Mustaqil ishlarni bajarish uchun baholash tartibi.
O’quv amaliyot bo’yicha nazorat asosan kompyuterda amaliy ishlarni o’tkazish, qolgan boblar bo’yicha esa kompyuterda maxsus tayyorlangan vazifalarni bajarish orqali amalga oshirish tavsiya etiladi.
Joriy va oraliq nazorat amaliy mashg’ulotlari vaqtida o’tkazilsa, yakuniy nazorat alohida ajratilgan soatlarda o’tkaziladi.
86% dan 100% gacha ball qo`yiladi: 5-baho Savollarga javob to`g’ri batafsil yoritilgan, adabiyotlar tahlili va masalaga bog’liqligi hamda uni izohlash darajasi aniq yozilgan va bayon qilingan bo`lsa.
Javoblarni yozganda fikrni ifodalash mantiqiy izchil bo`lib, xulosalar aniq isbotlangan bo`lsa.
Javoblar aniq, tushunarli, ilmiy-amaliy yo’nalishda yoritilib, 1-2 da qo`pol bo`lmagan xato bo`lib, mazmuni ifodalashga xalaqit bermasa yoki xatolar talaba tomonidan to`g’ri topilib yozilgan bo`lsa.
71% dan 85% gacha ball quyidagi ishga qo`yiladi. 4-baho Savollarga javob to`liq o`quv dastur asosida, fikrlar erkin, mustaqil bayon qilinsa, mulohazalarni izchil bayon qilish va isbotlab berish ko`rinib turgan bo`lsa.
Javoblar izchil tahlil va sintez asosida yozilgan bo`lib qo`pol xatolarga yo`l qo`yilgan bo`lsa-yu va ular o`qituvchi bilan birgalikda to`g’rilangan bo`lsa.
56% dan 71% gacha ball quyidagi ishga qo`yiladi. 3-baho Savollarga javob to`liq emas lekin o`quv dastur asosida yozilgan bo`lsa.
Savolga javob yozishga ba’zi bir noaniqlarga yo`l qo`yilgan bo`lib, fikrni bayon qilish buzilgan bo`lsa-yu o`qituvchi yordamida to`g’rilab yozilgan bo`lsa.
Topshiriqda ko`rsatilgan savollardan biri chala yoki umuman yechimini topmay, mazmun to`la ochilmay qolgan bo`lsa.
55% dan past ball quyidagi ishga qo`yiladi. Savollardagi javoblar to`liq sistemaga keltirilmagan bo`lib mantiqiy bog’liqlik joyi bo`lmasa.
Topshiriqdagi savollarga talaba to`g’ri javob yoza olmaganda va berilgan savollarning ma’nosini to`g’ri tushunmagan bo`lsa.
Nazariy olgan bilimlarini amaliy faoliyatida qo`llab bilmaganda.