Абдулла Авлоний dob-axloq masalalari SHarq falsafasida hamisha asosiy o’rin tutib kelgan. Ular jadidchilik doirasida ishlab chiqilgan shaklda Abdulla Avloniy (1878-1934) ijodi, birinchi navbatda, uning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida112 o’z aksini topdi.
Avloniy uchun axloq hammadan avval amaliy-pedagogik yo’nalishni kasb etadi. U «Insonlarni yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur». Bu ilm «Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar» yordamida ifodalashga asoslanishi kerak113.
Avloniy yorqin kelajakni yaxshi xulqli insonni tarbiyalab yetishtirishdan ayri holda tasavvur qilolmasdi. SHuning uchun ham, insoniy faoliyatning turli ko’rinishlari va inson fe’l-atvorining belgilarini axloqiy mezonlar nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Jumladan, bilish va bilmaslik uning uchun shunchaki bilish faolligi va bilish nazariyasi tushunchasi hodisalaridan iborat emas. Ilm «bizga yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan, pokni nopokdan xatosiz farqlash imkonini beradi, ayni paytda, nodonlik - yomon xulqlar, xudbinlik va yovuzlikning ibtidosi»114.
A.Avloniy bu xulosalarga qadimgi yunon falsafasi (Suqrot, Arastu va Aflotun), shuningdek, Ibn Sino, Rumiy, Bedil asarlariga tayangan holda keladi. Bir qaraganda, bu narsalarga asosiy qoidasi itoat qilish bo’lgan musulmoncha maslak bilan yevropacha erkin qarash o’rtasida biror-bir mushtaraklik yo’qday tuyuladi. Lekin Avloniy bu manbalarning to’g’riligini Qur’on vositasida isbotlab bera oldi va shu asosda musulmonlar uchun ilg’or axloq qoidalarini ishlab chiqdi. U umuminsoniy insonparvarlik axloqi asosida shakllanishi, amaliy yo’nalishga ega bo’lishi va taraqqiyotga oqilona xizmat qilishi kerak. Avloniy «sabr», «sadoqat», «olihimmatlilik», «hilm», «intizom», «vijdon», «adolat», «anoniyat» (xudbinlik) «rahovat» (dangasalik) «atolat» (yalqovlik) kabi insonning axloqiy-ruhiy tavsifini beradi. SHu bilan birga, ushbu kategoriyalar tahlili asar muallifi tomonidan jamiyat talablariga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalash masalalari orqali amalga oshiriladi. CHunonchi, intizom to’g’risida gapirar ekan, A.Avloniy uni alohida bir kishining xususiyati emas, balki birmuncha keng-jamiyatdagi ishlarning ahvoli nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. U «har bir millatning taraqqiy va taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay, tartibi ila yuritmakg’a bog’lidur»115.
Avloniy shaxsning shakllanishida tarbiya yetakchi rolь o’ynashiga alohida urg’u beradi. Uning nuqtai nazariga ko’ra, inson iste’dodli va iqtidorli, ezgulik va yovuzlikni farqlashga layoqatli qilib yaratilgan, lekin bu xususiyatlar tarbiya jarayonida rivojlanadi va bunda axloq muhim rolь o’ynaydi.
SHunday qilib, ma’naviyat va axloq masalalari jadidlarning diqqat markazida turadi. Ular ushbu masalalarni ilgari surish bilan birga, o’zlari ham bu sohada dunyo tajribasi unsurlarini o’ziga singdirgan «yangi musulmon axloqi»ning namoyandalari edilar.
Sovet davrida - 20-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab jadidchilik mafkuraviy tanqid nishoniga aylandi. Buxorodagi jadidchilik harakatining rahbarlaridan biri, keyinchalik esa O’z SSR hukumatining birinchi raisi (1924-1937) bo’lgan Fayzulla Xo’jaev ushbu harakatning bevosita ishtirokchisi sifatida uning tarixini yoritib, jadidchilikka xolis baho bergan. O’zining «Buxoro inqilobining tarixiga materiallar» tadqiqoti uchun u 1927 yilda partiya s’ezdi minbaridan turib «jadidchilikni ideallashtirish»da ayblanadi. Xususan, uning quyidagi so’zlari Kompartiya rahbariyati uchun kechirilmas bo’ldi: «O’rta Osiyoda milliy-inqilobiy harakatni boshqarishga qodir kadrlarni yetishtirib bergani uchun biz aynan jadidlardan minnatdormiz»116. Jadidchilik go’yoki «omma ongini millatchilik g’oyalari bilan zaharlash va uni inqilobiy kurashdan chetga toritish» maqsadida tashkil etilgan reaktsion burjua-millatchilik yo’nalishi deb e’lon qilindi, jadidlarning o’zlari esa qatag’on qilindi117 va mahv etildi. Jadidchilik bolьsheviklar tomonidan shuning uchun yo’q qilindiki, ular ishlab chiqqan milliy-davlatchilik qurilishi va jamiyatni mustamlakachilikning boshi berk ko’chasidan olib chiqish kontseptsiyasi mustabid sovet tuzumi uchun jiddiy muqobil edi va unga halokat xavfini tug’dirardi. O’zining fojiali yakuniga qaramay, jadidlar tomonidan asos solingan milliy-taraqqiyparvarlik harakati milliy o’zini o’zi anglashning o’sishiga imkon yaratdi, milliy-ozodlik mafkurasining vujudga kelishi va rivojlanishida muhim rolь o’ynadi.
“JADIDLARNING MA’RIFATCHILIK HARAKATI’ fanidan