O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya



Yüklə 103,86 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü103,86 Kb.
#208401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mahkamova Mohlaroy. Yong\'oqnamolar qabilasi

IV. IV.1. Grek yong‘og‘i.


Uning po'stidan, bargidan, tanasining po‘stlog‘idan jigarrang bo‘yoq moddasi olinadi. U ipak va ip gazlamalami bo‘yash uchun ishlatiladi. Bulardan tashqari, qobig‘ida 20% ga yaqin oshlovchi moddalar bor. Yong‘oq urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Ekishdan oldin urug‘ini stratifikatsiya qilish zarur. Ildizi yo‘g‘on o‘qildiz bo’lib, yerga chuqur kirib boradi. To‘nkasidan, parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Uni yashil qalamchadan ko‘paytirish mumkin, lekin qiyin ko'karadi. U tez o‘sadi va 400 yilgacha yashashi mumkin. Markaziy Osiyoda katta-katta yong‘oqzorlar hosil qiladi (2-rasm). Hozir ularning maydoni 75000 gektarga yaqin. Janubiy Qirg‘izistonda dunyoda eng yirik tabiiy yong'oqzorlar (30ming gektar) mavjud,

2-rasm
O‘zbekistonda tabiiy yong‘oq zorlar asosan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘larida (Bo'stonliq tumani) tarqalgan. Ular boy genofondga ega bo‘lib ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Eronda, Afg‘onistonda, Xitoyda, Koreyada va Yaponiyada ham o‘sadi. Togiik hududlarda dengiz sathidan 800 metrdan 2300 metrgacha ko‘tariladi. Markaziy Osiyoda, Kavkazda, Qrimda, Moldaviya va Ukrainada madaniy holda ko‘p ekiladi. Sovuqqa chidamsiz bo‘lganligidan MDH ning Yevropa qismidako‘p ekilmaydi. Hozir uning sovuqqa chidamli navlari chiqarilmoqda va tanlab olinmoqda. Yong‘oq yorug‘sevar o‘simlik, tuproq tanlaydi, unumdor va ohakli yerlarda yaxshi o‘sadi. Yog‘ochi o‘zakli, qattiq, og'ir.
U mebel sanoatida ko‘p ishlatiladi. Yong‘oq daraxti ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, o‘rmon melioratsiyasida va mevali daraxt sifatida bog‘larda juda ko‘p ekiladi. O‘rmon xo‘jaliklarida sanoat miqyosida o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan.
IV.2. Manjuriya yong‘og‘i
IV.2. Manjuriya yong‘og‘i (Juglans manshurica Maxim.) bo‘yi 25 m, diametri 90 sm li daraxt, po‘stlog‘i to‘q-kul rangda, bo‘yiga yorilgan, toq bargli, bo‘yi 1 m bo‘lib, barglarining cheti tishchali va tukli. Barglari yirik-mayda, yong‘oqqa nisbatan birmuncha kech barg yozadi. Urug‘chi gullari 3-10 tadan bo‘lib qalin joylashadi va shingilcha hosil qiladi. Mevasi oval shaklda, o‘tkir uchli, qobig‘i qalin, cho‘tir, yelimli, qo‘ng‘ir rangda. Mevasi yetilganda quriydi va har tomonga sochiladi, oval yoki yumaloq-oval shaklda, qora qo‘ng‘ir rangda o‘tkir uchli, bo‘yiga ketgan 6-8 chiziqli va cho‘tir, qobig‘i juda qattiq.Chaqish qiyin, o‘zagi qiyin ajraladi.
Mag‘zi tarkibida 50% gacha moy bor, sifat jihatdan grek yong‘og‘idan qolishmaydi. Bargi tarkibida har xil moddalar, jumladan, alkaloidlar, oshlovchi moddalar va efir moylari bor, ulardan tibbiyotda raxit kabi kasalliklami davolashda foydalaniladi. Yong'oq mevasi shakllarining xilma-xilligi.
IV.2. Manjuriya yong‘og‘i Uzoq Sharqda, Koreyada, Shimoliy Xitoyda o‘rmonzorlarda, daryo qirg‘oqlarida tarqalgan. U tog‘lik yerlarda dengiz sathidan 500-600 m gacha ko‘tariladi. Sovuqqa chidamli.Grek yong‘og‘iga nisbatan soyasevar, unumdor hamda nam tuproqli yerlar uning o‘sishi uchun qulay sharoit hisoblanadi, qurg‘oqchilikka chidamsiz. 0 ‘z vatanida yog‘och va meva olish uchun, MDH da esa xushmanzara daraxt sifatida ekiladi. Yog‘ochidan faner va mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. U sovuqqa chidamli bo‘lgani uchun duragaylash va seleksiya ishlarida katta ahamiyatga ega. IV.2. Manjuriya yong‘og‘i tog‘ qiyaliklarini yuvilib ketishdan saqlash maqsadida ekish uchun tavsiya qilinadi.

Yüklə 103,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin