O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə17/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Жадидчилик ҳаракати
adidchilik - XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko’plab SHarq mamlakatlaridagi milliy-taraqqiyparvar ziyolilarning islohotchilik harakati. Bu harakat O’rta Osiyo xalqlarining madaniy, milliy-siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo’ldi. "
Jadidlar" degan nomning o’zi "usuli jadid" ("Yangi usullar") tushunchasi asosida kelib chiqqan. Bu atama ostida o’qitishning yangi usullari tushunilar, yangi usuldagi maktablar shu asosda qurilgan edi. Jadidchilik harakatining vazifalari kengayishiga muvofiq ravishda keyinchalik mazkur atamaning mazmuni ham kengaydi. Ma’rifatparvarlik bilan bir qatorda, jadidlar ijtimoiy va siyosiy huquqiy holatlarning eski tizimini taraqqiyotning ilg’or usullari bilan almashtirmoqchi bo’ldilar. Jadidlar harakati XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi siyosiy kuchlar murakkab bir tarzda chigallashib ketgan Turkiston jamiyatining eng ilg’or yo’nalishi qarashlarini o’zida aks ettirdi. U dunyo ahamiyatiga molik insonparvarlik va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyat taraqqiyotining yetilgan ehtiyojlari va o’lkaning tub aholisi manfaatlariga javob berdi. M.Behbudiy, A.Fitrat, U.Asadullaxo’jaev, Munavvar Qori, A.Avloniy, S.Ayniy, F.Xo’jaev, T.Norbo’taev va boshqa mashhur nomlar ushbu harakat bilan bog’liq.
Jadidchilik ma’rifatparvarlikdan siyosiy harakatgacha bo’l­gan murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Keng xalq ommasining iqtisodiy og’ir ahvoli, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan orqada qolishi, tafakkur turg’unligi jadidlarni Turkistonni bu tushkun holatdan olib chiqishning amaliy vositalarini izlab topishga undadi.
Jadidlarga avvaliga yog’ilgan va yetilgan masalalarni ma’rifat­par­varlik yo’li bilan hal qilish mumkinday bo’lib tuyuldi. SHuning uchun harakatning birinchi bosqichida musulmon maktablaridagi o’qitish ishlarini isloh qilish jadidlarning diqqat markazida turdi. Ular bunday islohotlarni o’tkazish zarurligini nazariy jihatdan asoslabgina qolmay, ayni paytda, yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o’quv zallari barpo etish, darsliklar nashr qilish bilan o’z g’oyalarini amalga oshirish uchun katta sa’y-harakat ko’rsatdilar.
1905 yili Rossiyada, 1908 yili Turkiyada va 1905-1911 yillarda Eronda bo’lib o’tgan inqiloblar jadidchilikka katta ta’sir ko’rsatdi. Birinchi jahon urushi jadidlar tafakkurida keskin o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ular parlamentga asoslangan monarxiya to’g’risida yozishdi, fuqarolarning boshqarish, davlat organlarini shakllantirish, qonunchilikda ishtirok etish tartiblarini ishlab chiqdilar. Fevralь inqilobi davriga kelib, jadidlarning radikal qismi («taraqqiyparvarlar») qator siyosiy talablarni ilgari surdilar. Ular orasida o’lka boshqaruvini mahalliy aholining haq-huquqlarini kengaytirish tomonga isloh qilish, Davlat Dumasida unga o’rin ajratish, demokratik erkinliklar va birinchi navbatda, milliy matbuot erkinligi, samoderjavie (mustabid hokimiyat)ni konstitutsiyaviy tuzum bilan almashtirish bor edi. Lekin fevralь inqilobidan keyin jadidlar Muvaqqat hukumat Turkistondagi mustamlakachilik siyosatini eskicha qoldirish tarafdori ekanligini tushunib yetdilar. SHundan keyin jadidchilik harakati mustaqillik va Turkistonga Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat berishni talab qilish uchun kurash yo’liga kirdi.
Bu davrga oid dasturiy hujjatlarda asosiy e’tibor milliy-hududiy muxtoriyat (hukumat, boshqaruv, sud, qonun chiqaruvchi organ­lar va boshqalar) printsiplarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi. Siyosiy model (andoza) sifatida demokratik respublika tanlandi.
Lekin Turkistondagi Oktyabrь voqealari va hokimiyatning bolьsheviklar tomonidan egallab olinishi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirish imkonini bermadi. SHunga qaramay, bolьsheviklar hokimiyatining millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash haqidagi deklaratsiyasidan foydalanib, mustaqil avtonom respublika-markazi Qo’qon bo’lgan Turkiston muxtoriyatini e’lon qildilar. Uch oy faoliyat ko’rsatgan mazkur respublika Qizil armiya tomonidan qonga bostirilib yo’q qilindi. Jadidlarni ko’pchiligi 1937 yilga kelib hisbga olinib qatl qilinganlar. SHuningdek ularning bir qismi sovetlar tomoniga o’tib xalq maorifi va madaniyat soxalarida ishlaganlar.
J

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin