Odob – har bir insonning o‘ziga bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqatida ham yurish-turishida o‘zini to‘ta bilishidir.
Xulq – odobning ichki tuyik, ko‘nikmaga aylangan ko‘rinishi.
Axloq – jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan ma’qo‘llangan xulq-odob normalari majmui.
Madaniyat – «jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmui»
Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruxiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida komil insonlar haqida shunday deydi: «Yaxshi fazilatlarni o‘ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur». Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, saxiy, mehnatkash, mehr-shafqatli, bilmdon, o‘zgalar uchun qayg‘uradigan mard insonlarni ko‘zda tutsa, «Yomon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshilik fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi», deydi.
A.Munavvarovning «Pedagogika» o‘quv qo‘llanmasida axloq quydagicha tarif berilgan: Axloq, xulq va atvor suzlari arbacha bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida ishlatiladi.
Ayrim adabiyotlarda axloq kishlarning xar bir jamiyatga xos xulq normalari majmui, deyilsa boshqalarida esa, axloq ijtimoyi ong shakllaridan biri, sotsial tartib-qoida bulib, bu tartib-qoida ijtimoiy xayotning istisonsiz xamma soxalarida kishilarning xatti-xarakatini tartibga solish funksiyasini bajaradi deyiladi.
Abdulla Avloniy axloq bergan tar’fi: Insonlarni yaxshilikg‘a chavqruguvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur. YAxshi xulqlarning yaxshiligini,yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur.
«YAxshi xulq» deb agar nafs tarbiyat topib,yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikqa tavsif bulishga aytiladi.
«Yomon xulq»agar tarbiyasiz usib, yomon ishlaydurgan bulur ketsa, yomon tavsif buliish aytiladi.