O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


Jadidlarning milliy g’oyani singdirishda yangi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə11/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Jadidlarning milliy g’oyani singdirishda yangi
usul maktabining ahamiyati.

XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xalki milliy madaniyati, ma’naviyati taraqqiyotida mustamlakalik davri boshlandi. CHor Rossiyasi o’zining mustamlakachilik siyosatida Turkistonni nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ma’naviy mustamlakaga aylantirishning rejasiga ega edi. Buni ularning o’zlari ham yashirmas edilar. Bu haqda M.A.Murapiev 1882 yil 30 avgust kuni Toshkent o’qituvchilar seminariyasidagi yig’ilishida “Musurmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... yotmog’i lozim” degan bo’lsa56;Turkiston general-gubernatori I.A, Kuropatkin esa kundaliklarida “Biz 50 yil tub-joy aholini taraqqiyotidan chetda tutdik”, - deb qayd etgan edi57.


Xo’sh, milliy – madaniy, siyosiy, iqtisodiy, pedagogik turg’unlik o’zbek millati hayotida qanday aks etdi. Eng avvalo, milliy o’zlikni anglashning, milliy tashabuskorlikning, millatdagi yaratuvchilik quvvatining sezilarli Jadidchilar o’lka istiqlolining ma’rifiy shartini, avvolo, yosh avlodni zamonaviy Ovr so’ndirilganligida, ilm-fan jabhalarida orqada qolish, xabarsizlikda (Fitrat) namoyon bo’ldi. Bu haqda Ishoqxon Junaydullaxo’ja o’g’li Ibrat (1862-1937) shunday yozgan edi: “Ilmiya to’g’risida biz xalqda chandoni ahamiyati yo’q, tanazzulda turur, bo’lak fikrlarni ilmdan topgan daraja va madaniyatlarini ko’rib turib hech harakat qilmaydurlar. Ilmni asosi maishat ekanini tahiq ila bilganlari yo’q! Bu sabadin omillari ko’b, ishlarida ahamiyat yo’q, tavakkul ila qorinlari to’q!... Avlodlari o’yin-kulgiga mashg’ul bo’lib, umrini arzon o’yunga sarf etib, bovujudi bu mamlakatga joidor, musofir bo’lmasalar ham musofirlaridan maishatda nooqisdurlar. SHoyad mundin buyon saodat va fazilat qadrin bilsalar!”58 Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, Kobul, Jidda, Bombay, Kalьkutta shaharlarida bo’lib va yashab, arab, fors, ingliz, hind, urdu tillarini bilgan Ibrat mavjud ahvolni tuzatish maqsadida 1907 yilda To’raqo’rg’onda yangicha usulda maktab, bosmaxona ochgan edi. U arab, fors, hind, turk, o’zbek va rus so’zlaridan tarkib topgan “Lug’at sitta alsina” (Olti tilli lug’at, Toshkent, 1907) tuzgan. Lotin, yunon, slavyan, xitoy, hind, arab yozuvlarining kelib chiqishi haqida “Jome’ ul-xutut”, “Ta’rixi Farg’ona” (1916), “Ta’rixi madaniyat” (1925) kabi ilmiy asarlarini chop etdi. Ibrat o’lkamiz tarixida yorkin iz qoldirgan milliy-ozodlik, zamonaviylikni shior qilib olgan jadidchilar vakili edi.
Milliy yangilanish, zamonaviylashish g’oyasi Turkistonda XIX asr oxirida milliy- ma’rifiy kurash shaklida namayon bo’ldi. Bu harakatning maqsadi “Yangi usulda ta’lim va tarbiyani Ovro’po tsivilizatsiyasiga moslashtirish emas, balki Ovro’po tsivilizatsiyasini o’rganib,uni milliy madaniyatga xizmat ettirish”ning bir ifodasi edi. Turkistonlik jo’po ilmlari darajasida o’qitish bilan milliy tarbiyalashni uyg’unlashtirishda, deb bildilar. Bu haqda “Ma’rifatchilar o’zlikni anglashni milliy tarbiyada jauda yuqori o’ringa qo’yadilar, O’z millati, o’z vatani, o’z davlati – mana shular shaxsni shaxs qiladi, shaxsni mana shu millatning bir orif parchasiga aylantiradi. Va mana shular millatga millat unvonini beradi”59,- deydi keyinchalik zamondoshimiz Ibrohim G’ofurov.
Biroq Turkistonda jadidchilikka keskin qarshiliklar bo’ldi. Bunga sabab, bir tomondan, ularning maqsadini to’g’ri tushuna olmagan Buxoro amiri, ikkinchi tomondan, jadidchilardan inqilobiy harakat deya cho’chigan Rossiya imperiya amaldorlari bo’lsalar, uchunchidan, jadidchilikni islomga dushman bir harakat deb tushungan, uning asil mohiyatini anglashni istamagan mutaasib dindorlar edi. Mutaasib ruhoniylar yoshlarni milliy – zamonaviy tarbiya yo’li bilin mustamlakachilikdan ozod qilish maqsadiga intilgan jadidchilar – Mulla Nafas, Zinhoriy, Avliyoquli, Miskin, Ibrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Zohiriy, Tavallo, Fitrat, CHo’lpon, Avloniy,Hamza, Ayniy, Qodiriy va boshqa ma’rifatparvarlarni kofir dab e’lon qildilar. Bu haqda Fitrat: “Yo rabbiy, quldan ketgan madaniyatimizni tiklashga harakat qilgan zahotimiz ulomolarimiz “kofir bo’lding”deb, bizni yo’q qilish payiga tushadilar”60, - degan edi. Holbuki, jadidchilar o’zbek milliy madaniyatini, ta’lim-tarbiyani rivajlantirish yo’lida zahmat chekkan va:

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin