Жадидчиликнингназарий ва фалсафий асослари adidchilikning o’ziga xos fenomen, nodir hodisa ekanligi nimada ko’rinadi? Bu birinchi navbatda, jadidlarning nafaqat SHarq, balki G’arb madaniyatini ham egallash asosida shakllangan yuksak aqliy-ma’naviy zakovatida namoyon bo’ladi. Ularning deyarli barchasi oliy diniy ma’lumot olib, Navoiy Jomiy, Fuzuliyning yuksak insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan asarlari, o’rta asr SHarq mutafakkirlarining falsafiy qarashlarining ta’siri ostida tarbiyalanib, o’z intellektini xorij–ham SHarq, ham G’arb madaniyati yutuqlari bilan boyitdilar. Bu jadidlar falsafiy dunyoqarashining o’ziga xos xususiyatini belgilab berdi.
Jadidlar islom falsafasi nuqtai nazari asosida ish tutganlar. Mavzuning hozirgi tadqiqotchilari yozganidek: «Islom va fan, islom va ilg’or taraqqiyot - XIX asr ikkinchi yarmida musulmon mamlakatlaridagi intellektual va ijtimoiy-siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidagi izlanishlarning falsafiy asosi hisoblanadi»101. SHuning uchun ham jadidlar faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biri islomni modernizatsiyalash, uni bid’atlardan tozalash, fan yutuqlari va ilg’or texnologiyalarni egallashdan iborat edi. Birinchi navbatda, ular islomning mohiyatini o’z manfaatlariga moslab olgan din namoyandalarini qattiq tanqid ostiga oldilar hamda dinni qurol qilib olgan siyosiy o’yinlar qanday og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko’rsatib berdilar.
Madaniy merosni o’zlashtirish va xalqning milliy o’zini o’zi anglashini kuchaytirish - jadidlarning diqqat markazida turgan eng muhim masalalardan edi. Ular o’zlari nashr qilgan gazeta va jurnallarida o’quvchilarga Turkiston xalqi qanday ulkan madaniy va ilmiy merosning vorisi ekanligini eslatdilar. Forobiy, Ibn Sino, Ulug’bek - bular axir Markaziy Osiyodagi ijtimoiy va ilmiy islohotlarning asoschilaridir. Jadidlarning fikricha, ularning asarlarini o’rganish o’lka taraqqiyotini yuksaltiradi, xalqning o’zini o’zi anglashini kuchaytiradi. «Sayha» («Na’ra») she’rida Fitrat SHarq mutafakkirlarining o’tmishdagi buyukliklarini qaytadan tiklashga chaqiradi;