Yog`lar klassifikatsiyasi Yog`lar, ularning yog` kislotalari tarkibi, ahamiyati haqidagi asosiy tushunchalar yuqorida atsilglitserinlar haqidagi asosiy tushunchalarga boshlangan ma`ruzada tavsiya etilgan edi.
Yog`larning bir necha xil klassifikatsiyalari ma`lumdir. Bu klassifikatsiyalardan birida asos qilib yog` olinadigan xom-ashyoning tabiati va kelib chiqishi olingan. Bu klassifikatsiyaga asosan yog`lar hayvon va o`simlik yog`-moylariga bo`linadi.
O`z navbatida hayvon yog`lari quyidagilarga bo`linadi: quruqlikda yashovchi hayvonlarning zahira (jamg`arma) yog`lari, sut yog`lari, qush va parrandalar yog`lari, suv hayvonlari va baliqlar yog`lari va h.k.
O`simlik yog`lari esa urug`lardan va mevalar mag`zidan olinadigan yog`-moylarga bo`linadi. Bundan tashqari yog`-moylar ular tarkibidagi asosiy yog` kislotalari (20%dan ortiq bo`lganlari) nomiga qarab ham klassifikatsiyalanadi. Masalan, zaytun moyini oleinli moylar (80-90% olein kislotasi), kungaboqar moyini linol-oleinli moylar (50-60% linol va 35-40% olein kislotasi), mol yog`ini oleino-pal’mito-stearinli yog`lar jumlasiga kiritish mumkin. Ammo bu klassifikatsiya ham mukammal emas, chunki bunda yog`larning fizik-kimyoviy xossalarining atsilglitserinlar strukturasi bilan bog`liqligi hisobga olinmaydi.
Yog`lar xona harorati sharoitida qattiq va suyuq yog`larga bo`linadi. Suyuq yog`larga moylar deb aytiladi. O`z navbatida qattiq o`simlik yog`lari ikki guruhga bo`linadi: tarkibida uchuvchan yog` kislotalari bilan birga anchagina miristin va laurin kislotasi bo`lgan va bu kislotalari deyarli bo`lmagan yog`lar.
O`simlik moylari qurib, yuzasida parda hosil qila olish qobiliyatiga qarab besh guruhga bo`linadi:
Tarkibida uchta ketma-ket qo`shbog`i bo`lgan (trisopryajennie dvoynie svyazi) moylar (tungovoe maslo).
Tarkibida juda ko`p miqdorda linolen kislotasi bo`lgan moylar (lyon).
Tarkibida juda ko`p miqdorda linol kislotasi bo`lgan moylar (ko`knor urug`i moyi). Bunday moylar tarkibida linolen kislotasi umuman yo`q, yoki juda kam miqdorda.
Zaytun moyiga o`xshagan tarkibida olein kislotasi (boshqa to`yinmagan kislotalar bilan birgalikda) ko`p bo`lgan moylar.
Tarkibida ko`p miqdorda ritsinol kislotasi bo`lgan kastor moyi.