O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla



Yüklə 447,45 Kb.
səhifə2/7
tarix12.05.2023
ölçüsü447,45 Kb.
#112023
1   2   3   4   5   6   7
Moylar. tabiatda olinishi2234

Qovushqoqlik xossalari. 

Qovushqoqlik moylarning eng muxim tariflaridan biridir. Turli uzellarda 
suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina 
yurgizib yuborish qovushqoqlikka bog’liq bo’ladi. Moy qatlamining 
mustaxkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarg o’zaro harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi binbelgalanadi. Qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa, moy pardasining ishonchlig shuncha yuqori bo’ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko’proq sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsni ortadi, quvvat esa kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda dvigatelnioson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega bo’lishi kerak. 
Ishqalanish rejmlari moy pardasining mustaxkamligiga qarab 3 xil bo’ladi: 
- Suyuqlikli ishqalanish rejmi -bunda detallar eyilmaydi. 
-Chegaraviy rejim -bunda ishqalanuvchi qismlar orasida moy pardasi bulmaydi. Moy faqat qismlarning yuzasidagi mikronotekisliklar orasini to’ldirgan xolatda mavjud buladi. Bu ishkalanuvchi rejim beqaror bo’lib, detallarni  emirilishiga olib keladi.quruq ishqalanish rejimi bunda kismlar orasida umuman moy bulmaydi, detallar emiriladi. 


2.Moylarning harorat ta’siriga chidamlik xossalari. 

Normal sharoitlarida mineral moylar uzoq muddat oksidlanmaydi. Lekin 50-60 


0S haroratda esa oksidlanish jarayoni juda keskin kechadi. Dvigatelning yuqori 
haroratli zonalarida oksidlanish va termik parchalanish natijasida moylar tarkiaavval uchramagan kislotalar, smolalar, asfalt moddalari hosil buladi. Bunda moyning tashqi ko’rinishi xiralashibgina qolmasdan, uning fizikkimyoviy xoslari xam o’zgaradi, natijada porshen va xalqalarida lak qurum hosil bo’lishiga olib keladi. Oksidlanish jarayoni boshlanishida moyda èrigan holatdagi birikmalar (smolalar, kislotalar) hosil bo’ladi. Keyinchalik ular èrimaydigan moddalarga aylanadi. Moyning oksidlanish maxsullari va iflosliklarini èrimagan holatda tutib, dvigatel detallarining kerakli tozaligini ta’minlash qobiliyati uning yuvish xosslari deb ataladi. Moy ko’p fraktsiyali suyuqlik bo’lganligi sababli muayyan haroratda suv kabi muzlamaydi, balki sekinasta quyuqlashadi. Moyning harakatlanish qobiliyati yukolishiga olib keladigan harorat qotish temperaturasi deyiladi. Qotish harorati moyning sifatini bildiruvchi muxim ko’rsatkich hisoblanib moy yurgizib yuborish xosslarini baholaydi. Zararli omillarning moyga ko’rsatadigan ta’siriga qarab 2 xil rejim farq qiladi: -yuqori haroratli (130 - 150 0C) -past haroratli (30 -40 0C). 
Moy baland haroratli ish rejimida ishlatilganda ŝilindlar guruxiga mansub 
qismlarni qurum bosadi, koks (moydagi qattiq zarralar) va lak pardasi qoplaydi, lak pardasi yupqa va juda pishiq bo’lib, porshen xalqari zonasi va porshenning yo’naltiruvchi yuzasini qoplab, porshen xalqalarining kuyibqorayishiga sabab bo’ladi.
Moy past haroratli rejimda xam yomon ishlaydi, chunki sovuq dvigatelda 
yonilg’ining yonish jarayoni yomonlashadi, chala yonish maxsullari(yonilg’ining og’ir fraktsiyalari) miqdori ko’payadi. Suv bug’i, kristalli birikmalar paydo bo’ladi. Natijada moyning ifloslanishi tezlashadi, moyga aralashgan suv moydagi iflosliklarni quyulib, quyqa xolida cho’kishiga imkon yaratadi. 


Yüklə 447,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin