74
Glossariy
Abstraksiyalash
(lot. abstractio – mavhumlik, uzoqlashuv) – tafakkurning
asosiy metodlaridan biri. Unda narsa va hodisalarning muhim belgi va
xususiyatlari fikran ajratilib, uning ikkinchi darajali va ahamiyati kam
xususiyatlaridan chetlashtiriladi.
Absurd
( lot. absurdus – tentak, be‟mani, behuda) – mantiqqa zid bo„lgan
be‟mani xulosaga kelish.
Aylantirish
– bevosita xulosa chiqarish bo„lib, bunda tasdiq hukm inkorga
yoki inkor hukm tasdiq hukm holiga keltiriladi.
Ayiruvchi (diz‟yunktiv) hukm
– bir necha hukmlardan yo, yoki, yohud
logik bog„lovchilari yordamida hosil bo„ladigan murakkab hukm shakli.
Bunda hukmlarning biri to„g„ri bo„lsa, boshqasi xato bo„ladi.
Ayniyat qonuni
– formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo„lib, bu
qonunga ko„ra muhokama jarayonida ma‟lum predmet to„g„risidagi fikr
hajm jihatidan barqaror muayyanlikni saqlashi shart. Muhokamada har bir
tushuncha aynan bir ma‟noda ishlatilmog„i lozim. Uning formulasi A –
Adir.
Aksioma
(grek. axioma – qabul qilingan holda) – isbot talab qilmaydigan
tushunchalar, bilimlar. Har qanday aksioma amaliyotdan, tajribadan kelib
chiqqan holda isbotlangan bo„ladi.
Analogiya
(yun. analogia – aynanlik, o„xshashlik) – predmet va
hodisalarda biror xususiyatning o„xshashligi.
Antinomiya
(yun. antinomia – qonundagi ziddiyat) – mantiqiy
isbotlanadigan ikki qonun
,
hukm yoki xulosa o„rtasidagi ziddiyat.
Dostları ilə paylaş: