ax = a cos ф. Agar a vektor va QZo'qining yo'nalishlari mos kelsa, axning
ishorasi a vektorniki bilan bir xil, aks holda teskari ishora bilan olinadi.
a va b vektorlar yig'indisining (ayirmasining) proyeksiyasi ham shu tarzda aniqlanadi:
cx =axbx. Ko'chish va yo'l M a z m и n i: moddiy nuqtaning harakat trayektoriyasi. Ko'chish va yo'l.
Moddiy nuqtaning harakatini xarakterlovchi kattaliklar. Moddiy nuqta harakatini xarakterlovchi kattaliklardan biri uning harakat trayektoriyasidir. Moddiy nuqta harakatining trayektoriyasi deb, shu nuqtaning harakat davomida fazoda qoldirgan iziga aytiladi. Trayektoriyaning shakliga qarab, harakat to'g'ri chiziqli yoki egri chiziqli bo'lishi mumkin.
Trayektoriya va yo'l. Moddiy nuqta harakatini Л nuqtadan boshlab kuzata boshladik, deylik. Ma'lum vaqtdan so'ng и В nuqtaga kelsin. Harakat trayektoriyasi AB qismining uzunligiga teng bo'lgan As skalar kattalikka yo'lning uzunligi deyiladi. Boshqacha aytganda, moddiy nuqta harakat trayektoriyasining uzunligiga yo'l deyiladi.
Ko'chish va yo'l. Moddiy nuqtaning dastlabki holatidan uning keyingi holatiga o'tkazilgan Ar = f - f0vektorga ko'chish deyiladi.
To'g'ri chiziqli harakatda ko'chish vektori tegishli trayektoriya qismining uzunligi bilan mos keladi va ko'chish vektorining moduli Ar o'tilgan yo'l As ga teng bo'ladi.
MAVZU: To’g’ri chiziqli tеkis vа nоtеkis hаrаkаtlаr REJA: 1.To’g’ri chiziqli tеkis vа nоtеkis hаrаkаtlаr.
2.O’zgаrmаs, o’rtаchа vа оniy tеzliklаr.
3.Ko’chish vа tеzliklаrning nisbiyligi.
YAKKA SAVOLLAR 1. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi? Mexanik harakatga uchta misol keltiring.
2. Mexanika nimani o'rganadi?
3. Klassik mexanika nimani o'rganadi?
4. Relativistik mexanika nimani o'rganadi?
5. Kvant mexanikasi nimani o'rganadi?
6. Kinematika nimani o'rganadi?
7. Dina-mika nimani o'rganadi?
8. Statika nimani o'rganadi?
9. Solishtirish bilan o'rganishning ahamiyati nimada?
10. Moddiy nuqta deb nimaga aytiladi?
11. Harakatning qanday turlarini bilasiz?
12. Ilgarilanma harakat deb qanday harakatga aytiladi? Misollar keltiring.
13. Aylanma harakat deb qanday harakatga aytiladi? Misollar keltiring.
14. Nima uchun sanoq sistemasi tushunchasi kiritiladi?
15. Sanoq sistemasida moddiy nuqtaning o'rni qanday aniqlanadi?
16. Moddiy nuqta harakatining kinematik tenglamasi.
17. Skalar kattaliklar deb qanday kattaliklarga aytiladi? Misollar keltiring.
18. Vektor kattaliklar deb qanday kattaliklarga aytiladi? Misollar keltiring.