Nyutonning uchinchi qonuni M a z m u n i: Nyutonning uchinchi qonuni. Galileyning nisbiylik prinsipi.
Nyutonning uchinchi qonuni. Biz biror jismning yoki jismlarning, boshqa jismga ta'siri haqida gapirdik. Tabiiyki, ta'sir ko'rsatilayotgan jism o'zini qanday tutadi, degan savol tug'iladi. Tajribalarning ko'rsatishicha, u ham ko'rsatilayotgan ta'sirga teng va qarama-qarshi yo'nalgan kuch bilan ta'sir ko'rsatadi. Moddiy nuqtalar (jismlar) orasidagi bunday o'zaro ta'sir Nyutonning uchinchi qonuni yordamida aniqlanadi: moddiy nuqtalarning bir-biriga har qanday ta'siri o'zaro ta'sir xarakteriga egadir. Moddiy nuqtalar ta'sir kuchlarining kattaliklari doimo bir-biriga teng, yo'nalishlari qarama-qarshi va ularni tutashtirgan to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan:Masalan, ikkita qayiq haydovchilari arqonning ikki tomonidan ushlab turgan bo'lishsin. Ular orasidagi masofaning teng o'rtasini belgilaymiz. Endi qayiq haydovchilardan biri arqonni torta boshlasin. Ikkinchisi esa arqonning uchini ushlab turaversin. Qayiqlar oradagi masofaning teng o'rtasida uchrashganini ko'ramiz. Shu tajribani rolikli konkichilar bilan ham o'tkazib ko'rish mumkin. Bu tajribalar Nyutonning uchinchi qonuni o'rinliligini ko'rsatadi. Shuningdek, markazga intilma va markazdan qochma kuchlarning tengligi ham Nyutonning uchinchi qonunining isbotidir.
TARQATMA SAVOLLAR 1. Kuch ta'sir etayotgan jism o'zini qanday tutadi?
2. Nyutonning uchinchi qonuni nimaga asoslangan?
3. O'zaro ta'sir kuchlarining yo'nalishi qanday bo'ladi?
4. Nyutonning uchinchi qonuniga uchta misol keltiring.
5. Nyuton qonunlari barcha inersial sanoq sistemalarida bir xil ko'rinishga egami?
YAKKA SAVOLLAR 1. Kuch ta'sir etayotgan jism o'zini qanday tutadi?
2. Nyutonning uchinchi qonuni nimaga asoslangan?
3. O'zaro ta'sir kuchlarining yo'nalishi qanday bo'ladi?
4. Nyutonning uchinchi qonuniga uchta misol keltiring.
5. Nyuton qonunlari barcha inersial sanoq sistemalarida bir xil ko'rinishga egami?