O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti “neft va gaz kimyosi yo’nalishi ”



Yüklə 133,53 Kb.
səhifə3/9
tarix21.10.2023
ölçüsü133,53 Kb.
#158942
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi

Moyning quyuq-suyuqligi (penetratsiyasi) moyga standart metall konussimon botish chuqurligiga (millimetrning undan bir qismiga qadar) qarab aniqlanadi. Bu qiymat penetratsiya soni bilan belgilanadi. Moyning klassifikatsion belgisi moylarga oid standartlar, texnik shartlar, shuningdek o’larda foydalanishni reglamentlovchi texnik xujjatlarda ko’rsatilishi kerak. Plastik surkov moylarining xarorati o’zgarishi bilan ularning xususiyati ham o’zgaradi, shu sababli odatda ularning tomchilab tushish harorati aniqlanadi. Surkov moylari vazifasiga (ishlatish sharoitga) qarab uchga bo’linadi:
1. Antifriktsion surkov moylari - ishqalanishni kamaytirish va edirilishni olidini olish uchun ishlatiladi.
2. Konservatsion surkov moylari - metallarni korroziyadan saqlash uchun(himoya moylari) mashina va mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi.
3. Germetiklash uchun ishlatiladigan - zichlov surkov moylari.

Antifriktsion moylarga:
1. Kaltsiy surkov moylari (Ka) - quyultirgich - sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki 2 ta xarfi bilan belgilanadi.
Bularga asosan, solidollar kiradi. Bu moylar arzon va ishlatish taCHiflari qoniqarli bo’lgani uchun mamlakatimizda keng tarqalgan. Solidoldan ishqalanuvchi qismlarni moylashda ham, himoya moyi sifatida ham foydalanish mumkin. Solidollar sun’iy va yog’li bo’lishi mumkin. Yog’li solidollar uzoq saqlaganda qotib qolmasligi uchun ko’proq ishlatiladi. Sun’iy va yog’li solidollarni tashqi ko’rinishiga qarab ajratish qiyin. Ular och jigar rangdan to’q jigar ranggacha bo’ladi. Ularning èkspluatatsion xossalari taxminan bir xil bo’lib, bir-birini o’rnida ishlatilishi mumkin.
Solidollar 2 xil ko’rinishda ishlab chiqariladi: oddiy solidol va press solidollar. Presssolidollar yumshoqroq bo’lib, past haroratda moydonga(moy solinadigan idishga) to’ldirish oson bo’ladi. Solidollar 80 0S gacha qiziganda, parchalanib ketadi va tiklanmaydi. Bunday solidollar g’ildirak gupchagida, suv nasosining podshipnigida, o’t oldirish taqsimlagichda ishlatishi mumkin èmas. Solidollarning suvga chidamliligi va kolloid barqarorligi yaxshi.
2. Natriy va natriy - kaltsiyli moylarga: Uniol-1, 1-13, YANZ-2, Uniol-3, Uniol-3M moylari kiradi. Bu moylar solidolllarga nisbatan termik quyuqlashadigan xossaga èga.
Bu moylar suyuqlanish harorati ancha yuqori bo’lganligi uchun keng tarqalgan bo’ladi. Biroq ularning qo’llanish sohasi cheklangan, chunki ular suv ta’siriga chidamsiz - suvda èriydi, suv bilan yuvilib ketadi.
3. Litiyli surkov moylarini ishlatilish sifati yaxshi bo’lganligi tufayli dunyo miqyosida yildan yilga keng qo’llanilmoqda. Ular orasida Litol-24 birinchi o’rinda turadi. U yagona universal moy bo’lib, avtomobillarning asosiy ishqalanuvchi qismlariga surtiladigan barcha turdagi moylarning o’rnini bosishi mumkin.
Fiol-3- yumshoq yashil moy bo’lib, Litol-24 bilan deyarli bir xil, uni Litol-24 ga aralashtirib surtish mumkin.
Ŝiatim-201 - yumshoq, sariq yoki och jigar rangdan moy bo’lib, past haroratda ishlatiladigan yagona, asosiy moy hisoblanadi. Solishtirma yuklanish kam tushadigan va siljish zo’riqishi kichik bo’lgan(masalan spidometrning èlastik valida) barcha tipdagi uzellarda ishlatiladi.
158-nomerli moy- yumshoq, silliq, ko’k rangda, u avtotraktor vositalarning uzoq muddat ishlaydigan podshipniklariga surtiladi.
4. Bariyli moylar - haroratda tavsiflari bo’yicha ham, suvga chidamliligi bo’yicha ham litiyli moylardan keyin turadi.
SHRB-4-bariyli surkov moyi bo’lib, u sariq, yopishqoq moy, korroziyadan yaxshi himoya qiladi. Suv tushganda ham o’zining ishlash xususiyatini yuqori darajada saqlaydi. Shu xossalari tufali bu surkov moyi avtomobilning zoldirli sharnirlari uchun èng yaxshi moy hisoblanadi. Uni 100000 km yurguncha almashtirmasa ham bo’ladi.
SHRUS-4 - sariq yoki jigar rang moy bo’lib, avtomobillarning bir xil burchak tezliklarida ishlaydigan sharnirlarga surtish uchun ishlatiladi.
Alyuminiy kompleks moylar - chet èllarda ham ishlatiladigan surkov moylarini progressiv turi hisoblanadi. Ularning narxi solidolnikidan qimmat èmas, shu bilan birga bu tipdagi moylar yuqori mexanik, termik va fizik-ximik turg’unlikka èga, suvga chidamliligi yuqori.
Uglevodli surkov moylari - juda yuqori suvga chidamlilikka va konser-vatsion xossaga èga, shuning uchun konservatsion moy sifatida ishlatiladi. Avtomobillarning metall sirtlarini atmosfera ta’sirida korroziyalashdan saqlash uchun himoyalovchi plastik surkov moylari va suyuq konservatsion moy-lar ishlatiladi. Konservatsion material sifatida PVK moyi keng ishlati-ladi. Unga korroziyaga qarshi prisadkalar qo’shilib himoyalash xossalari yaxshilanadi. Bu moylar oldindan yuvib, quritilgan sirtlarga botirish yoki to’zitish yo’li bilan surtiladi. Texnika ochiq holda saqlanganda surtilgan moylarning himoyalash muddati 12 oy. Bu moylardan dvigatellar, transmis-siya agregatlarini uzoq muddatga mo’ljallab, konservatsiyalashdagina èmas, balki ishlayotganda, turli muddatlarga to’xtatib qo’yishda korroziya ta’sirida emirilishining olidini olishda xam foydalanish maqsadga muvofikdir.

Yüklə 133,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin