O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə21/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Абдурауф Фитрат
adidchilikning yana bir yorqin namoyandasi M.Behbudiyning kichik zamondoshi Abdurauf Fitrat (1886-1937) edi. Forobiy, Beruniy va Ibn Sino an’analarini davom ettirib, A.Fitrat islom dinini dunyoviy fanlar yutuqlari bilan mustahkamlash g’oyasiga asoslangan holda, ilmlar tasnifini ishlab chiqdi. Olim barcha ilmlarni nazariy va tajribaga asoslangan ilmlarga bo’ladi. Diniy va dunyoviy fanlarni u alohida tasnif qiladi. Diniy ilmlarga u Muhammad alayhissalom hadislari, hadislar talqini, fiqh va ilohiyotni kiritadi. Dunyoviy fanlarga esa falsafa,fizika, mexanika, algebra, optika, musiqa, astronomiya, geometriya, tibbiyot, geografiya, tarix va tilshunoslikni qo’shadi. Falsafa fanining predmeti haqida fikr yuritar ekan, Fitrat ong, axloq, ilohiyot va tafakkurni bilishni uning asosiy vazifasi sifatida qayd etadi.
Fitrat ilk ijodining markaziy g’oyalaridan biri bu – «hayot» g’oyasi. Hayot - butun Koinotning asosi. Hayot bo’lmasa, hech narsa bo’lmas edi. Xo’sh, hayot nima? Fitrat uni Alloh tomonidan yaratilganligini ta’riflash bilan birga uni sezgi va harakatlarning namoyon bo’lishi tarzida baholaydi. Hayot oddiy, hayvoniy shakllardan to oliy, insoniy hayotgacha tadrijiy ravishda o’sib boradi. Mukammal «hayot g’oyasi» dinda mujassam. Fitrat nuqtai nazaricha, jamiyat evolyutsiyasi Xudo tomonidan rejalashtirilgan. Har bir muayyan jamiyat uchun Xudo payg’ambar va din yuboradi. SHu tariqa, to islomga qadar buyurilgan diniy ta’limotga binoan jamiyatlarning belgilab qo’yilgan holatida o’zgarish sodir bo’ladi. Lekin Fitrat misrlik islohotchilar rahnamosi Muhammad Abdo kabi fatalizm (taqdirga ishonish)ga qarshi: u hamma narsaning, jumladan, inson taqdirining ham oldindan belgilab qo’yilganligi haqidagi aqidani qabul qilmaydi. Uning fikricha, Xudo insonga kamolot kasb etishi, birinchi navbatda, aqliy qobiliyatini o’stirishi uchun katta imkoniyatlar beradi. Insonning vazifasi - oldindan belgilab qo’yilgan ko’rsatmalarni shunchaki bajarishdan emas, balki o’z yeri, o’z taqdirining sohibi bo’lishdan iborat. Muqaddas kitobni talqin qilar ekan, Fitrat yozadi: «Inson Qur’oni karimning hukmi bilan ham oliy maxluqotdir, u yeru osmonga amr beruvchidir. Agar tog’u osmon, temiru mumning insonning iqtidorli panjasining ostida farqi yo’q bo’lsa ... nega turmush tarzini o’z hokimlaridan o’rganar ekan?» Bu kabi falsafiy masalalarni u Qur’on oyatlari bilan dalillaydi, ularning mazmunini taqdirga bo’ysunishga da’vat tarzida emas, balki kishilarning o’z taqdirini o’zi yaratishiga undash atrofiga birlashtiradi; «Laysa-ili-sani illa ma ma’y» - «Insonlar har nima topmasinlar, o’z intilishlaridan topadilar, intilmas, harakat qilmas ekansiz, hech narsaga erisha olmaysiz»110.
A.Fitrat qarashlari islomning mohiyatini yangicha talqin qilish, dunyoning tuzilishini to’g’ri tushunish va insonning bu dunyodagi roliga baho berishning yorqin namoyon bo’lishi edi. Dinni talqin qilishda A.Fitrat diniy murosasizlikka qarshi chiqib, bag’ri kenglik va insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashadi. O’zining mashhur «Rahbari najot» («Najot yo’li») asarida u yozadi: «hech shak-shubha yo’qki, garchi kishilar turli dinlarga e’tiqod qilib, turli mamlakatlarda yashasalar-da, turli qabila va millatlarga mansub bo’lsalar-da, ularning barchasi yagona otaning farzandlari hisoblanadilar va yagona insoniyatga taalluqlidirlar. Boshqacha aytganda, ular - og’a-ini. SHunday ekan, ular bir-birlarini sevishlari va umumiy birodarlik ittifoqini tuzishlari kerak. Dunyoviy hayot muvaffaqiyati umumiy birodarliksiz mumkin emas»111.
O

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin