O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə16/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Muhammad Rahimxon II - Feruz (1844-1910) - Xiva xonligi hukmdori edi. Uning ma’rifatparvarlik faoliyati va she’riyat, davlat boshlig’i sifatida fan, madaniyat va adabiyotga homiyligi ijtimoiy fikr taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatdi va katta ahamiyatga ega bo’ldi.
XIX asrda Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Hamzalarning zamonaviy she’rlari keng tarqalib, og’izdan-og’izga o’tib, aytib yurilgan. Bu insonlar ham ma’rifatning qizg’in tarafdorlari bo’lib, faqat bu boradagi qarashlarini she’riy shaklda ifodalaganlar. SHe’ru g’azallar aholi o’rtasida tez tarqalishi jihatidan katta ahamiyat kasb etar, xususan yoshlar ma’rifat targ’ibotining eng ta’sirchan shakli edi.
Muhammad Aminxo’ja Muqimiy (1850-1903)va Zokirjon Furqat (1859-1909) kabi shoirlar turkistonliklarning og’ir iqtisodiy ahvolidan qayg’uradilar va o’z ijodlari orqali mustamlakachilikka qarshi kayfiyatning kuchayishiga yordam berdilar. Lirik va satirik bo’lgan Muqimiy insof, adolat va odamiylik hukmronlik qiladigan erkin jamiyat to’g’risida orzu qiladi, ayni paytda, o’zining idealidan uzoq bo’lgan tuzum, mutaassib din namoyandalarini hajv tig’i bilan fosh etadi. «Turkiston viloyatining gazeti»da 1903 yili bosilgan she’rlaridan birida jamiyatni ko’zda tutib:
Ey tabib, aylanma dardim bedavolardan biri,
Rangi zardim ko’ru-ko’rma kahrabolardan biri,
deb yozadi.
SHoirning «Vekselь», «Urug’», «Dar mazammati zamona», «Lyaxtin», «To’y» va boshqa siyosiy va ijtimoiy masalalar (masalan, saylov)ga bag’ishlangan hajviyalari jamiyatda u obrazli tarzda «Dunyo qurilg’on dor ekan!» deb ta’riflagan mavjud tuzumga nisbatan tanqidiy munosabatni kuchaytiradi»100.
Zokirjon Furqatning ma’rifatparvarlik qarashlari uning «Ilm xosiyati», «Aql majlisi xususida», «Vistavka xususida» va boshqa mashhur she’rlarida o’z ifodasini topgan. U madaniyatning otashin targ’ibotchisi edi. Yevropa madaniyatiga katta ahamiyat berib, ilg’or xalqlar safidan joy olish uchun yoshlarni bilim egallashga chaqiradi:
Jahon bastu kushodi - ilm birla!
Nadur dilni murodi - ilm birla!
Ko’ngullarni sururi - ilmdandir!
Ko’rar ko’zlarni nuri- ilmdandir!
Kerak har ilmdan bo’lmak xabardor!
Bo’lur har qaysi o’z vaqtida darkor!
Hamza Hakimzoda Niyoziyva Qoraqalpoq shoiri Berdimurod Berdaq(1827-1900) lar ijodida nafaqat xalqni ma’rifatli qilish masalalari, shu bilan birga, hurriyat va adolatga intilish, Vatanga muhabbat, ma’naviy-axloqiy mavzular ham o’z aksini topdi.
Xullas, XIX-XX asr boshlaridagi ilg’or shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar va jamoat arboblarining ijodi komil inson, erkin jamiyat haqidagi g’oyalarni rivojlantirdi va mustamlakachilikka qarshi kurash g’oyasi yo’lidagi ilg’or milliy tafakkurning shakllanishida falsafiy asos bo’lib xizmat qildi.
J

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin