O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


-mavzu: Jadidchilik g’oyalarining falsafiy talqini



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə14/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

7-mavzu: Jadidchilik g’oyalarining falsafiy talqini
Reja
1. XIX asr - XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ma’rifatparvarlik va ijtimoiy-siyosiy tafakkur taraqqiyoti
Feodal tuzumga qarshi qaratilgan harakat sifatida ma’rifatparvarlikning kelib chiqishining umumiy qonuniyati turli xalqlarda turli tarixiy davrlarda o’z xususiyatlariga ega. SHunday bo’lsa ham, har bir xalqning ma’rifatparvarligi umumiy tarixiy jarayonning ifodasidir. Ovrupoda bo’lgani kabi, Markaziy Osiyoda ham ma’rifatparvarlik feodal munosabatlar, eskilik, qoloqlik va an’analarga qarshi qaratilgan oqim sifatida o’zini namoyon qildi. Uning shakllanishi va rivoji ovrupo madaniyatining ta’siri, feodal holatdagi Markaziy Osiyo va sarmoyadorlikka o’tgan Rossiya o’rtasidagi mavjud qarama-qarshilik bilan bog’langan edi.
T
Туркистонда маърифатпарварлик-нинг ривожланиши ва ислохотчилик ғояларининг вужудга келиши
urkistonda ma’rifatparvarlik uzoq tarixiy ildizga ega. XIX asrda ma’rifatparvarlik falsafasining kuchayishi XVI asrda Buyuk ipak yo’lining o’z faoliyatini to’xtatishi, dengiz yo’llarining ochilishi hamda XVIII-XIX asrlarda Yevropa mamlakatlarida sodir bo’lgan shiddatli texnologik rivojlanish natijasida O’rta Osiyo xonliklarining ob’ektiv sabablarga ko’ra taraqqiyotdan orqada qolishi bilan bog’liqligi hech kimga sir emas. Xalq xo’jaligi va umumiy taraqqiyotga katta zarar yetkazgan ichki o’zaro urushlar esa bu qoloqlikning sub’ektiv sabablari hisoblanadi. SHunday sharoitda ilg’or ziyolilar mazkur qoloqlik sabablarini teran tahlil qilib, taraqqiyotga erishish yo’llarini izlay boshladilar va keng xalq ommasini ma’rifatli qilishni bu yo’ldagi birlamchi vazifa deb bildilar. Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinib, Buxoro va Xivaning unga tobe’ bo’lishi mintaqani markazning xom ashyo manbaiga aylantirib, vaziyatni yanada chuqurlashtirdi. SHu bilan birga, bir tomondan - bank sarmoyasi, ikkinchi tomondan - Yevropa va Osiyodan demokratik g’oyalarning kirib kelishi dunyo bilan iqtisodiy aloqa o’rnatish imkoniyatlarini namoyon etdi, mintaqada hurfikrlilikning rivojlanishiga imkon yaratdi. Bu asosiy maqsadlaridan biri ma’rifatparvarlik bo’lgan milliy ozodlik falsafasining shakllanishidagi ilk qadamlar edi. Uning tarafdorlari mintaqaning turli burchaklarida ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlarini boshqarish, tashkil qilish yoki qo’llab-quvvatlashdan hali uzoq bo’lsalar-da, lekin ularning kelib chiqish sabablarini yaxshi anglar edilar va bu toifaning mavjud tuzumga tanqidiy munosabati, islohot o’tkazish zarurligini tushunishi -o’sha davr uchun katta yutuq edi. Taniqli olim Ahmad Donish islohotlar o’tkazishning eng faol tarafdorlaridan biri edi. Keyinchalik Muqimiy, Furqat, Hamza, Berdaq, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O’tar kabi shoirlar o’z she’rlarida xalqni ilm va ma’rifatga chaqirdilar. Abay, CHo’qon Valixonov kabi taniqli arboblar demokratik g’oyalar bilan qurollangan bo’lib, ular bu mushkul ahvoldan chiqishning yo’lini nafaqat ma’rifatda, balki turkiy xalqlarning birlashuvida ko’rar edilar. Xuddi shu zaminda ma’rifatparvarlikdan siyosiy talablarni ko’tarib chiqishga qadar yuksalgan jadidchilik o’sib chiqdi.

I

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin