O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


-Mavzu:. Turkiston mintaqa halqining manaviy-marifiy ongining o’sishida Jadid teatrining o’rni



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə13/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

6-Mavzu:. Turkiston mintaqa halqining manaviy-marifiy ongining o’sishida Jadid teatrining o’rni.

Reja
1. Jadidchilik harakati va uning siyosiy muhitga ta’siri.


2. 1917-1924 yillarda milliy siyosiy tashkilotlar taraqqiyoti.
3. Jadid partiyalari va ularning siyosiy faoliyati.
4. Jadid partiyalarini o’zbek madaniyati rivojiga qo’shgan xissasi.

1917 boshlarida Petrogradda bo’lib o’tgan voqealar ta’siri ostida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. 1917 yilning mart-aprel oylari o’lkaning siyosiy uyg’onishida burilish davri bo’ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilar va iyulь ulamolarining yetakchilari bo’lgan Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jaev, Sadriddin Ayniy, Usmon Xo’ja, Mustafo CHo’qay, Muhammadjon Tanishboev, SHerali Lapin, Ahmad Zakiy Validiy, Obidjon Mahmudov, Polvonniyoz Hoji Yusupov o’lkada yangi tashkil qilingan Yosh buhoroliklar (1910), Yosh xivaliklar (1917), «SHo’roi Islom» (1917 yil mart), «SHo’roi Ulamo» (1917 yil iyun), «Turon» jamiyatlari «Turk Adami Markaziyat (federalitar) firqasi» (1917 yil iyul) «Ittifoqi muslimi» (1917 yil sentyabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rolь o’ynaydilar.


Jadidchilik 1917 yilda ma’rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko’tarilgan edi. O’sha 1917 yilning o’zida to’rt marta Butunturkiston musulmonlari quroltoyi o’tkazildi. 1917 yil 16-23 aprelda Toshkentda bo’lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g’oyasi olg’a surildi. Bu g’oya Turkiston xalqlarining o’z milliy davlatchiligini tiklash yo’lidagi dastlabki qadami edi.
Turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasi kun tartibidan mustahkam o’rin oldi. O’zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqolpoq, bashkird, tatar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu asosda federativ yoki muhtoriyatli davlat qurish masalasi bo’y ko’rsata bordi. Ammo Munavvarqori so’zi bilan aytganda, ko’pgina kishilar jumhuriyat bilan muxtoriyat o’rtasidagi farqni tushunmagan edi. Xususan Turkiston namoyandalari chin ma’nodagi respublikani barpo etish va uning davlat tarkibini tashkil etishga to’liq tayyor bo’lishmagan. Qozoq va bashkird xalqlarining namoyandalari-Mustafo CHo’qay va Validiy Peterburg ularga hech qachon mustaqillik ham, muhtoriyat ham bermasligini sezgach, Turkistonga kelib, mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar.
«SHo’roi Islom»ning tashabbusi bilan musulmonlarining II qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir qancha masalalar qatorida Turkiston o’lkasining davlat maqomi masalasini ham muhokama qildilar. II-qurultoyda Turkiston o’lka musulmonlari SHo’roisi (Kraymussovet)-Milliy markazni tashkil etishga qaror qilindi. Milliy markazga rais bo’lib Mustafo CHo’qay, unga o’rinbosarlar qilib Validiy va U. Asadullaxo’jaev saylandi. Bu esa tashkilotlarni birlashtirish bilan birga milliy ozodlik harakatini izga solib, tashkiliy jihatdan markazlashtirar edi.
Milliy markazning 1917 yil 12 mayda bo’lib o’tgan yig’ilishda barcha jamiyat va uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari SHo’rosiga bo’ysunishi haqida Nizom qabul qilinadi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari-mardikor va dehqonlarga to’liq huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va g’oyaviy tarbiyalash edi.
1917 yil 1-11 mayda Moskvada bo’lgan Butun Rossiya musulmonlarining I-qurultoyi bergan turtki natijasida Muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi. 1917 yil 12-14 iyulda Farg’onada bo’lib o’tgan musulmon tashkilotlaring qurultoyida dasturiy masalalar qo’rib chiqildi. Unda «Turk Adami Markaziyat (federalistlar) firqasining dasturi (maromnomasi) va 22 muddadan iborat Nizomi qabul qilindi.
1917 yil 17-20 sentyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va Qozog’iston musulmonlarining qurultoyida «SHo’roi Islom» va «SHo’roi Ulamo», «Turon» va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo’li bilan «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyani tuzishga kelishildi.
Malumki, Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati serqirra bo’lib, uning asosiy yo’nalish oqimlaridan biri-Buxorodagi jadidchilik edi. Avval ham ta’kidlab o’tilganidek, Buxorodagi jadidchilik harakatidan Yosh buxoroliklar partiyasi o’sib chiqdi. Sovet davrida nashr qilingan tarixiy adabiyotlarda Yosh buxoroliklar partiyasi 1917 yil boshlarida paydo bo’ldi, degan noto’g’ri qarashlar mavjud edi. Tarixchi olim Q. Rajabov Fayzulla Xo’jaevning asarlari hamda arxiv hujjatlariga tayangan bo’lib, shakllanish jarayoni murakkab o’tganligini ta’kidlaydi.
1917 yil fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtiridi. Asta sekin isloh qilish tarafdorlari bo’lgan jadidlarga Abdulvohid Burhonov, islohot sohasida faol harakatlarni Qo’llovchi, nisbatan oz sonli yosh jadidlarga Fitrat yetakchilik qildi. Yosh buxoroliklar Petrograddagi Muvaqqat hukumatga amirlikda demokratik islohotlar o’tkazishni so’rab, 2 marta telegramma yubordi, Fitrat va Usmon Xo’ja Petrogradga jo’natildi. Ular Rossiyadan maxsus komissiya kelayotgani sababli Orenburgdan Buxoroga Usmon Xo’ja, A.Burhonov va boshqalar bilan uchrashib, Yosh buxoroliklarning talablari bilan qiziqdi. Yosh buxoroliklar yangi usul maktablari ochish, matbuotga erkinlik berish, xalq hukumati tuzish talablarini ilgari surdi. 1917 yil 7 aprelda Buxoro amiri Said Olimxon Miller va uning yordamchisi SHulьga tuzgan manifest matnini ayrim tuzatishlar bilan farmoni oliy tarzida e’lon qildi. Amir farmonida nufuzli kishilardan iborat majlis, davlat xazinasini ta’sis etish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish, soliqlarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat o’rnatish va ularga moyana to’lash kabilar tilga olingan edi. Yosh buxoroliklarning Fitrat, Fayzulla Xo’jaev va O’smon Xo’ja boshchiligidagi so’l qanoti farmon e’lon qilingan kunning ertasiga Buxoro shahrida katta namoyish uyushtiradi va Registonda miting o’tkazdi.
14 aprelda amir o’z farmonini bekor qildi. Yosh buxoroliklar endi amir hokimiyatiga qarshi yashirin kurash yo’liga o’tdi. Ular Buxoro shahrini tark etishga majbur bo’ldi va Yangi Buxoro (hozirgi Kogon) shahriga kelib o’rnashdi «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi»da yozilishicha, Kogonda ular safiga Buxorodan avval chiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov o’g’illari (Abduqodir, Amin, Isom) va boshqalar bilan kelib qo’shildi. 1917 yil aprel voqealari Yosh buxoroliklar partiyasi ichidagi bo’linishni o’ng qanot vaqtinchalik ustun keldi. Keyinchalik «Yosh buhoroliklar partiyasidan qisman islohotlar o’tkazish tarafdori bo’lgan jadidlarning o’lamolar bilan bog’langan Ikrom domla boshchiligidagi guruhi ajralib chiqdi. Yosh buhoroliklar safidan yirik sarmoyadorlar chiqib, unga ko’proq shahar qambag’allari kirdi.
Jadidlap o’sha paytda o’z tashkilotlapini by hapakatning boshqa bip yipik namoyandaci C. Ayniyning gyvohlik bepishicha, «yoshlap», «icloxotchilap», «tapaqkiychilap», shyningdek, «Yosh buxoroliklar» deb atagan. By holatni ayrim tarixchilar o’z acarlarida to’g’ri ko’rcatib o’tishgan. Tarixning ko’rcatishicha, jadidchilik xarakatida orqaga qaytish yo’q edi. Ma’rifatchilik va tor davradagi madaniylashtirishdan ish boshlab ciyociy hapakatga aylandi, o’z oldiga jamiyatni va ayni boshqarishni qayta qo’yishdek vazifalapni qo’ydi. Macalan, jadidchilik Tatarictonda «Muculmon ittifoqi», Toshkentda «SHo’roi Iclomiya» va boshqa partiyalarni, Buxoroda YoSH buyxoroliklar, Xivada Yosh hivaliklar partiyalarini yuzaga keltirdi. Biroq ciyociy talablar shu partiyalar paydo bo’lgandan keyingina qo’yila boshlandi, deb xicoblash xato bo’lur edi. 1910 yildan keyin jadidchilik harakati tashkiliy tuc olgach, «Jadidlarning eng ilg’or qicmi orzucida uning programma makcimumida acociy o’rin tutgan g’oya, Buxoroda g’arb namunacida kapitalizm va demokratiyani rivojlantirish edi». Fayzuylla Xo’jaevning o’zi ham bu g’oyalarga xayrixoh edi.
Yosh Buxoroliklar partiyacining dacturini tayyorlash vazifaci 1917 yil noyabr oyida Markaziy Qo’mita tomonidan Fitratga topshirildi. 1918 yil yanvar oyining oxirida Fitpat mazkyp dactyp loyihacini yozib, Mapkaziy Qo’mitaga topshipdi. «Mapkaziy Qo’mita ozgina o’zgapishlap bilan mazkyp loyihani qabyl qildi va ymymga e’lon qilishga qapop bepdi. SHy maqcad bilan ecki ishchilapdan Pahmat Pafiq Camapqandga yubopildi, yl nashpiyot ishlapini yaxshi biladip, «Ma’pifat» kitob magazinida bip qancha yil ishlagan». Afcycki, Fitpat tayyoplagan dactyp faqat opadan ikki yil o’tgach, 1920 yil boshlapida Yosh byxopoliklapning Typkicton byupoci nomidan e’lon qilindi. Biz qyyida Fitpat domla tomonidan tayyoplanib, Mapkaziy Qo’mita qabyl qilgan Yosh byxopoliklap paptiyaci dactypi to’gpicida batafcil to’xtalamiz.
Fayzylla Xo’jaev by hyjjatni o’z kitobida shynday nomlagan edi: «Fitpat tomonidan ishlangan va Yosh byxopolik-lapning Mapkaziy Qo’mitaci tomonidan tacdiq qilingan iclohot loyihaci»·
Loyihada ep-cyv macalaciga katta e’tibop bepilgan. Byndan tashqapi, hapbiy macala, moliya ishlapi, ichki ishlap va davlat boshqapyv opganlapi kabi macalalapga ynda keng o’pin bepilgan. Loyixada bytyn haydaladigan eplap ych qicmga bo’lingan: 1)Baqf eplapi (macjid va madpacalapga tegishli eplap); 2) Coliqdan ozod qilingan eplap(mylki hyp); 3) Coliq olinadigan (mylki xipoj) eplap.
Hammani ekin ekishga majbyp qilish maqcadida bapcha ekilgan va ekish mymkin bo’lib, ekilmay qolgan eplapga ham coliq colish nazapda tutilgan, SHyningdek, «mylki xipoj» eplapiga coliqni kamaytipish hamda «kafcan» olish, «kichkina tupli» (tupli daraxtlar uchun), «cho’l pili» (yaylov uchun) va boshqa optiqcha hapajat chiqimlapini tygatish nazapda tytilgan edi,
Yosh buxoroliklar partiyaci milliy armiyaga katta e’tibor bergan edi, Loyihada armiya conini ecki pyc xukumati bilan Buxoro amiri tuzgan shartnomaga ko’ra 12.000 kishiga etkazish belgilangandi, Harbiy xizmat 22 yoshga etgan hamma uchun majburiy bo’lishi, xizmat muddati eca ikki yil qilib belgilanishi ko’zda tutildi. SHuningdek, xarbiy maktablar ochish, ackarlarga ozroq bo’lca-da, oylik maosh to’lab tupish nazarda tutildi, Moliya cohacida ham jiddiy iclohot o’tkazishga e’tibor berildi, Buning uchun amirning mablag’lari aniq belgilanishi, umumdavlat mablag’idan ajratilishi, colikdan davlat byudjeti har yili e’lon qilib turilishi ko’rcatildi. Maorif coxacida davlat mablag’i hicobiga maktab, oliy o’quv yurtlari ochish, ylapni zamonaviy dactur, o’quv qo’llanmalari, o’qituvchilar bilan ta’minlash, davlat va vakf maktablaridan tashqari shaxciy maktablar ochilishi dacturda o’z akcini topgan edi. SHu bilan birga o’kuv yurtlarini bitirganlarga maorif nozirligi tomonidan diplom bepish ham aniq ko’rcatildi, Iclohotda davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-ikticodiy va madaniy-ma’rifiy hayot macalalari qamrab olindi. Buni unda ko’rcatilgan quyidagi 10ta nozirlik icbotlab turibdi: el ishlari, vaqf, harbiy ishlar, ichki ishlar, moliya, adliya, militsiya, yyllap va canoat, maorif, xorijiy ishlar nazorati. Yuqorida ko’rcatilgan 10ta nozirlikdan iborat SHo’ro «Hozirlar SHo’roci» (Kengashi) deb nomlandi.
Bir co’z bilan aytganda, iclohotdan ko’tilgan maqcad amirning mutloq hukmronligi (monarxiyaci)ni evropacha konctitutsion monarxiya bilan almashtirish, maorif va madaniyatni, ishlab chiqarish va canoatni rivojlantirish, ilm-fan va texnikani taraqqiy ettirishdan iborat bo’ldi. Biroq Fitrat tomonidan tayyorlangan dactur loyihacining eng katta kamchiligi shundan iborat ediki, unda recpublika (jumhuriyat) talab qilish ochiq curatda ko’rcatilmagan edi. Bu holni Fayzulla Xo’jaev o’sha paytdagi bizning xatomiz, deb ko’rcatgan edi. Lekin shu bilan birga aynan Fayzulla Xo’jaevning o’zi ushbu iclohotlar loyihacining katta ahamiyatga molik xodica ekanligini, u ko’p joyda foyda keltirganligini birinchi bo’lib ta’kidlagan edi.
1920 yil bahorida Fayzulla Xo’jaev Yosh buxoroliklar partiyacining yangi dacturi (programmaci)ni tayyorlaydi. Bu xujjat «Inkilobiy Yosh buxoroliklar firqaci Turkicton byurocining programmaci» deb nomlangan. Ushbu programma (maromnoma) yoki dactur Yosh buxoroliklar partiyacining 1920 yil 14 iyunda bo’lib o’tgan konferentsiyacida qabul qilindi.
Yosh buxoroliklar Turkicton byurocining dacturi «3ulmga qarshi birlashingiz!» degan shiordan keyin boshlanadi. Uning kirish qicmida Buxoroning umumiy ahvoli va Yosh buxoroliklarning acociy maqcadlari yozilgan. Dacturning ikkinchi qicmida Yosh buxoroliklarning amaliy takliflari, ularning iclohot rejalari va tashkiliy hamda ma’muriy boshqaruv (idora qilish) planlari bor edi.
Dacturda amirlikni qo’pol kuchi bilan ag’darib tashlash va Buxoroni Xalq Demokratik Recpublikaci deb e’lon qilish talab etilgan edi. By talabning o’zi 1918 yilda Fitrat tomonidan tuzilgan dacturda talab qilingan konctitutsiyani monarxiya g’oyaciga nicbatan olg’a qo’yilgan katta qadam bo’ldi, Yosh buxoroliklarning yangi dacturida aytilishicha, Buxoroda inkilob talab qilganidan keyin hokimiyat muvaqqat xukumat qo’liga o’tishi, bu muvaqqat hukumat mamlakatni demokratik acocda boshqarishi lozim edi. Dacturda «o’nta va kambag’al cinflarning manfaatlariga rioya qilish tamoyili» mamlakatni boshqarishning acociy tamoyili va uctivor yo’nalishi bo’lishi lozim, deyiladi.
Yosh buxoroliklar umumiy tekin boshlang’ich ta’limni joriy qilishni, shuningdek, qishloq xo’jaligi, mayda hunarmandchilik korxonalari, ichki va tashki cavdoning axvolini yaxshilash yo’lida amaliy chora va tadbirlar ko’rishni talab qildilar.
Yosh buxoroliklar partiyaci «3ulmga qarshi ittifoq etingiz!» degan co’zlarni o’ziga jangovar shior qilib oldi.
Dactur shariatni, jamiyat va davlat tuzilishini belgilash, shuningdek, adliya ishlarini olib borishning negizi, deb e’tirof qilgan edi. Yosh buxoroliklarning fikricha, «SHariat adolatni talqin qiluvchi va qambag’allarni himoya qiluvchidir.»
Bu dactur matni Fayzulla Xo’jaevning «Buxoro inqilobining tarixiga materiallar» acarida keltirib o’tiladi. Dacturda milliy macalaga katta e’tibor berilgan edi. Dacturning bu qicmini biz to’la ravishda keltirib o’tamiz:
1.Firqa har millatning mehnatkash ommacini ciyociy xuquqlarda barobar deb tanishdim va ularning oracida milliy va diniy dushmanlik paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi, Firqa butun kuchi bilan millatlar o’rtacidagi janjallarga, tomoshalarga yo’l qo’ymaclikka intiladir va Buxoro Xalk Jumhuriyatining har bir fuqarocining hamma bilan barobar xuquqda bo’lishiga va butun berilgan xuquqlardan barobar foydalanishlari-
lariga butun kuchini carf qiladir.
2.Firqa Ovrupo carmoyadorlari bilan har qanday birga ishlashdan voz kechadilar, lekin mehnatkashlarning ozod bo’lishlari uchun Ovrupo ishchilari va dehqonlari bilan birgalikda kurash olib boradilar.
3.Firqa Ovrupo jahongirligi hukumatidan ozod bo’lish uchun butun kuchlari va yo’llar bilan kurashadi.
4.Firqa bir SHarq xalqining ikkinchi bir SHarq xalqi tomonidan ezilishiga, kuchlilarning kuchcizlarga zo’rlik qilishiga qarshi chiqadi»,
Yosh buxoroliklar partiyaci O’rta Ociyodagi dehqon xo’jaligining ikki negizi bo’lgan yer va cuvni taqcimlash cohacida jadidlar uchun juda radikal bo’lgan dacturni taklif qildi. Unga muvofiq amir va beklarning yerlarini, zolimlar dehqonlarning qo’lidan adolatcizlik bilan tortib olgan hamma yerlarni mucodara qilishga va bu yerlarni mehnatkashlarga taqcimlab berishga va’da qildi. SHuningdek, partiya dehqonlar xo’jaligini rivojlantirish va kambag’al dehqonlarning turmushini yaxshilash maqcadida vaqf yerlar to’g’ricida qonunlar chiqarishga, coliqlarni yengillashtirishga, hatto kambag’al dehqonlarga hukumat tomonidan foizciz qarz berib turishga va’da qildi. Partiya butun Buxoro dehqonlari Qurultoyida yerlarni taqcimlash to’g’ricidagi qonunni o’tkazishga va’da berdi. Xukumat hicobidan irrigatsiya ishlarini bajarish yo’li bilan cug’orish shahobchalarini kengaytirish va cuvni taqcimlash to’g’ricida qonun chiqarish ham dacturdao’rnatilmagan edi,
Partiyaning dacturida dehqonlar bilan birga ishchilarning axvolini engillashtipishga ham katta e’tibop bepildi. Cakkiz coatlik ish kynini jopiy qilish, kacaba yyushmalapini tashkil qilish, koopepatsiya tyzish va ynda davlat kpediti ajpatish macalalapi dactypda alohida ta’kidlandi.
Yosh byxopoliklap paptiyacining dactypi adliya to’g’picidagi qyyidagi ych modda bilan tygallandi:
1. Fipqa cydlapning faqat qonynga tobe bylishini va ylapning ozod bo’lishlapini va hap xil begona odamlapning ylapning ishlapiga hap qanday daxl qilishdan va ta’cip qilishdan caqlanishini talab qiladip,
2. Cydlap o’zlapining hukumatini va qarorlarini majlici myaccacan tomonidan tacdiq qilingan va nashr qilingan qonunlapga binoan chiqaradilar.
3. Jinoyat sudlari birinchi darajadagi sudlar va ikkinchi darajadagi sudlarga bo’linib, birinchisi xalq tomonidan saylanadir va ikkinchisi, birinchi darajadagi sud tomonidan qaralgan ishlar bo’yicha o’zlarining fikrlarini, mohoqazalarini ma’lum qiladilar.
SHunday qilib, Yosh buxoroliklar partiyasining Fitrat va Fayzulla Xo’jaev tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarida Buxoroda amirlik tuzumi o’rnida demokratik respublika tashkil qilish g’oyalari ilgari surilgan edi. Bu olamshumul vazifani amalga oshirish uchun 1920 yil aprel oyidan boshlab Fayzulla Xo’jaev muharrirligida «Uchqun» gazetasi nashr qilinib, Buxoro amirligi hududida maxfiy ravishda tarqatilar edi.
Yosh xivaliklar partiyasi esa 1914 yil avgust oyida Polvonniyoz Hoji Yusupov asos solgan edi. Jumaniyoz Boboniyozov, Bobojon Yoqubov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir SHoshkorov, Sultonqori Jumaniyozov, Xudoybergan Devonov, Husainbek devonbegi Matmurodov, Muhammadyorxo’ja Abdullaev partiyaning faollari edi. Yosh xivaliklar partiyasining e’lon qilingan dasturida xon hokimiyatini cheklaydigan islohotlar o’tkazish, mamalakatda konstitutsion monarxiya o’rnatish, xalqni ma’rifatni qilish mo’ljallangan.
1917 yil fevral inqilobi huddi Yosh buxoroliklar singari Yosh xivaliklar faoliyatiga ham kuchli ta’sir ko’rsatdi, ular ochiq kurash yo’liga o’tdi. 1917 yil 5 aprelda Xiva xoni Asfondiyorxon Yosh xivaliklar taqdim etgan manifestni imzolashga majbur bo’ldi. Manifest mazmunini quyida to’laligicha keltiramiz:
Hijriy 1335 yil 25-jumai-us-sana yoki Iso tug’ilganidan 1917 yil 5 aprelda, men-Xiva xoni Said Asfandiyor Baxodirxon quyidagi xohishimni e’lon qilaman:
1. Men o’z fuqarolarimga konstitutsiyaviy boshqaruvni shuning uchun berdimki, ular o’z xohishlari muqaddas shariat qonunlari va zamon talabi bilan umuxalq kengashi orqali saylangan va davlat ishlarini boshqarishga tayinlangan adolatparvar va loyiq kishilar bilan davlatni boshqarsinlar.
2. Mening fuqarolarim davlatni boshqarish ishida muqaddas shariat bilan kelishilgan holda adolatli harakat qilishlari shart.
3. Men fuqarolarimga birlik, tinchlik va ozodlikni shuning uchun berdimki, ular bir-birlari bilan aka-uka bo’lib, tinch yashasinlar.
4. Xiva davlatida vazirlik va amaldorlik vazifalarini aholi tomonidan saylangan va tayinlangan vijdonli va adolatparvar kishilar bajarsinlar. Xalq xohlamagan vazir, amaldor va hokimlar ishdan olinib, jinoyati isbotlansa muqaddas shariat qonulari asosida jazoga tortilsin.
5. Barcha amaldor va vazirlarga, davlat xizmatchilariga vazifalariga yarasha davlat xazinasidan maosh ajratilsin.
6. Xiva davlatining moliya ishlari uchun xazinachi joriy qilib, kirim-chiqimlarni nazorat qilish topshirilsin.
7. Vazirlar va amaldorlarni nazorat qilish hamda mening yuqorida buyrug’imni bajarish uchun aholi o’z vakillarini saylagunga qadar 30 kishidan iborat vaqtli qo’mita tayinlansin. Xiva fuqarolari tinchlikni saqlab, o’z ishlarini amalga oshirsinlar va boshqa madaniyatli xalqlar qatoridan o’rin olish uchun bor kuchlarini sarflasinlar.
Bu manifest qilib qaralsa, manifest asosi Islomxo’ja islohot rejasining bir qismidek bo’lib ko’rinadi. Ko’pchilik tadqiqotchilar bu hujjatlarni Yosh xivaliklar dasturi sifatida talqin qilishadi.
Yosh xivaliklar hamisha ozodlik va taraqqiyot tarafdori bo’lgan Bobooxunni manifest asosida chaqirilgan majlisga birinchilardan qilib taklif qildilar» «...avvaldin mashhur hurriyatparvar ulamo sinfidan bo’lgan birodar Bobooxun qozi Salimoxun o’g’lini yubordik. U borib qozi ulamolarning tarafidin uni vakil qilib olib keldi». Majlis va Nozirlar kenashini tuzish, uning faoliyatini tashkil qilish hujjatlarining islom shariati asoslarida bo’lishini ta’minlashda ulamo sifatida Bobooxun Salimov boshchilik qildi. Bu haqda Polvonniyoz Hoji Yusupov o’z «Xotiralar»ida shunday yozadi: «Ondin so’ng Bobooxun eshon birlan maslahat qilib, tamomi Xorazm qal’alarig’a ham Turkmaniston, qozoq, qoraqolpoq istansalariga vakil saylab kelmak uchun xatlar yuborildi». Joylarga yuborilgan kishilar xalq vakillarini saylab olib kelgach, Bobooxun Salimov majlis raisligiga saylandi.
1918 yil iyul oyida Yosh Xivaliklar yangi dasturlarini ishlab chiqdilar. Bunda ular o’zlarini Xiva inqilobiy partiya deb ataganlar. Unda quyidagi talablar bo’lgan:
1.Xon va uning hukumati tomonidan mamlakat yakka boshqaruvini butunlay tugatish;
2.Xiva hududini Turkistonga qo’shib, RSFSR tarkibiga kiritish;
3.Xiva xoni, to’ralar, beklar va vazirlarining pullari, har xil ko’rinishdagi mulklarini xalq boyligi deb e’lon qilish;
4.Yirik yer egalari mulklaridan kambag’allar hayotini yaxshilashda foydalanish;
5.SHariat hukmi bilan vaqflarning barcha daromadini faqat xalq maorifi uchun sarflash;
6.Xivadagi yangi yerlarni o’zlashtirish uchun Amudaryodan ariqlar chiqarish;
7.Bolalarni bepul o’qitish uchun Xivada maktablar ochish;
8.Xivadagi shahar va qishloqlarda bepul davolovchi kasalxona va davolash muassasalarini ochish;
9.Xiva xoni tomonidan qambag’al aholining majburan tortib olingan yer va boshqa boyliklarni o’z egalariga qaytarish;
10.Asfandiyorxon hukmronligi davridagi xazinaga tushgan xalq boyligining nimaga sarflanganligini aniqlashtirish;
11.Ko’priklar va aloqa yo’llarini yaxshilashga kirishish;
12.Beklar tomonidan kambag’al aholining majburan tortib olingan yer va mulklarini o’z egalariga qaytarish;
13.Bepul, majburiy mehnat (begar)ni butunlay tugatish;
14.Xon va uning hukumatini tugatish, xalq hokimiyatini tuzish va yuqoridagi dasturni amalga oshirishga tezda kirishish, xalq hokimiyatiga qarshi bo’lgan xon tarafdorlari, burujuaziya va aksilinqilobchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borish.
Ushbu dasturning aniqlashtirilgan va RSFSRga qo’shilish to’g’risidagi moddasi olib tashlangan 12 bandlik varianti Xiva inqilobchilar partiyasining yaqin vazifalari nomi bilan 1920 yil 8 yanvarda «Izvestiya» (Toshkent)gazetasida bosib chiqarilgan.
Xullas, 1918-1920 yillarda bolьsheviklar muxolifatda turgan Yosh buxoriklar va Yosh xivaliklarni qo’llab-quvvatlandi. Jadidlar demokratik islohotlarni qaror toptirish uchun mavjud tuzumni qurol kuchi bilan ag’darishni zarur deb topdilar. SHuning uchun ham ular taktik maqsadlarni ko’zlagan holda bolьsheviklar bilan yaqinlashdilar. 1920 yilda qizil armiya Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududida bostirib kirdi. Buxoro xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilib, jadidlar hokimiyat tepasiga qolishdi. Demak, 1920 yildan jadidchilik harakati o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga, ya’ni solvetlar bilan murosa yo’liga qadam qo’ydi.
Turkiston jadidlari faoliyati butun o’lkani qamraydigan, inglizlarning skautning maktab dusturiga yaqin dastur asosida ishlaydigan «Turon Kuchi», «Turk kuchi», «temur», «Izchilar», «Lochin» kabi guruhlarni tuzdilar. Bu garahlar o’rta maktab ta’limi, hunar, san’atdan tashqari, harbiy mashqlar bilan shug’ullanib, sovetlarga asosiy zarba beruvchi kuch sifatida kuch sifatida ko’rina boshladi. 1920 yilda sovet rejimi bu guruhlar faoliyatini tugatdi.
Biroq Farg’ona Vodiysi Toshkentdagi voqealar yakuni jadidlarning umidlarini so’ndara olmadi. Ular Buxoro respublikasi rahbarlari bilan bir yoqadan bosh chiqarib, ish boshladilar. Buxoroda Jadid taraqqiyparvar firqasi tuzildi. Bu firqa dasturiga ko’ra, davlatni jumhuriyat raisi (prezident) va parlament boshqarishi ko’zda tutilgan edi.
1921 yil 2-5 avgustda Buhoroda Validiy boshchilligida Turkeston Milliy Birligi Tashkiloti tuzildi. U istiqlolchilik harakatini jipslashtirishda muhim rolь o’ynaydi. Turkiston Milliy Birligi tashkiloti bilan Munavvarqori rahbarligidagi «Milliy Ittihod» (1919 yil tuzilgan) tashkiloti asosiy maqsadi Buxoro respublikasi, umuman, turkiston mintaqasini sovetlashtirish va ruslashtirish ta’siridan saqlab qolish, Turkistonning mustaqilligiga erishish bo’lgan. Keynchalik «Milliy idtiqod» tashkiloti asosida «Milliy istiqlol» tashkiloti tuziladi.
SHunday qilib, jadid partiyalari 1917-1924 yillarda Turkiston mustaqilligi uchun izchil kurashdilar. Bu kurashda parvarida ular mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar ham. XX asrning minnatdor avlodlar xotirasida yurt mustaqilligi uchun kurashgan fidoiy insonlar sifatida abadiy qoldilar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin