O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya


III.BOB. MAGNOLIYASIMONLAR - MAGNOLIOPSIDA YOKI IKKI URUG‘PALLALILAR - DICOTYLEDONES SINFI (AJDODI)



Yüklə 103,86 Kb.
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü103,86 Kb.
#208401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mahkamova Mohlaroy. Yong\'oqnamolar qabilasi

III.BOB. MAGNOLIYASIMONLAR - MAGNOLIOPSIDA YOKI IKKI URUG‘PALLALILAR - DICOTYLEDONES SINFI (AJDODI)

Magnoliyasimonlar sinfi (ajdodi) taksonlarga boyligi bilan alohida o‘rinda turadi. U 8 ta sinf (ajdod)cha, 128 ta qabila, 429 ta oila, 10000 turkum va taxminan 190000 turni o‘z ichiga oladi.


Ikki urug‘pallalilar quyidagi sinfcha (ajdodcha) larga bo‘linadi:
1. Magnoliyakabilar - Magnoliidae.
2. Ayiqtovonkabilar - Ranuncididae.
3. Chinnigulkabilar - Caryophyllidae,
4. Temirdaraxtkabilar - Hamamelididae.
5. Dilleniyakabilar - Dilleniidae.
6. Ra’nokabilar - Rosidae.
7. Yalpizkabilar(Iabgullilar) - Lamiidae.
8. Qoqio‘tkabilar (murakkabgutlilar) - Astyeridae.

III.BOB.1. Magnoliyakabilar sinfcha (ajdodcha)si, Magnoliyanamolar - Magnoliales



Magnoliyakabilar sinfcha (ajdodcha)si, Magnoliyanamolar - Magnoliales qabilasi. Bu qabilaga 3 ta oila kiradi: degeneriyadoshlar, magnoliyadoshlar va ximantradoshlar. Magnoliyadoshlar - Magnolictceae oilasi. Oilaning 12 turkumga oid 240 ga yaqin turi mavjud. Ular hayot shakliga ko‘ra daraxt, butalardan iborat. Oilada doimo yashil hamda barglari to‘kiluvchi magnoliya turlari ham bor. Janubiy Amerikada o‘suvchi magnoliyalar doimo yashil, Janubiy Osiyoda esa bargini to‘kadi. Bu oilaning magnoliya-Magnoliya grandiflora va lola daraxti dendron tulipijyera turlari O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo, Kavkazda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Bu oilaga xos belgilami yirik gulli magnoliya misolida оrganamiz.

IV.BOB. YONG‘OQ (JUGLANS) TURKUMI


Bu turkumning vakillari katta daraxt bo’lib, tanasi yo‘g‘on, shox- shabbasi yoyiq. Yon novdalari qirrali. Barglari yirik, toq patsimon bo’lib, spiral shaklida joylashadi. Qoitiq kurtaklari 2-3 tadan qalin joylashadi. Barglari to‘kilgach, o‘mida yuraksimon iz qoladi. Bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik. Barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, shamol vositasida changlanadi. Kuzda vujudga kelgan kuchalaning guldorpoyasi gullash vaqtida nihoyatda uzayadi va kuchala pastga osilib qoladi. Urug‘chi guli siyrak shingilcha hosil qiladi va novdaning uchki qismida joylashadi. Urug‘chi va changchi gullari turli muddatda ochiladi (1-rasm).

1-rasm
Bu hodisa odatda, dixogamiya deb ataladi. Gulqo‘rg‘onning tugunchasi va yon barglari o‘zaro qo‘shilib o‘sishi natijasida tashqi yashil rangli et - po‘stloq hosil bo’ladi. Mevasi kuzda yetiladi, ayrim turlarida yetilganida po‘stlog‘i yorilib, yong‘og‘i po‘stlog‘idan ajraladi. Yong‘og‘i ikki pallali, yog‘ochlangan qobiqli, bir urugii bo’lib, tarkibida moy va oqsil moddalar ko‘p. Yong‘oq daraxtlarining yog‘ochi qattiq, chiroyli, mevasining mag‘zi juda mazali bo’ladi. Quyida ularning muhim turlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Grek yong‘og‘i (Juglans regia L.) bo‘yi 25-30 m ga, diametri 1-2 m ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi keng, sharsimon. Shox va novdalarining po‘stlog‘i silliq, oqish po‘st tashlab turadi. Barglari toq patsimon, bo‘yi 40 sm gacha yetadi, 7-9 ta bargchalari bor, uchidagisi eng yirik, tubidagisi ancha mayda bo’ladi. Barglari hidli efir moyi chiqarib turadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli.
Barg yozish bilan bir vaqtda (aprel oyida) gullaydi. Shamol vositasida chetdan changlanadi. Turga dixogamiya hodisasi xos bo’lib, yong‘oqzorlar barpo etishda turli navlar va shakllardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mevasi bitta yoki bir nechtadan to'da bo‘lib joylashadi. Ular sentabr oyida yetiladi, qo‘ng‘ir-yashil, oval shaklda ustki seret po‘sti mevasi yetilganda yoriladi. Undan yong‘oq osonlik bilan ajraladi, yong‘oqning qobig‘i qalin, ustki tomoni cho'tir, och-g‘isht rangda. Ayrim navlarining qobig‘i yupqa bo‘lib, ulami chaqish ancha oson, bunday navlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Mag‘zi to‘siqlar bilan qismlarga ajraladi. Uning tarkibida 60-70% moy bor, S vitaminga nihoyatda boy. Mag‘zi iste’mol qilinadi va biokimyoviy xususiyatlari yuqori.

Yüklə 103,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin