3. Moylarning eyilishga va korrozion eyilishga qarshi xossalari.
Ishqalanuvchi sirtlarni eyilishdan saqlash har qanday moylash materiallarning asosiy vazifalardan biridir. Moylarning bu xossalari uning bir nechta sifat ko’rsatgichlari: moy pardasi, mustahkamligi, qovushqoqligi, qovushqoqlik indeksi, obraziv mexanik aralashmalarning yo’qligi bilan baholanadi. Eyilishni kamaytiruvchi prisadkalar sifatida: fosfor, oltingugurt, xlorli organik birikmalardan foydalaniladi. Ular 1500S haroratgacha ishqalanish sirtida èlektr kuchlari hisobiga mustahkam parda xosil qiladi. Bu parda qism sirtini eyilish, tarnalish, qirilish va emirilishdan saqlaydi. Korrozion eyilish tezligiga kislotalar va suv katta ta’sir ko’rsatadi.
5.6. Sun’iy moylar. Sun’iy motor moylari amalda keng qo’llanib kelinmoqda. Sun’iy motor
moylarining ekspluatatsion xossalari neft moylariga qaraganda yaxshirokdirSun’iy motor moylari ishlab chiqarish va ularni ekspluatatsiya qilish uchun kun sayin ortib bormoqda (4 jadval). Sun’iy motor moylarini ishlab chiqarish hajmi o’sib bormoqda. Su’niy moylar jami ishlatiladigan moylarning 1980 yilda 1% ni 1985 yil 8% ni va 1997 yil 40% ni tashkil kilgan.
4-jadval
Yoglash
materiallari
Ishlab chikarish
xajmi, %da, 1987
y.ga nisbatan
Yoglash
materiallari
Ishlab chikarish
xajmi 1987y.ga
nisbatan % da
1987y.
1997y.
1992y.
1997y.
Poli- -
olefinlar
367
771
Poliometr
175
284
Diefirlar
322
730
Dialkilbenzollar
304
685
1987 yilda ishlab chiqarish 100% qabul qilingan.
Olish usuli. Xozirgi kunda sun’iy moylarni ishlab chiqarishga qiziqish ortib bormoqda.
Sun’iy moylarni olishning diefir (mukammal efirlarni ikki asosli karbon kislota), polialkenglikolli, polisiloksenli, ftoruglerodli va xlorftoruglerodli usullari qo’llanilmoqda.
Mukammal efirlardan, ikki asosli kislota bilan bir atomli spirtni, bir asosli kislotani ko’p atomli spirtga qo’shilishidan moy olish keng tarqalgan bo’lib, diefirlar deyiladi. Har xil glikollar va boshqa xildagi spirtlar etileni oksidi bo’yicha, propilen oksidi yoki ularni aralashmasi yordamida polialkenglikollar olinadi. Polialkenglikollar o’zining strukturasiga asosan uzun zanjirli oddiy poliefirlar bo’ladi. Poliglikol molekulasida bir yoki bir necha bo’sh gidrosil guruxi bo’lishi mumkin. Ularni alkilli efir guruxi bilan almashtirishdan poliglikolli efirlarni olish mumkin. Poliglikol molekulasida har xil radikallar olinadigan maxsulot xossasiga ta’sir ko’rsatadi. Maxsus yog’lash moylari va suyuqliklari sifatida polimer kremniyorganik birikmalari(polisilokan, silikatlar) keng tarqalgan. Ular asosida - kremniy va kislorod atomi ketma ketligida zanjirni hosil qiladi. Kremniy atomining yon tomonidagi zanjirlar uglevodorodli va boshqa organik radikallarni turli xilda biriktiradi. Amaliyotda yog’lashmoylarini metilliradikalli polimerlar hosil qiladi. Metilpolisiloksanlar va etilradikali etilpolisiloksanlar shular jumlasidandir.
Uglevodorodni hamma vodorodi ftorli atomlarga almashtirish yo’li bilan
ftoruglerodli moylar, vodorod atomini qisman xlor bilan, qisman esa ftor bilan almashtirish orqali xlorftoruglerodli moylari olinadi.
Sun’iy moylarni mohiyati va qo’llanishi.
Neftdan olingan moylarga nisbatan sun’iy maxsulotlardan olingan motor
moylari yaxshi xosslarga egadir. 5.jadvaldagi ma’lumotlarda ularning kamchiligi va afzalliklari ko’rsatilgan.
Sun’iy moylarni asosiy afzalligi, ularning neftdan olingan moylarning eng
oliy sortlarga qaraganda qovushqoqligining yuqoriligidir. Ba’zi sun’iy moylarning
eng yaxshi qovushqoqligi harorat ta’siri, manfiy harorat zonasidadir va shuning uchun past haroratlarda dvigatelni o’t oldirish xususiyati yaxshi. Shimoliy xududlarda sun’iy moylarni ekspluatauion xususiyatlari sovuqda ha neft moylariga nisbatan yaxshiroq bo’lgani uchun keng qo’llaniladi va shu bilan birgalikda ishni haroratlarida xam neft moylariga nisbatan qovushqoqlik ko’rsatgichi 3-5 marta yuqoriroqdir. (sun’iy moylarni 250-3000C dagi
qovushqoqligiga nisbatan neft moylarining 1000C dagi qovushqoqligi), ya’ni yuqori haroratgacha gidrodinamik moylarni va termik turg’unlikni bog’lanuvchanligi kamligi katta bo’lib, siqish darajasi yuqori bo’lgan, yuqori issiqlikdagi dvigatellarda sun’iy moylarni ishchi harorati yuqori bo’lgan avtomobillarda ekspluatatsiya qilish neft moylariga nisbatan ancha yuqori turadi.
Neft moylariga nisbatan sun’iy moylarni xizmat davri bir necha marta ko’p bo’lib, dvigatelni holatini yaxshi saqlaydi. Sun’iy moylarni xizmat davri uzoq va kam quyilishidan moy xarajatlaridan 3040%ga kamaytiradi. Dvigatel ishlaganda ishqalanishni optimal kamaytirish xisobiga yonilg’i sarfi ancha kamayadi (45%ga). Sun’iy moylar xususiyatini kompozitsion prisadkani qo’shishi bilan oshirish mumkin. Ularni tabiiy neft moylari bilan ham aralashtirish mumkin (sun’iy moyga 3040% neft moyini aralashtirish mumkin). Bu xolatda mo xossasi buzilmasdan balki uning sifati oshadi, lekin tan narxi bir oz oshadi.
Diefir asosida olinadigan moylar yuqori qovushqoqlik indeksiga va past
haroratda qotish, bug’lanish kamligi va yong’in xavfi kamligi bilan neft
moylaridan farq qiladi. Diefir moylari rezina prokladkalari, shlang va boshqa
buyumlarni yumshashiga va shishishiga olib keladi.
Poliglikolli moylar neft moylariga qaraganda eyilishga qarshi xossasi va qovushqoqlik harorat tasiri yaxshi, yuqori haroratda (3000C) xossasini yo’qotmaydi, metallarni korroziyalamaydi. Poliglikolli moylar efir moylariga nisbatan tabiiy va sun’iy rezinalarda kamroq shish va yumshashni xosil qiladi. Bu moylarning tannarxi baland bo’lganligi sababli amalda kamroq qo’llaniladi.
Polioksanlar muzlash xarorati pastligi bilan ajralib turadi, qovushqolik xarorat ta’sirida egri chiziqni hosil qiladi va issiqbardoshdir. Shu bilan birgalkda kimyoviy barqarordir. Bu moylarda po’lat, cho’yan, mis, latun, bronza, qo’rg’oshin va boshqa metallar 1500Sda ham korroziyaga uchramaydi. Polisiloksan va ular asosidagi moylarning kamchiligini emirilishga qarshi xususiyat kamligidir. Prisadkalar qo’shish orqali bu kamchilikni yanada kamaytirish mumkin. Moylash materiallari orasida polisiloksanlar kelajagi porlokdir. Hozirgi davrda ular
gidrotizmlarda, gidroamortizatorlarda, plastik moylarda va o’lchash uskunalarida keng qo’llanilmoqda.
Ftoruglerodli moylar xossasi bo’yicha yaxshi xususiyatga ega: yuqori termik vaishqorlarga inertligi va minimal korroziyaga uchraydi. Bu xususiyatlari ftoruglerodli moylarni ishqalinish aktiv kimyoviy moddalarda atmosfera qatlamida
yuqori haroratda ishlatish mumkin. Lekin xlorftoruglerodli moylar yuqori
haroratda qaynash bilan yaxshi taCHiflanadi. Bu moylarning qovushqoqlik-xarorat taCHifi va moylash xususiyati yaxshidir, lekin termik turg’unligi yomondir