O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

4. Gipoteza. Nazariya 
 
Gipoteza
– o„rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini 
tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir. 
Gipotezani qurish, o„rganilayotgan hodisani tushuntiradigan taxminiy 
fikrlarni ilgari surishdan iborat bo„ladi. Gipotezalar uzoq izlanishlar, 
o„tkazilgan tajriba va eksperimentlar natijasida vujudga keladi. Ilgari 
surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Gipoteza tasdiqlanmaguncha 
o„zining bilishdagi ahamiyatini yo„qotmaydi. Rad etilsa, o„rniga boshqa 
gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha 
davom etadi. 
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli hil darajada umumlashgan bo„lishi 
mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juz‟iy gipotezalarni 
ajratish mumkin. 
Umumiy gipoteza
deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining 
qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol qilib 
Yerda hayotning paydo bo„lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress 
haqidagi farazlarni ko„rsatish mumkin.
Juz‟iy (xususiy) gipoteza 
ayrim faktlar, alohida predmet va 
hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli 
taxminiy fikrdan iborat. Konkret jinoyatning motivi haqidagi sud versiyasi, 
arxeologik qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid 
ekanligi haqidagi taxminlar juz‟iy gipotezaga misol bo„ladi. 
Mantiqda, ishchi gipotezalar ham farq qilinadi. 
Ishchi gipoteza 
– tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan, 
birinchi faktlar asosida qilingan taxmindir. U o„z oldiga o„rganilayotgan 
hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo„ymaydi; u faqat kuzatish va 
eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi. Ishchi 
gipoteza farazga yaqin turadi, biroq u farazdan o„zining konkretligi bilan farq 
qiladi. Har qanday ishchi gipoteza – gipotezaning boshlang„ich davridir. 
Har qanday gipoteza tekshirishni talab etadi. Natijada uning haqiqatlik 
ehtimolligi yo ortadi, yoki kamayadi, gipotezaning haqiqatligi isbotlanadi yoki 
gipoteza rad etiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin