O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati



Yüklə 472 Kb.
səhifə21/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati. Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Ishqalanish bo'lmaganda odamlar va transport vositalari harakatlana olmas edi. Bu harakatlarni ta'minlovchi omil odam oyoqlari va yer sirti, mashina ballonlari va yer sirti orasidagi ishqalanish kuchlarining mavjudligidir. Ba'zi hollarda ishqalanish zarar keltirishi ham mumkin va bu hollarda uni kamaytirish zarur. Shu maqsadda ishqalanuvchi sirtlarga turli yog'lar surtiladi yoki podshipniklarga o'xshash texnik moslamalardan foydalaniladi.
Gorizontga qiya otilgan jismning harakati.
Mazmuni: Harakatlarning mustaqillik prinsipi, gorizontal otilgan jismning harakati, gorizontga qiya otilgan jismning harakati. Harakatlarning mustaqillik prinsipi. Kuchlar ta'sirining mustaqillik prinsiplarini ko'rgan edik. Endi shu kuchlar ta'sirida ro'y beradigan harakatlar haqida mulohaza yuritaylik. Misol tariqasida yuqorida tik otilgan jismning harakatini qaraymiz. Jism yuqoriga harakatlantiruvchi kuch va og'irlik kuchi ta'sirida harakat qiladi (Havoning qarshilik kuchi va shamolni hisobga olmaymiz). Bu holda jism ikkita, yuqoriga yo'nalgan tekis sekinlanuvchan va pastga yo'nalgan tekis tezlanuvchan harakatlar yig'indisidan iborat bo'lgan murakkab harakatda ishtirok etadi. Murakkab harakatning trayektoriyasi tashkil etuvchi harakatlarning trayektoriyalari yig'indisi sifatida topiladi. Bunga harakatlarni qo'shish deyiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, jism­ning tekis tezlanuvchan harakat jarayoni uning tekis sekinlanuvchan harakatda ishtirok etayotganligiga mutlaqo bog'liq emas. Bunga harakatlarning mustaqillik prinsipi deyiladi. Jism bir paytda bir nechta harakatlarda ishtirok etsa, harakatlarning har biri mustaqil ravishda ro'y beradi.
Stol ustidan gorizontal otilgan jismning harakati. Gorizontal otilgan jismning harakati murakkab harakat bo'lib, jism gorizontal yo'nalishda (OX o'qi bo'ylab) tekis harakat qilsa, vertikal yo'nalishda (o'qi bo'ylab) tekis tezlanuvchan harakat qiladi . Jism tezligining koordinata o'qlaridagi proyeksiyala t vaqtdan keyin jismning koordinatalari
x=υ0t= υxt
y=gt²\2
Bu tenglamalardan t ni yo'qotsak,
y = kx2
hosil bo'ladi. Buyerda k=g\2²0 belgilash kiritdik. Parabolaning tenglamasi bo’lganligidan gorizontal otilgan jismning harakat hayektoriyasi paraboladan iborat bo'ladi degan xulosaga qilamiz. Asosan istalgan t vaqt uchun jismning tushish balandligi h,uchish uzoqligi s va tezligi v ni topish mumkin.
Agar tezlik vektori gorizont bilan α burchak hosil qilsa u quyida­gicha aniqlanadi:
jismning tushish vaqti t ni topib uning gorizontal yo'nalishda uchish masofasi s ni aniqlaymiz
tgα=υy \υx=gt\v0
cosα=vx\v=v0\√υ²0 – (gt)²
Gorizontga qiya otilgan jismning harakati. Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakatini o'iganish uchun koordinatalar sistemasini qilib tanlab olamiz. Havoning qarshiligi va shamolni hisobga olmaymiz.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin