O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya


VI.BOB. YONG’OQNING FOYDALI XUSUSIYATLARI



Yüklə 103,86 Kb.
səhifə7/9
tarix07.01.2024
ölçüsü103,86 Kb.
#208401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mahkamova Mohlaroy. Yong\'oqnamolar qabilasi

VI.BOB. YONG’OQNING FOYDALI XUSUSIYATLARI.


Yong‘oqlar hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, foydali moddalarga boydir. Ularda vitaminlar, minerallar, shuningdek "zararli" xolesterin darajasini pasaytirishga imkon beruvchi monoto‘yintirilgan va polito‘yintirilgan yog‘lar mavjud. Ko‘plab klinik sinovlar davomida yong‘oqlarning taomlarga qo‘shilishi organizmga ijobiy ta'sir qilishi, moddalar almashinuvini normallashtirishi va immunitetni oshirishi isbotlangan. Bunga ularning ancha kaloriyali mahsulot ekanini qo‘shsak, yengil tamaddi qilish uchun mukammal yegulikka ega bo‘lamiz. Shunday bo‘lsa-da, ularni ertadan kechgacha yeyish maqsadga muvofiq emas. Yong‘oqning har bir turi faqatgina me'yorida iste'mol qilinganda, o‘ziga xos ozuqaviy va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘ladi. Don't Panic yong‘oqlarning foydali xususiyatlariga oid maqolasi bilan bo‘lishdi.
Bu yong‘oq B2, B12, A, D C, E, K vitaminlari va ko‘plab boshqa moddalarga boy. Bunday yong‘oqlarda ayniqsa alfa-linol kislotasi ko‘p bo‘ladi. Shu bois yurak ritmini normallashtirishda yong‘oqlarning shu turi iste'mol qilinadi. Sezilarli natijalarga erishish uchun mutaxassislar kuniga 8 tagacha yong‘oq iste'molini tavsiya qilishadi .
Yong‘oq kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi mahsulot hisoblanadi, shuning uchun uni iste'mol qilishda me'yorga rioya qilish lozim. "Dori" sifatida iste'mol qilinganda kuniga 30 gramm kifoya qiladi. Xandon pistalar B6, Ye vitaminlariga boy, shuningdek ularda yetarlicha mis, marganets, fosfor va muhim mikroelementlar mavjud. Xandon pista qon tarkibi va jigar faoliyatini yaxshilaydi hamda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini oldini oladi. Ularni har kuni iste'mol qilish o‘pka va boshqa organlar saratoni xavfini kamaytirishga yordam beradi (6-rasm).
6-rasm
O‘rmon yong‘og‘ida organizmga kerakli barcha aminokislotalar, shuningdek B, A, S, Ye, RR guruhlari vitaminlari mavjud. Funduqdagi temir moddasi miqdori uning go‘shtdagi miqdoridan ham ko‘p. Funduq organizmdan toksinlar va shlaklarni chiqarib tashlashga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi, undagi Taxol moddasi esa o‘simtalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Yong‘oqning mag‘zi bilan birga po‘stlog‘i hamda bargi ham inson organizmi uchun foydalidir (7-rasm).
7-rasm
Uning po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi modda, bo‘yoq va boshqa moddalar, bargida S, R va V1 vitaminlari, karotin, flavonoidlar, gidroyuglon, efir moyi, xom mevasi po‘stlog‘ida ko‘p miqdorda S darmondorisi, mag‘zida esa karotin va yog‘ bor. Bargidan siqib olingan shirasi temiratki va boshqa teri kasalliklariga qarshi davo sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, bargidan tayyorlangan damlama bolalardagi raxit va diabet kasalliklarini davolashda, gijja haydovchi vosita sifatida, angina(bodomcha bezlarining yallig‘lanishi) va gingivit(milk shilliq qavatining yallig‘lanishi) kasalligida, og‘iz va tomoqni chayish uchun qo‘llaniladi. Xom mevasi gijjaga qarshi iste’mol qilinadi. Qolaversa, undan tayyorlangan murabbo qalqonsimon bez xastaligi(bo‘qoq)ni davolashda foydali hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida ko‘p miqdorda yod moddasi mavjud. Yong‘oq mag‘zi qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishini qoldiradi. Tarkibida 50 foiz yog‘ bo‘lib, u qand kasalligiga qarshi ishlatiladigan samarali dori vositalaridan biridir. Mevasining mag‘zi ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga ham yordam beradi. Yoshlik quvvatini oshiradi, me’da faoliyatini yaxshilaydi. Agar u anjir bilan qo‘shib yeyilsa, asab va xotirani mustahkamlaydi.
Tarkibidagi mis moddasi ayollarning homiladorlik va ko‘zi yorigandan keyingi davrda tanasining terisi asl holida qolishiga yordam beradi. Uzoq turib qolib, ta’mi buzilgan yog‘ga yong‘oq mag‘zi solib dog‘lansa, uning taxirligi yo‘qoladi. Agar uning po‘chog‘ini tolqonday tuyib, suvli yaralar ustiga sepsangiz, jarohatning tezroq tuzalishiga yordam beradi. Tomirining po‘stidan 4-8 gr. olib, qaynatib, ovqatdan so‘ng ichsangiz, me’dadagi yomon xiltlar tashqariga chiqib, qorin og‘rig‘iga shifo bo‘ladi.
Ozarbayjondik ayollar xom yong‘oqdan murabbolar tayyorlashadi. Uni kuch- quvvat manbai deb hisoblashadi. Yong‘oq mag‘zida S darmondorisi mo‘l bo‘lgani uchun ikki yoshdan boshlab bolalarga maydalab berilsa, shamollashning oldini oladi.
Homilador ayollar ham sutkasiga 2ta mag‘izdan yeb tursa homilaning rivojlanishiga yaxshi ta’sir qiladi. Emizikli ayollar ham iste’mol qilsa ona suti yog‘li va mikroelementlarga boy bo‘ladi. Biroq, 2ta dan ortiq istemol qilish kerak emas. Chunki ba’zilarga allergiya berishi mumkin. Unday holatlarda tilga hamda lo‘njlarga toshmalar toshadi. Shuning uchun meyorida iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Yong'oq ko'plab xalqlarning oshxonalarida ishlatiladi. Yong'oqni ishlatish diapazoni juda keng - shirinliklar, salatlar, xamir ovqatlar, go'sht, baliq va birinchi kurslarga qo'shiladi. Va barchasi, chunki u Ko'plab vitaminlar manbai va inson tanasi uchun juda foydali. 
VII.BOB. YONG’OQNING KALORIYA VA KIMYOVIY TARKIBI

Yüklə 103,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin