi. M.Behbudiyning “Muntahabi jug’rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” (1901), Munavvar qorining “Adibi avval” (1907), Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” (1910) kabi darsliklarining vujudga kelishi “usuli jadida" maktablariga e’tiborning kuchayib borayotganligidan dalolat edi.
Bunday maktablar 1893 yil Samarqandda, 1898 yil To’qmoqda, 1899 yil Toshkent va Andijonda, 1901 yilda Qo’qonda tashkil topdi. So’ng ular asta-sekin yashirin va rasmiy holda butun Turkiston bo’ylab tarqalib, tarmoq otdi. Rusiyada boshlangan birinchi demokratik inqilob yillaridan boshlab to 1929 yilgacha bu harakat maktabchilik, matbuotchilik, har xil ijodiy, madaniy-ma’rifiy tashkilot, xukumat va fuqarolar ko’rinishida yanada kengaydi. 1917 yilga kelib jadidchilik ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotda asosiy harakatga aylandi.
M.Behbudiy ma’rifatning, maorif ishlarining faqatgina na­zariyotchisi bo’lib qolmay, balki o’lka maorifi rivojida amaliy tomondan ham jonbozlik ko’rsatdi. U Istanbul, Ufa, Qrim, Qozon, Orenburg kabi shahar va mamlakatlarni ko’rdi va bildi, "yangi usul"ni turkistonliklar orasida birinchilar qatori amalda qo’lladi. 1905 yilda Behbudiy tomonidan tashkil etilgan maktab Samarqand shahri yaqinidagi Kaptarxona qishlog’ida edi. Tajriba sifatidagi bu maktabning shaharda emas, balki qishloqda ochilishi­ning boisi bor edi. CHunki shaharda ushbu usulda o’qitishga qarshi chiquvchilar hukumat tomonidan ham, mahalliy aholi tomonidan ham juda ko’p edi. Behbudiyning bu maktabdagi faoliyati haqida o’sha vaqtlarda Samarqand shahrida Morozov tomonidan nashr etilayotgan "Samarqand" gazetasida Almatov degan muallif tomonidan xabar berilgan. Unda: "Zamechatelьno, neojidannaya legkostь v usvoe­nii uchenikami chteniya i pisьma, ustranivshaya nadobnostь v po­bujdenii i nakazanii, privyazala uchenikov k shkole i uchitelyu, chego netь v obыknovennom maktabe" deydi64. Bu usulning muvaffaqiyatiga boshda mahalliy aholi ishonishmaydi. Lekin hamma ish juda silliq ko’chadi. Ota-onalar bu maktabda bolalarining ju­da tez savod chiqarayotganligini ko’rib, hayron bo’ladi va shubhalana boshlaydilar. Avvallari 4-5 yillarda o’rganadigan narsalarni bolalar bir yilda o’rganib olishgan edi. Ko’pchilik "tez o’rgangan, tez esidan chiqaradi" deb xulosa qiladi. Lekin shogirdlar olgan bilimlarini unutish o’rniga, kundan-kunga olg’a qarab borayotgan edi. Behbudiy boshda shogirdlarga oddiy o’quv-yozuvni o’rgatgan bo’lsa, keyin "Haftiyak"ni o’rgatishga kiri­shadi. Ushbu "Haftiyak"ni o’qitish jarayonida Behbudiyda yangi fikr paydo bo’ladi. Endi u o’z o’quv dasturiga sistemali suratda arab tilini o’qitishni kiritadi. Bundan tashqari, maktabda arifmetika, geografiya va shu kabi dunyoviy fanlar ham o’qitilar edi.
Bu maktab ochiq havoda bo’lib, oddiy partalar qo’yilgan joy­dan iborat bo’lgan. SHogirdlar soni 40 tachalar atrofida bo’lib, 7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar edi. Behbudiy maktabni ko’rish uchun yashirincha kelgan mahalliy aholi va mullalarni ham­korlikka chaqiradi. Lekin mullalarning bu taklifdan esxonalari chiqib, vahima ko’tarishadi. Ota-onalarning ko’pchiligi globusni ko’rib, o’qituvchi Behbudiyning geografiya darsida "er aylanadi", "quyosh yerdan katta" degan so’zlarini eshitib, uni "shariatga zid" narsalar haqida tashviqot qilishda ayblay boshlaydilar. SHunda Behbudiy erishgan shuncha muvaffaqiyatlariga qaramay, baribir, o’ziga bir hamkor, hammaslak, hamfikr kerak ekanligini anglay­di. Uning Samarqand shahri, Jomboy tumani, Rajabamin qishlog’ida o’z hisobidan maktab ochib, bolalarga saboq berayotgan Abdulqodir SHakuriy bilan tanishuvi bu hamkorlikni boshlab berdi. Dastlab, Behbudiy SHakuriy maktabiga borib, uning darslariga, o’quv dasturlariga yordam berib yuradi. Jug’rofiya fanidan shogirdlarga dars beradi. Behbudiy bu haqda "Turkiston viloyatining gazeti" da "...kamina raqami haruf ham haftaga bir-ikki marotaba borib tartib va prug’rammalarini muallim ila bomashvarat tuzaturman. Jug’rofiya va masohat to’g’risinda ta’lim va imtihon qilarmiz. Xu­losa, alhamdullilo, maktabni rivoji yaxshi va bir oz aqcha pul to’g’risidan tazyiqi bordur"65, deydi. Bundan tashqari ushbu maktabda Behbudiyning jug’rofiyadan dars berganligini Rahmatulla Rahimiy "Turkiston viloyatining gazeti"da o’zining "Buzug’ maktab usuli jadida bolasi", degan maqolasida ham eslab o’tgan.
Ushbu maktab shogirdlarining ko’pchiligi shahardan qatnagan. Uzoq yo’l bolalarga qiyinchilik tug’dirgan. Bundan tashqari mak­tabning moddiy ahvoli ham ancha tang edi. SHuning uchun Behbudiy bu maktabni shaharga, o’z hovlisiga ko’chirish uchun general-guber­nator nomiga ariza beradi. Ariza ko’rib chiqilib, maktabni ko’chi­rishga ruxsat beriladi. Maktab Behbudiy hovlisiga ko’chirilgach, tekshirish uchun hukumat tomonidan odamlar kelishadi. Likoshin bi­lan Vyatkin bu ishga ma’sul qilib jo’natilgan edi. Behbudiy mak­tabning faoliyatini ko’rsatish uchun bu kunda shaharning orbo’li ulamolari, savdogarlarini, boylar va do’kondorlarni ham taklif etadi. Ikki kun ertalab 10 dan, kech soat 6 gacha bolalardan im­tihon olinadi. Natija juda a’lo bo’lib chiqadi. qatnashgan avliyo­larning ko’pchiligi shogirdlar ilmiga tahsinlar o’qiydi, Hatto ba’zilar bizning farzandi anjumanlarimiz ham ilm yo’llarini shunchalik tez egallar ekan-ku, deb o’ta hayajonlanib, yig’lab ham yuboradilar. "Hoji Mavlonbek janoblari olti soat qadar muttasil turib bolalarni qiroat va diniy bergan javoblarig’a yig’lab, muallimg’a 15 so’m hadiya berdilar"66, deb yozadi Behbu­diy bu holat haqida.
Ushbu maktabdagi tahsil ikki qismdan: ibtidoiy va rushdiya qismlardan iborat bo’lib, har bosqichda to’rt yildan o’qitilgan.
Birinchi qismning dastlabki yili arabcha va forscha alifbo asosida yozuvdan mashq qildirilgan. Hisob darsi o’rgatilgan. Bu davrda Qur’oni Karim suralari asta-sekinlik biln o’rgatilib bo­rilgan. Namoz o’qitilgan.
Ikkinchi yili "Haftiyak"dan dars berilgan. Hisob darsi, forsiy, turkiy, arabiy adabiyotlar o’rgatilgan.
Uchinchi yili Qur’oni Karim kitobini o’qitish boshlangan. Islom arkonining tavhidu tajvid qonun-qoidalari o’rgatilgan. Navoiy, Sa’diy, Bedilning pand-nasihat g’azallaridan o’qitilgan. SHu joyda ta’kidlab o’tish joizki, ko’pchilik qadim maktablarida muallimlarning bee’tiborligi tufayli bu g’azalnavislarning ishqiy she’rlari ham o’qitilaverar edi. Behbudiy o’z o’rnida bu bee’tiborlikka chek qo’yish kerakligini ta’kidlagan. Bola tarbi­yasida buning salbiy oqibatlari haqida gapirgan. SHuning uchun ham u o’z maktabida ularning faqat nasihatomuz asarlaridan foy­dalangan67.
To’rtinchi yili Qur’oni Karim davomi, islom toat-ibodati­ning davomi, tavhid, tajvid qoidalari mukammal o’rgatilgan. Turkiy, forsiy: adabiyot, til, islom tarixi, vatan tarixi, jug’rofiya kabi darslar o’tilgan.
SHu to’rt yilda usuli jadid maktabining birinchi, boshlang’ich qismi, ya’ni ibtidoiy sinfi tugatilgan. Bu haqda Behbudiy: "To’rt yil tamom bo’lgandan so’ngra bola xohlasa rushdiya sinfig’a to’rt yil o’qutar yo xohlamasa madrasag’a yuborar. Yo urufiy makta­biga berar yo tirikchilikka solar"68, deydi.
Ushbu maktabga shubha bilan qarab, uni xalq orasida har xilcha gap-so’zlar qilayotganlarga qarata Behbudiy shunday o’rinli va mazmunli javob beradi: "...ibtidoiy maktabning ajmoli shun­dan iboratki, mulla Abdulqodir muallim va man bu tartib va prigrumlarni tush ko’rib topganimiz yo’q va yo shaytondan (olgani­miz) va yo boshqadan olganimiz yo’q. Balki, gazitg’a ko’rdik va mu­allim Ho’qand, Toshkand, Buxoro, Orenburg, Qozon shaharlarig’a yurub, ibrat olibdur"69, deydi.
Maktabning uchinchi qismi Rushdiya (arabcha so’zdan olingan bo’lib, o’sish, kamol topish, aqli komillik degan ma’nolarni bil­diradi) sinfi haqida muallif shunday ma’lumot beradi: "...bi­rinchi sana sarf, arabiy, jug’rofiya, shifohiya arabiy va forsiy, tarjimai jumla, muxtasari viqoya, tarixi anbiyo va tarixi islom, istixroj va istifoda darslar" "Gulistoni Sa’diy", inshoi forsiy va turkiy.
Ikkinchi sana sarf, arabiy, shifohiya - arab tili amaliy mashg’ulotlari, tarixi islom, muxtasari viqoya, axloqi Muhsiniy, istifodai turkiy darslari, istixroj forsiy va turkiy insholar, tashih aqida...
Uchinchi sana sarf va nahvi arabiy, handasa, dorilqazo mahkama islomiyg’a ta’luq xatlar yozub, muxtasari viqoya, tashih aqida, majmuai tarixi umumiy maoshig’a ta’luq funun va isti’fo­dali darslar. Turkiy xat, rusiy pervoy kniga...
To’rtinchi sana nahvi arabiy, muxtasari viqoya, tashih aqida, xat va sarf, rusiy, qozixona, bo’lustnoyxona xatlari ta’limi, turkiy adabiyot namunalari, hifzi sihat, hikmat va hay’at va tabiiyotg’a ta’luq isti’fodalik darslar" o’qitili­shini aytib o’tadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, bu usulni ko’rolmovchilar Behbudiyga har xil imzosiz maktublar uyushtirib, ma’rifat yo’li­dan qaytarmoqchi bo’layotganlar ko’p edi. Ularga qarata muallif: "Biz ahli vatan yo’lig’a sa’y qilib va maktab ochib, din va ilmg’a xizmat qilmoq uchun asl kordan bexabar va zamonga nooshno kishi­lardan na qadarki, minnat va ta’na eshitsak ham xizmati diniya va milliyamizdan qo’limizdan kelganini darig’ tutmaymiz"70, deydi va o’lim bilan qo’rqitganlarga qarata mardona turib "...endi maktub egasining bizg’a yuboraturg’an o’limiga muntazir­miz. Har holda o’lim birdur, ikki emas", deb javob beradi.
i, SHunday qilib, ushbu maktabdagi sakkiz yillik ta’limdan so’ng, shogirdlar turkiy va forsiyda bemalol o’qib, yoza oladigan bo’lishgan. Hatto maktabning Rushdiya qismida to’rtinchi yili ota-onalar roziligi bilan bolalarga rus tilidan ham saboq ber­gan. Undan so’ng shogirdlar mahkamalarga mirzalik qilishlari, ti­jorat ishlari bilan shug’ullanishlari yoki usuli jadid maktablariga muallimlik qilishlari mumkin edi. Behbudiy qobiliyatli, yaxshi xulq-atvorli bolalarni hatto, chet ellarga o’qishni davom etti­rishga yuborishni ham mo’ljallagan. SHundaylardan biri, usuli jadid shogirdi A.Azimiy edi. U o’z xotiralarida Behbudiyning uni Tur­kiyaga o’qishga yuborishga homiy bo’lganligini yozadi: "Siz menim ko’rsatmalarimdek Istanbuldagi Boyazit talabalar jamiyatig’a bo­ringiz. Mening va Gaspirinskiy afandining salom va maktubini u yerga yetkazingiz"71, deydi Behbudiy mehribonlarcha va uning tahsili uchun mablag’ yuborib turajagini aytib, uni kuzatib qo’yadi. Behbudiyning bunday shogirdlri ancha bo’lgan. Behbudiyning ma’rifat yo’lidagi xizmatlaridan yana biri buning omi xalq orasida ziyo tarqatmoq uchun tashkil etgan kutubxonasi edi. Behbudiy birinchi bo’lib Samarqandda musulmon kutubxonasini tash­kil etish fikrini ahli ilm, aqraboyu ulamolar oldiga qo’yadi va bu yo’lda ularni hamjihatlikka chaqiradi. O’sha davrda bir qancha vaqt faoliyat ko’rsatib, ancha mashhur bo’lgan ushbu kutubxona haqida davrning yetakchi nashri sanalgan "Turkiston viloyatining gazeti" da xabarlar berib borilgan. Samarqandda kutubxona tashkil etish kabi xayrli niyat tug’ilganligi haqida "Turkiston viloyatining gazeti"da Behbudiy imzosi bilan "Ob otkrыtie musulьmanskoy biblioteki chitalьniy v Samarkand Mutolaaxona" degan maqola bosiladi. Unda" "Samarqandda umumiy mutolaaxona biblioteka, chitalьniy ochmoq uchun o’n ikki nafar muhtaram kishilar ila birga 27 bobdan iborat bir dastur, ustaf tuzib, janob baland daraja­lik Samarqand gubernatoriga topshurub edukk inshoollo, qonun­noma jamiyati mustahkam bo’ldi"72, deydi muallif.
SHunday qilib, Samarqandda ochilgan birinchi musulmon kutub­xonasi katta bir shijoat, zavq-shavq bilan ishlay boshlaydi. Ku­tubxona ertalab 9dan, kech soat 5gacha, ikkinchi smenada esa 6dan kech 12gacha doimo ochiq turadi. Kecha va kunduz 60dan 110 nafar­gacha o’quvchi shug’ullanishga kira boshlaydi. Ziyoxona kitob fondi ham o’ziga yarasha boyib boradi. Dastlab, boy va savdogarlar bu joyga Qur’oni Karim va boshqa diniy kitoblardan sovg’a qiladi. Behbudiy bu haqda "Kitobxonamizg’a 600 nav muhtalif kitob va risolalar va o’ndan ziyoda jarida va majallalar omada va muhayyo­dir. Oqcha ko’paysa, diniy va darsiy kitoblardan ko’proq olina­di..."73, deydi. Behbudiy kelajakda Istanbul va Misrdan ham gazeta, jurnallar olish niyati borligini aytadi. Kutubxonaga mehri tushib qolgan Samarqandning boylari, savdogarlari iona va xayriyalar qila boshlaydi. "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida Behbudiy imzosi bilan bunday saxovatpesha va ma’­rifatparvar kishilarning uzundan-uzoq ro’yxati berilib, olqishlar bilan yozib boriladi. 1908 yilning oxirlariga kelib kutubxona ishlari yaxshi izga tushib ketadi. Ushbu "Behbudiya" kutubxo­nasi Vadud Mahmudiyning "Muallim Abdulqodir SHakuriy" nomli hujjatli qissasida ham tilga olingan. "Behbudiy juda boy ku­tubxonaning egasi edi. 1000 jildlik kitob fondiga ega bo’lgan bu mutolaaxona barcha uchun doimo ochiq edi. o’sha vaqtlarda bu ki­toblarning har biri oltin bahosida hisoblanardi. Behbudiy bu joyning binosi va boshqa xarajatlarini o’z cho’ntagidan to’lar edi"74, deya eslaydi Vadud Mahmudiy. Ushbu ziyoxonaning Oktyabrь to’ntarishigacha mavjul bo’lganligi, keyinchalik uning taqdiri bar­cha ma’naviy qadriyatlarimiz kabi to’ntaruvchilar tomonidan yoqib, uloqtirilib, qolganlarini qoplarga joylab noma’lum tomonlarga olib ketilgan degan taxminlar bor.
Behbudiy millatning taraqqiyotida, eng avvalo, yoshlar tar­biyasiga e’tibor berar ekan, ularning ma’rifiy, madaniy, siyosiy jihatdan yuksalishiga ham yo’lboshchilik qildi. Jumladan, 1910 yil­da "Buxoro nashri maorifi" to’garagini tuzishda faollik ko’rsata­di. Keyinchalik bu to’garak "Yosh buxoroliklar" nomi bilan mashhur bo’lgan. 1916 - 1919 yillarda Behbudiy Turkistonni mustamlaka­chilikdan qutqarish siyosatida ham faollik ko’rsatadi. Turkiston Avtonom sovet respublikasi ishlarida ishtirok etgan. Uni Sa­marqanddagi "Musulmon ishchi sho’rosi"ga maorif komissari qilib tayinlaydilar.Behbudiy bu yerda ishlashga rozi bo’lmay, rad javo­bini bergan. Yuqorida muallif tomonidan e’tirof etilganidek, u bu ish bilan shug’ullanishga majbur edi. Lekin Behbudiy shunday murakkab sharoitda ham Turkiston maorifi uchun ko’p foydali ishlar qilishga urinadi. Bu vaqtlar ichida u maktab-maorif ishlarini yaxshilash, yangi darsliklar tuzish masa­lalari bilan shug’ullanadi, o’quv rejalarini tuzib komissarlikka taqdim etdi. Muallifning yangi maktablar uchun bu davrda "Yangi hisob" darsligi yaratganligi haqida ma’lumotlar bor. Behbudiy ijodiga nazar tashlar ekanmiz, unda maktab-maorif ishlari targ’iboti masalasi ham salmoqli o’ringa ega ekanligini guvohi bo’lamiz. U Turkiston maorifini rivojlantirish, yangi mak­tablar ochish, joylarda saxovatpesha, taraqqiyparvar kishilar to­monidan ta’sis etilayotgan bilim o’choqlarini ko’paytirish uchun targ’ib-tashviq ishlarini kuchaytirdi. Gazeta va jurnal sahifala­rida maorif masalasi muntazam ravishda yoritilib, Turkistonning qaysi viloyati, kenti, tumani bo’lmasin, u yerdagi yangi usul mak­tablarining rivoji, taraqqiyoti uchun jon kuydirdi. Bundan tashqari, yangi usul maktabi yaratishni ko’ngliga tugib, bu xayrli ishni boshlamoqchi bo’layotganlardan o’z bilimini, maslahatlarini ayamadi.
Har qanday yangilikka nisbatan shubhalar uyg’ongani kabi, "usuli jadid" maktablariga ham shubha bilan qarovchilar ko’p edi. SHubhachilar har joylarda har xil bo’lmag’ur gaplar tarqata boshla­gan edilar. 1914 yilda Samarqandning Ulug’bek madrasasida bir muazzin namozga kelgan musulmonlarga qarata nutq so’zlaydi. "Usuli jadid" da o’qiganlarning barchasi kofir bo’lajagini uqti­radi. SHundan so’ng farzandlari usuli jadidda o’qiyotgan ota-ona­lar g’alati ahvolga tushib qoladi. Viloyat mahkamasiga ushbu gapni tarqatuvchilarni va muazzinni chaqirganlarida ular o’z gaplaridan tonishadi. Ushbu hodisadan ta’sirlangan Behbudiy "usuli jadid" maktablarini ham sha’riy, ham dunyoviy tomondan dalillar asosida mutaasiblardan himoya qilish lozimligini anglaydi. Bu masalaga bag’ishlab "Oina" jurnalida u "Favqulodda takfir" va "Bizning hollar va ishlar" sarlavhali maqolalar e’lon qiladi. Ularda mu­allif "usuli jadid"da o’qiganlarni "azaliy va abadiy musul­mon"ligini ta’kidlaydi va mutaasiblarga qarata: "Biz, avvalo, shuni yozurmizki, na usuli jadid maktabiga o’qigan sababli va na ruscha o’qigan vajhidan kishi kofur bo’lmaydur. Muazzin munga heya dalili sha’riy va aqliy ko’rsata olmaydur", deydi kuyinib va o’z fikrlarini: "O, biz qanday keyin qolganmiz, xalqi olam usu­li jadid va ilmi zamoniy ila osmonlarg’a uchar, biz hanuz bir-birimizni takfir va talayin ila vaqt o’tkararmiz"75, deb xulosalaydi. SHubhachilarga, mutaasiblarga, avvalgi zamon musul­mon o’lkasida ham madrasalarda ilm-fan gurkirab rivojlanganli­gini, ulardan mashhur fozilu donishmandlar yetishib chiqqanligini aytadi. Bu fikrlar, "Eski musulmon madrasalarinda nimalar o’qitilar edi? sarlavhali maqolasida bayon etilgan. Maqolada shunday asosli va jo’yali fikrlarni uchratamiz: "to’rt-besh sana il­garigacha musulmon olaminda mukammal dorilfununlar, hikmatxona, va rasatxonalar bor edi va barcha islom olaminda ilmu hikmat o’qimoq rasm edi. Hatto, yer yuzidagi bugungi faranglarni ajdodi musulmon dorilfununiga ilmi hikmat o’qurdi. Qachondagi musulmon­lar dorilfunundan va ilmi hikmatdan sovidilar. Kundan-kun ta­nazzul va keyin ketmoqg’a yuz qilib, bu kungi holati parishonga yetishdilar"76, deydi.
Behbudiy usuli jadidni yoqlab, uning rivoji uchun jon kuy­dirayotganlar haqida o’z matbuotidan alohida joy ajratib, munta­zam ravishda yoritib bordi. Bu yo’lda fidoiylik ko’rsatayotganlar­ning nomini olqishlar bilan yozib bordi. Bunga misol qilib "Oina" sahifalarida sondan-songa ko’payib borayotgan xabarlarni kelti­rish mumkin. SHunday xabarlardan biri "Jizzaxda maktab" xabari­dir. Bunda yangi usuldagi maktablarning soni ham, shuhrati ham oshayotganligini quvonch biln bayon etiladi: "Ushbu kungacha Jizzax shahrinda maktabi savtiya yo’q edi. Holbuki, aksar shaharlarning qishloqlarig’acha bu naflik maktab yozilgandir. Ammo bu oxir vaqtlarda Jizzaxning mo’’tabar savdogarlaridan mulla Ahmadxon Nosirboy o’g’li janoblari maktab bino qilmoqg’a niyat etib, fotiha oldilar. "Oina" idorasi yangi maktab tashkil etgan Jizzaxlik bi­rodarlarini tabrik etib, janobi mulla Ahmadxonga millatparast­liklari uchun tashakkur etar. Ollohi taolo a’molini ko’paytirsun!77.
Ho’qandlik Akobir SHomansuriyning "Oina" da bosilgan "Ho’qandda yangi maktab" sarlavhali xabaridagi mulohazalar ham e’tiborlidir. Unda muallif "Ho’qand yoshlaridan olihimmat va sa­xovatpesha janob Mahmud Abdulqosim o’g’li Qipchoq Ariq mahallasi­ning masjidig’a usuli jadid uchun bir maktab uchun ikki hujra bi­no qilgani"78 ni olqishlab yozadi va mazkur maktab ochilgan vaqtdan 60 nafar bola o’qigan bo’lsa, ikki oy ichida bolalar 90 nafarga yetgani haqida xabar beradi. Bu mavzudagi "Hamiyatlik qozi" xabarida esa: "Marg’ilon shahrining qozisi Muzaffarxon usuli jadid uchun bir bob usuli jadid maktabiga fatvo oldi. Ba’zi sha’riat peshvolari bu usulni tushunmagani holda Muzaffar­xonning niyati millat bolalarig’a soyabon bo’lish shoyad. Yashasun qozi Muzaffarxon!"79, deya taraqqiyparvar qozining nomini olqish­larga ko’madi. Bu vaqtlarda "usuli jadid" maktabi ochib, bola­larni savodli qilish ishi ancha yo’lga qo’yilgan edi. Hatto, o’rta hol kishilar ham bu yo’lda bel bog’lab, muallimlarga moddiy jihatdan yordam ko’rsatayotgan edilar. "Jomboydan maktub" xabari­da muallim mulla Komil afandi uch yildan beri kechki va kunduzgi maktabda dars o’qiyotganligini, bu ishda moddiy jihatdan bozor­ning amini, janob O’rinxo’janing xizmati katta ekanligini yozadi va: "Ul kishi faqir bo’lsada, juda himmatlik. Buni men boshqalarga ibrat bo’lishi uchun yozdim, deydi. Hamiyatli, saxovatpesha savdogarlar Turkistonning asl farzandlari, mak­tab-maorif ishlariga befarq bo’lmay, qo’lidan kelgan yordamlarini berayotganlar haqida Toshkentdan mashhur Munavvar qori Abdurashid­xon yozadi: "Turkistonda birinchi namuna maktabi" 80xabarida u ushbu maktab ochilishidan boshlab, juda ko’p bola qabul qilingan­ligini, hatto bolalarga joy yetmay qolganligini aytadi. SHunda savdogarlardan mulla Abdulhakim afandi parta sotib olib ber­ganligini, Mirdadaxon afandi maktab uchun joy berganligini quvonch bilan yozadi.
M.Behbudiy maktab-maorif rivojida tashviqot yo’lini tutar ekan, Turkistonda, va qolaversa dunyoda ma’rifat yo’lida qilina­yotgan sa’y-harakatlardan xabardor bo’ladi va ulardan o’z o’rnida ilmu ma’rifat tashviqoti yo’lida foydalanadi. Bu esa targ’ibot­ning eng qulay, qisqa va lo’nda usullaridan biri edi.
Behbudiy ijodiga nazar tashlar ekanmiz, unda maktab-maorif ishlari targ’iboti masalasi ham salmoqli o’ringa ega ekanligini guvohi bo’lamiz. U Turkiston maorifini rivojlantirish, yangi mak­tablar ochish, joylarda saxovatpesha, taraqqiyparvar kishilar to­monidan ta’sis etilayotgan bilim o’choqlarini ko’paytirish uchun targ’ib-tashviq ishlarini kuchaytirdi. Gazeta va jurnal sahifala­rida maorif masalasi muntazam ravishda yoritilib, Turkistonning qaysi viloyati, kenti, tumani bo’lmasin, u yerdagi yangi usul mak­tablarining rivoji, taraqqiyoti uchun jon kuydirdi. Bundan tashqari, yangi usul maktabi yaratishni ko’ngliga tugib, bu xayrli ishni boshlamoqchi bo’layotganlardan o’z bilimini, maslahatlarini ayamadi.
Har qanday yangilikka nisbatan shubhalar uyg’ongani kabi, "usuli jadid" maktablariga ham shubha bilan qarovchilar ko’p edi. SHubhachilar har joylarda har xil bo’lmag’ur gaplar tarqata boshla­gan edilar. 1914 yilda Samarqandning Ulug’bek madrasasida bir muazzin namozga kelgan musulmonlarga qarata nutq so’zlaydi. "Usuli jadid" da o’qiganlarning barchasi kofir bo’lajagini uqti­radi. SHundan so’ng farzandlari usuli jadidda o’qiyotgan ota-ona­lar g’alati ahvolga tushib qoladi. Viloyat mahkamasiga ushbu gapni tarqatuvchilarni va muazzinni chaqirganlarida ular o’z gaplaridan tonishadi. Ushbu hodisadan ta’sirlangan Behbudiy "usuli jadid" maktablarini ham sha’riy, ham dunyoviy tomondan dalillar asosida mutaasiblardan himoya qilish lozimligini anglaydi. Bu masalaga bag’ishlab "Oina" jurnalida u "Favqulotda takfir" va "Bizning hollar va ishlar" sarlavhali maqolalar e’lon qiladi. Ularda mu­allif "usuli jadid"da o’qiganlarni "azaliy va abadiy musul­mon"ligini ta’kidlaydi va mutaasiblarga qarata: "Biz, avvalo, shuni yozurmizki, na usuli jadid maktabiga o’qigan sababli va na ruscha o’qigan vajhidan kishi kofur bo’lmaydur. Muazzin munga heya dalili sha’riy va aqliy ko’rsata olmaydur"81, deydi kuyinib va o’z fikrlarini: "O, biz qanday keyin qolganmiz, xalqi olam usu­li jadid va ilmi zamoniy ila osmonlarg’a uchar, biz hanuz bir-birimizni takfir va talayin ila vaqt o’tkararmiz"82, deb xulosalaydi. SHubhachilarga, mutaasiblarga, avvalgi zamon musul­mon o’lkasida ham madrasalarda ilm-fan gurkirab rivojlanganli­gini, ulardan mashhur fozilu donishmandlar yetishib chiqqanligini aytadi. Bu fikrlar, "Eski musulmon madrasalarinda nimalar o’qitilar edi? sarlavhali maqolasida bayon etilgan. Maqolada shunday asosli va jo’yali fikrlarni uchratamiz: "to’rt-besh sana il­garigacha musulmon olaminda mukammal dorilfununlar, hikmatxona, va rasatxonalar bor edi va barcha islom olaminda ilmu hikmat o’qimoq rasm edi. Hatto, yer yuzidagi bugungi faranglarni ajdodi musulmon dorilfununiga ilmi hikmat o’qurdi. Qachondagi musulmon­lar dorilfunundan va ilmi hikmatdan sovidilar. Kundan-kun ta­nazzul va keyin ketmoqg’a yuz qilib, bu kungi holati parishonga yetishdilar", deydi.
Behbudiy usuli jadidni yoqlab, uning rivoji uchun jon kuy­dirayotganlar haqida o’z matbuotidan alohida joy ajratib, munta­zam ravishda yoritib bordi. Bu yo’lda fidoiylik ko’rsatayotganlar­ning nomini olqishlar bilan yozib bordi. Bunga misol qilib "Oina" sahifalarida sondan-songa ko’payib borayotgan xabarlarni kelti­rish mumkin. SHunday xabarlardan biri "Jizzaxda maktab" xabari­dir. Bunda yangi usuldagi maktablarning soni ham, shuhrati ham oshayotganligini quvonch biln bayon etiladi: "Ushbu kungacha Jizzax shahrinda maktabi savtiya yo’q edi. Holbuki, aksar shaharlarning qishloqlarig’acha bu naflik maktab yozilgandir. Ammo bu oxir vaqtlarda Jizzaxning mo’’tabar savdogarlaridan mulla Ahmadxon Nosirboy o’g’li janoblari maktab bino qilmoqg’a niyat etib, fotiha oldilar. "Oina" idorasi yangi maktab tashkil etgan Jizzaxlik bi­rodarlarini tabrik etib, janobi mulla Ahmadxonga millatparast­liklari uchun tashakkur etar. Ollohi taolo a’molini ko’paytirsun!83.
Ho’qandlik Akobir SHomansuriyning "Oina" da bosilgan "Ho’qandda yangi maktab" sarlavhali xabaridagi mulohazalar ham e’tiborlidir. Unda muallif "Ho’qand yoshlaridan olihimmat va sa­xovatpesha janob Mahmud Abdulqosim o’g’li Qipchoq Ariq mahallasi­ning masjidig’a usuli jadid uchun bir maktab uchun ikki hujra bi­no qilgani"84ni olqishlab yozadi va mazkur maktab ochilgan vaqtdan 60 nafar bola o’qigan bo’lsa, ikki oy ichida bolalar 90 nafarga yetgani haqida xabar beradi. Bu mavzudagi "Hamiyatlik qozi" xabarida esa: "Marg’ilon shahrining qozisi Muzaffarxon usuli jadid uchun bir bob usuli jadid maktabiga fatvo oldi. Ba’zi sha’riat peshvolari bu usulni tushunmagani holda Muzaffar­xonning niyati millat bolalarig’a soyabon bo’lish shoyad. Yashasun qozi Muzaffarxon!"85, deya taraqqiyparvar qozining nomini olqish­larga ko’madi. Bu vaqtlarda "usuli jadid" maktabi ochib, bola­larni savodli qilish ishi ancha yo’lga qo’yilgan edi. Hatto, o’rta hol kishilar ham bu yo’lda bel bog’lab, muallimlarga moddiy jihatdan yordam ko’rsatayotgan edilar. "Jomboydan maktub" xabari­da muallim mulla Komil afandi uch yildan beri kechki va kunduzgi maktabda dars o’qiyotganligini, bu ishda moddiy jihatdan bozor­ning amini, janob O’rinxo’janing xizmati katta ekanligini yozadi va: "Ul kishi faqir bo’lsada, juda himmatlik. Buni men boshqalarga ibrat bo’lishi uchun yozdim86, deydi, ahamiyatli, saxovatpesha. Savdogarlar Turkistonning asl farzandlari, mak­tab-maorif ishlariga befarq bo’lmay, qo’lidan kelgan yordamlarini berayotganlar haqida Toshkentdan mashhur Munavvar qori Abdurashid­xon yozadi: "Turkistonda birinchi namuna maktabi"87 xabarida u ushbu maktab ochilishidan boshlab, juda ko’p bola qabul qilingan­ligini, hatto bolalarga joy yetmay qolganligini aytadi. SHunda savdogarlardan mulla Abdulhakim afandi parta sotib olib ber­ganligini, Mirdadaxon afandi maktab uchun joy berganligini quvonch bilan yozadi.
M.Behbudiy maktab-maorif rivojida tashviqot yo’lini tutar ekan, Turkistonda, va qolaversa dunyoda ma’rifat yo’lida qilina­yotgan sa’y-harakatlardan xabardor bo’ladi va ulardan o’z o’rnida ilmu ma’rifat tashviqoti yo’lida foydalanadi. Bu esa targ’ibot­ning eng qulay, qisqa va lo’nda usullaridan biri edi. Behbudiyning yangilikni targ’ib qiluvchi "Orzu va xayol" va "Hushim kelmaydur" maqolalarini alohida ta’kidlab o’tish lozim. CHunki, bu maqolalar davrning asl aks-sadosi bo’lib yangradi. Un­dagi muallif tomonidan aytilgan fikrlar, kinoyali so’zlar kishini befarq qo’ymaydi. Balki, o’ylashga, insonning bu boradagi fikr "buloq"larini ochishga xizmat qiladi. SHu o’rinda bu ikki maqola­ning biridan parcha berib o’tish joiz.
“Orzu va Xayol”; Agar men boy bo’lganimda edi, to’y va azalarga ketayotgan sarflarni muallim yetishturadigan bir sha’riy maktab qurar edim. Lekin, afsuski, pulim yo’q. CHin ulamolardan bo’lsam edim, foy­dasiz majlislar o’rnig’a tafsir, hadis kabi zarur ilmlarni sho­girdlarimg’a o’rgatar edim va hozirgi jadid bilan qo’shar edim. Lekin, taassufdirki, johildurman. Agar men xatib bo’lsam edim, minbar xitobatga chiqib o’zbekcha xutba o’qir edim. Toki xalq so’zimga tushunib, mata’sir bo’lsunlar. Lekin, na qilayki, odam­larga xushomad va murosa qilib, xatiblik mansabig’a chiqmoqni vijdonim qabul qilmaydur. Agar mening nufuz va iqtidorim bo’lsa edi, barcha maktab va madrasalarni muvofiqi zamon islohi etib, ta’lim ibtidoiyani majburiy qilib, o’g’lini o’qitmagan kishilarga jazo berar edim va muning ila 25 yil ichida butun Turkistonni maorif va madaniyat nuri ila ziyolantirar edim. Lekin, oh! nacho­raki... Agar men muazzin bo’lsa edim, sahar chog’ida minora ustig’a chiqib, azondan keyin "Oy, musulmonlar! g’aflat va jaholatdan uyg’oningizki, maorif oftobi mag’ribdan chiqa boshla­di", deb qichqirar edim." 88
Albatta, hayotdagi har bir yangilik o’zining haqiqiy poyde­voriga - ildizi baquvvat g’oyalariga ega bo’lsagina umrboqiy bo’ladi, kishilar ongiga oson singadi. Ushbu g’oyalarni uning yara­tuvchilari xalqqa qay darajada keng yetkaza olishi bilan bog’liq. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir”89, SHuni ham ta’kidlashimiz lozimki, M.Behbudiy maktab-mao­rif ishlarini targ’ibotida ham o’z davrining yetakchilaridan bo’lgan. Uning maktab-maorif ishidagi katta xizmatlaridan biri - xuddi mana shu targ’ibot ishi edi. CHunki o’sha, kelajakning oydin yo’llari "kishanlangan" davr uchun mana shuning o’zi ham katta qahramonlik, jasorat bilan barobar edi. Zero Behbudiyni va uning ma’rifatparvar izdoshlariga umriga tahdid soluvchilar ko’p edi. Lekin buyuk ma’rifatparvarlar ularga mardona turib, o’zlari tanlagan ma’rifat yo’lidan hech qachon qaytmasligini, Turkiston o’lkasini mustaqillik, ozodlik, erkinligi uchun xalqning milliy qadriyatlarini o’z maqsad muddaolari,shu bilan birga umumbashariy taraqiyot yutug’lari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilganlar, bugungi kun va kelajak avlod uchun o’z jonlarini fido kilishga tayyor edilar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin