O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/7
tarix11.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#111739
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari Markaz

1.1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi siyosiy ahvol
Balxash kо’li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bо’lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlangan. XIV asr boshlaridanoq bu yerda mavjud bо’lgan Jо’chi ulusi ikki mustaqil davlatga Kо’k О’rda va Oq О’rdaga bо’linib ketdi. XIV asr 60 yillaridan boshlab Oltin О’rda taxti uchun Ichan, Shaybon va Tо’qay Temur avlodlari о’rtasida kurash kuchayib ketdi. 1360-1380 yillar davomida Oltin О’rda taxtiga 25 xon kelib ketdi.
XIV asrning 70 yillarida Oltin О’rda ichki kurashlar yanada keskinlashib ketdi. Bu kurashda Shayboniylardan Tulunbekaxonim, Ilbon, Alpxо’ja, Arabshoh, Kaonbeklar katta о’rin tutdilar. Oltin О’rda taxti uchun kurashlar kuchayib, tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Oq О’rda davlati kuchayib bordi. Bu holatni biz Urusxon va Tо’xtamishlar xukumronlik qilgan davrda kuzatishimiz mumkin. 1380 yilda Oq О’rdaning birlashtirilishi Tо’xtamishning Amir Temur tomonidan qо’llab quvvatlanganligi ta’sirida amalgaoshirilgan edi. Oltin О’rda Amir Temur tomonidan Tо’xtamishga qarshi kurashlar davomida ancha zayiflashtirilgan bо’lsada, Shodibek hukmronlik qilgan davrda 1401-1407 yana kuchaya boshladi. Shu yillarda Oltin О’rda Bulg’or, Xojitarxon, Qrim ustidan yana о’z hukmronligini о’rnatdi. 1406 yil Edigey tomonidan Xorazm bosib olindi. Bunga Temuriylar о’rtasida kuchayib ketgan taxt uchun kurashlar sabab bо’lgan edi.
XV asrning 1chi choragida Oltin О’rdada о’zaro siyosiy kurashlar yana kuchayib ketdi. 1400-1417 yillar davomida Oltin О’rda taxtiga о’tirgan 8 ta xon birin -ketin taxtdan tushirildi. (Shodibek, Pо’latxon, Temirxon, Jaloliddin Sulton va boshqalar).
XIV asrning 80 yillaridan boshlab «о’zbek ulusi» yoki «о’zbeklar viloyati» deb

nom olgan. Oq О’rdada ham taxt uchun kurashlar kuchayib ketdi. Bir necha 10 yillar



davomida taxt uchun Tо’xtamish, Quyirchoq о’g’lon, Barakxon, Ulugmuhammad kabilar kurash olib bordilar. 1424-1425 yillardan boshlab esa bu kurashlarda Muhammadxon, Kichik Muhammad, Tо’xtamishning о’gillari Davlatberdi va Kepakxonlar asosiy о’rin tutadilar. Dashti Qipchoq uzoq vaqt davom etgan ana shu kurashlarda boshqa qabilalar bilan bir qatorda Shaybon avlodlari ham faol ishtirok etdilar va ma’lum bir mavqega ega bо’lib bordilar.
О’zaro kurashlardan kо’p qiynalgan halq uchun tinchlik nihoyatda zarur edi. 1427 yilda Alasha bahodir yordamida xon etib kо’tarilgan Abulxayrxon katta harbiy kuch tо’pladi va 1428 yilda о’z ulusiga qaytib, qiyot, mang’it, qо’ng’irot, dо’rmon, qushchi, о’tarchi, nayman, tuboyi, toymas, jot, korlik, ushun, kurlovut, echki, tangut, va boshqa qabilalar tomonidan ham xon etib kо’tarildi. Bunda Abulxayrxonni 200 dan ortiq urug’ va qabila boshliqlari qо’llab quvvatladilar. 1428 -29 yillarda kо’chmanchi о’zbeklar Janubi-G’arbiy Sibirdagi Tura shahrini qо’lga kiritdilar va bu shahar 1446 yilgacha Abulxayrxon davlatining poytaxti bо’lib qoldi. Abulxayrxonning bu muvaffaqiyati tezda butun Dashti Qipchokqa yoyildi va kо’pgina о’glonlar va sultonlar Abulxayrxon hizmatiga о’ta boshladilar. 1428-1431 yillar davomida olib borilgan kurashlar natijasida Abulxayrxon ilgarigi Shaybon ulusi yerlarini qaytadan birlashtirishga erishdi va о’z davlatini Oltin О’rda (Kо’k О’rda) dan mustaqil deb e’lon qildi. 1431-1432 yillarda Abulxayrxon Xorazm ustiga yurish qildi va uning shimoliy qismini temuriylardan tortib oldi. Biroq, bu yerda vabo tarqalgach, Xorazmni tashlab ketdi. Biroq, manbalarda Abulxayrxonning Xorazmni tashlab ketishiga sabab Shohrux tomonidan qо’shin yuborilishi va Xojitarxon xoni Orol dengizi atrofida qochib yurgan Kichik Muhammadning о’g’li Maxmud va uning ukasi Axmadxon Abulxayrxonga qarshi kurash boshlab havf deb kо’rsatiladi. (Abdurazzoq Samarqandiy).
XV asr 40 -yillarda Abulxayrxon Sig’noq, Oqqо’rg’on, Arquq, Sо’zoq va О’zgand shaharlarini egalladi. 1448 yilda Samarqandni taladi.
Biroq Abulxayrxon qanchalik harakat qilmasin, davlatda" yagona, mutloq

hukmdor bо’lib qololmadi. Bunga ayniqsa, Urusxon nabiralari qattiq qarsh ilik



kо’rsatdilar. Abulxayrxon vafotidan sо’ng (1469) esa, davlatda yana о’zaro kurashlar avj oldi va kо’chmanchi о’zbeklar davlati о’zaro kurashlar natijasida yemirildi. Bu davlatning qayta birlashtirilishi Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451 - 1510) nomi bilan bog’liq.1
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning о’g’li Budoq sultonning о’g’li edi, Otasidan yetim qolgach, Muhammad Shayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida bо’ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda Shayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90 -iillarida Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qо’shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam о’rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va Yassini qо’lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qо’lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan sо’ng Samarqandga yurish qildi, uni qо’lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va Shahrisabz bilan birga talon -taroj etdi. 1499 yilda Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan sо’ng uni qо’lga kiritdi. 1500 yilda Muhammad Shayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, tо’rt oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning Shayboniyxonga qarshi qо’zg’oloni sabab bо’ldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda - Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib kо’tardilar. Bobur Qarshi va Guzorni ham qо’lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning ahvoli juda ham nochor edi. Og’ir ahvolda qolgan Bobur qо’shinlari Zarafshon bо’yida Shayboniyxondan mag’lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan sо’ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bо’ldi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda о’z hukmronligini qо’lga kiritgach, Shayboniyxyun Xuroson yurishiga tayyorgarlik kо’ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida
Shayboniyxonga qarshi birlashgan bо’lsalarda, bu hech qanday natijaga olib

kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm Shayboniyxonga tobe bо’ldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan sо’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan Shayboniyxon temuriylardan Hirotni tortib oldi. Hirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bо’lgan yerlar Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon hukmronligi ostiga о’tdi. Shayboniyxon hukmronligi о’rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar о’rtasidagi о’zaro taxt talashishlarga chek qо’yildi va tinchlik о’rnatildi. Shayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan о’zining ilm -fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillgarini hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bо’ldi.
Shayboniyxon qо’lga kiritilgan hududlarni boshqarish uchun о’z yaqinlariga bо’lib berdi. Bu hol markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi va 1510 yil Shayboniyxon Eron shohi Ismoil Safaviy bilan kurashga kirish oldidan ayniqsa, yaqqol namoyon bо’ldi. О’z vaqtida yetib kelmagan qо’shinlar oz sonli Shayboniyxon qо’shinlarining (17000) Ismoil Safaviy qо’shinlari- (70000) , tomonidan Tahrirobod mavzesida mag’lub etilishi va Shayboniyxonning о’ldirilishiga olib keldi,
1510 yil Shayboniyxon vafot etgach, shayboniylar о’rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlati ichkarisiga hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni tо’xtatish uchun sulhga rozi bо’ldilar va Amudaryoning sul qirg’og’idagi barcha yerlarni Eronga berishga majbur bо’ldilar.
1511 yilda Bobur ham о’z qо’shinlari bilan Amudaryodan kechib о’tib, Xisor, Qulob, Qunduz, Badaxshonni egalladi. Sо’ng Ismoil Safaviy yordamida Samarqandga yurish boshladi. Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlar Turkistonga chekindilar. Samarqandni qо’lga kiritgan Bobur Ismoil nomiga xutba о’qitganidan norozi bо’lgan halq Boburga qarshi isyon kо’tardi va bundan foydalangan shayboniylar Boburni bu yerdan haydab chiqardilar. Ismoilning Boburga yordamga

yuborgan Amir Axmad (Najmi soniy) boshchiligidagi qо’shinlari esa qirib tashlandi

(1512 y kuzida) va 1512 yil may oyida Samarqand yana shayboniylar qо’liga о’tdi. Bobur esa Ismoil bilan ittifoqini tuzdi va 1525 yilda Hindistonga yurish qilib,


u yerda Buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi.


Shayboniyxon vafotidan sо’ng shayboniylar davlati taxtini Kо’chkinchixon (1510 -1530) va о’g’liAbu Sa’id boshqardilar(1530-1533).
Maxmud Sultonning о’g’li Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533-1539) hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga kо’chirildi. Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan xaydab chiqarishga katta e’tibor berdi. 1512 yil kuzida u yajmi soniy ustidan g’alaba qozongach, katta о’ljaga ega bо’lgan edi va bu mablag’ni u Buxoro shayxulislomi Mir, Arabga topshirdi va bu mablag’lrga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi. Shayboniylar orasida eng katta ta’sirga ega bо’lgan hukmdorlardan yana biri Abdullaxon II (1534-1598) edi. 1556 yil jо’ybor shayxlaridan Muhammad Islom yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlat hududlarini kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning say- harakatlari natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi. Biroq, Abdullaxon vafotidan sо’ng hukmronlik qilgan A6dulmо’min va Pirmuhammadxonlar(1599 -1601) davlatni boshqara olmadilar va ularning о’limidan sо’ng shayboniylar sulolasi barham topdi.
Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruv tutgan о’rni va mavqeiga asosan bir nechta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari -shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlardan iborat fozillar, raiyat ya’ni oddiy fuqaro va kisman qullar.
Shayboniy xonlari tomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning zaiflashuviga oqibatlarga olib , keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan suyurg’ol tizimi eng yaxshi hizmat kо’rsatgan va Shayboniyxonga yaqin bо’lgan
amaldorlar yoki xon xonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronl ik

qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bо’lishga intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat Shayboniyxon Ismoil Safaviydan mag’lubiyatga uchrashida ham ta’sir kо’rsatgan edi. Shuningdek, Shayboniyxon yer egaligi va yer-suv sohasida 1507 yilda pul islohoti va keyinchalik ta’lim sohasida ham islohotlar о’tkazgan edi.


Dehqonchilik asosan lalmikor va obikor - sug’oriladigan yerlarda bо’lgan. Bug’doyning о’n ikki navi yetishtirilgan va boshqa an’anaviy ekinlar ekilgan. Dehqonchilik uchun qulay bо’lgan va hosildor yerlar yirik amaldorlar va harbiylar hamda din peshvolariga qarashli bо’lgan. Shayboniylar davlati ijtimoiy - iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jо’ybor qishlog’idan chiqqan Jо’ybor xojalar^i katta ta’sirga ega edi. Ular siyosiy hokimiyat boshqaruv ishlariga ta’sir kо’rsatish bilan birga katta yer mulklariga ham etalik qilardilar. Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlardan biri qarovsiz yotgan yerlarni о’zlashtirishga ham qaratilgan edi. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning 60 dan oshiq turi mavjud bо’lgan. Ichki savdoga katta e’tibor berilgan. Tashqi savdoda Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. 1588 yilda Buxoroda bо’lgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson ham о’z ma’lumotlarida Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bо’lishi, bu yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta -katga savdo karvonlari kelishini yozib qoldirgan edi.
Shayboniylar davlatida 40 dan ortiq soliq va tо’lovlar mavjud bо’lgan. Asosiy soliq turlari xiroj va zakot bо’lgan
XV asr boshlarida Shaybon ulusida ham feodal kurash keskinlashganligi va natijada bu ulus bir necha mustaqil uluslarga ajralib ketganligi qayd etilgan. Bu kurash va tartibsizliklar dastlab 1425-1426 yillarda mang’it ulusida yuz berdi.
Joytar xalqida qo’zg’olon ko’targan Mang’it amirlari burkut, nukus qabilasidan bo’lgan ko’chmanchilarni ham o’z tomoniga ag’darib olib, 17 ming kishilik qo’shin to’plab olishga muvaffaq bo’ldi. Jumaduqxon qo’zg’olonchilarga
qarshi qo’shin tortdi. Lekin jangda mag’lubiyatga uchradi. Jumaduqxon

qo’shinining ko’pgina boshliqlari shu jumladan, Jumaduqxonning o’zi ham asir olindilar va Mang’it boshliqlarining buyruqlari bilan qatl qilindilar. Bu jangda Jumaduqxon qo’shinining javonrig’iga qo’mondonlik qilgan yosh Abdulxayrxon ham asir olindi va Sariq Usmon tomonidan qamab qo’yildi.
Ma’sud ibn Usmon Qo’histoniyning yozishicha: “Sariq Usmon Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo’lganligini bilgach, o’z himoyasiga olgan va unga xayrihohlik bildirgan.
Oradan ko’p vaqt o’tmay uni safar anjomlari bilan taxlab, ta’minlab o’z ulusiga ketishiga ruxsat bergan.
Sariq Usmon Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo’lganligi uchun qo’yib yubormadi. Aksincha, bundan o’z manfaatini ko’zladi. O’rta Osiyolik ko’chmanchi xalqlar, ayniksa, o’sha zamondagi hozirgi Qozog’iston hududida ko’chib yurgan xalqlarning ongida “oq suyaklar” ga, ya’ni Chingizxon naslidan bo’lganlarga sig’inish kuchli edi. Bu nasldan bo’lgan o’sha vaqtda hokimiyat uchun kurashib yurgan xonlar, sultonlar ko’p bo’lib, yirik feodal Sariq Usmondek odamlar bular ichidan istagan kishisini tanlab olib qo’llab - quvvatlashi mumkin edi. Lekin, ko’chmanchi feodallar o’z manfaatiga xizmat qiluvchi xonlarni qo’llab-quvvatladilar. Sariq Usmon ham Abdulxayrxonni qo’llaganda shu maqsadni ko’zda tutdi. Shubxasiz, bu yerda Abdulxayrxon xokimiyatni qo’lga olgach Sariq Usmonga zo’r imtiyozlar beraman deb, so’z bergan. Shundan keyingina Sariq Usmon xonning zo’r iltifotlariga sazovor bo’ldi. Uning eng yaqin mulozimlari qatoridan o’rin oldi. Abdulxayrxon o’sha yili qo’llab-quvvatlagan Alasha Bahodir ham xonning zo’r iltifotlariga sazovor bo’ldi. Yuqori davlat mansablariga ko’tarildi.
Abdulxayrxon asirlikdan qutilib, o’z ulusiga qaytishida Shanvay minglab degan jilg’ada qishlaydi va kelasi yilning bahorida o’sha Alasha Bahodirning aymog’i orasiga kelib tushadi. A’sud ibn Usmon Qo’xistoniy bu aymoq katta aymoqlaridan biri bo’lib, bu yerda Alasha Bahodir va uning aymog’idagi feodallar Abulxayrxonga tobelik bildirdilar, - deb yozadi. Abulxayrxon Alasha
Baxodirning yordami bilan kattagina harbiy kuch to’plab oldi va oradan ko’p vaqt

o’tmay o’z ulusiga qaytib bordi. Bu yerda Qiyot, Mang’it, Do’rmon, Qushchi, O’tarchi, Joymon, Tuboiy, Toymon, Jot, Xitoy, Qarluq, Usun, Qurlovut, Echki, Tang’ut, Tomonlin, Qo’ng’irot va boshqa ko’chmanchi qabilalarning boshliqlari hamda ruhoniylar, sultonlar, o’g’lonlar uni xon qilib ko’tardi. Bundan Abulxayrxonni Dashti Qipchoqdagi Turk mug’ul ko’chmanchi qabilalarining ko’pchiligi quvvatlaganligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Mahmud ibn Valining ko’rsatishicha, Abulxayrxonni xon qilib ko’tarishda ikki yuzdan ortiq sardor ya’ni qabila va urug’larning boshliqlari qatnashgan. Shubhasiz, qabilalar va uluslar o’rtasida tez-tez bo’lib turgan o’zaro urushlar shuningdek, ko’chmanchi ommaning feodal zulmga qarshi g’alayon ko’tarishi xavfi ko’chmanchi feodallarning xon atrofiga uyushishiga va mehnatkash ommani itoatda tuta oladigan markaziy davlat apparatini tuza oladigan darajada majbur etgan. Abulxayrxon davlati fikrimizni tasdiqlaydi. 1428-1429 yilda ko’chmanchi o’zbeklar Abulxayrxon boshchiligida Janubiy-G’arbiy Sibirdagi To’ra shahrini egalladilar. Shahar hukmdorlari Adabbek bilan Kepaklik shaharini hech qanday qarshilik ko’rsatmasdan Abulhayrxonga topshirdilar. Bu yerda Abulxayrxon nomiga xutba o’yilib pullar zarb qilina boshladi. To’ra shahri esa ko’chmanchi o’zbeklar davlatining poytaxti deb e’lon qilindi. 1446-yilga qadar shunday bo’lib qoldi. Abulxayrxonning bu dastlabki muvaffakiyatlari tez fursatda Dashti Qipchoq bo’ylab tarqaldi. Ko’pgina o’g’lonlar va sultonlar Abulxayrxon huzuriga To’raga kelib xizmatiga kirdilar. Bular orasida arab shoh avlodidan bo’lgan Baxtiyor Sulton ham bor edi. U to umrining oxirigacha Abulxayrxonning eng yaqin safdoshlaridan biri bo’lib uning qo’shiniga qo’mondonlik qildi.
1429 - yili Abulxayrxon yuqorida nomi zikr etilgan Maxmudxujaxonga qarshi qo’shin tortdi. Va uni Tobal daryosi bo’yida tor-mor keltirdi. Maxmudxo’jaxonning o’zi asir olinib Abulxayrxonning amiri bilan qatl etiladi. Uning o’rtasi bo’lsa tamoman talon-taroj qilinadi. Abulxayrxon Maxmudxo’jaxonning ulusini o’z ulusiga qo’shib oladi, so’ng To’raga qaytadi.
Shunday qilib juda bir qiska vaqt ichida Abulxayxon ilgari mayda qismlarga

bo’linib ketgan Shaybon ulusining katta bir qismini birlashtirishga va unda hukmronligini o’rnatishga muvaffaq bo’ldi.
1431-1446 yillarnring o’rtalarida Abulxon katta bosqinchilik urushlari olib bormadi. Bunga quyidagilar sabab buldi. Birinchidan: Iboqxon, Burkasulton, Oq o’rda xoni Baroqxonning o’g’illari Jonibek va Gerayixon singari ko’pgina sultonlar Abulxayrxonga tobe bo’lishdan bosh tortdilar va Abulxayrxon xokimiyat tepasiga kelgan birinchi kunlaridan boshlab unga qarshi kurash olib bordilar. Bular ichida eng kuchlisi Mustafoxon bo’lib uni mang’itlarning bir qismi qo’llab-quvvatlab turar edi. Shuning uchun ham Abulxayrxon o’sha yillar ichida ichki feodal kurash bilan band bo’ldi. Ikkinchidan, Abulxayrxon o’sha yillarda o’zbek ulusi chegaralarida ko’chib yurgan yana bir Shayboniy-Sayid Ahmad ayniksa, Axmadxonning kuchayib borayotganligidan cho’chir edi. Shu tufayli u mudofaa urushlariga xozirlanib turishga majbur bo’ldi.
XV asrning 40-yillarida Oltin O’rdada ko’chmanchi o’zbeklarga qo’shni bo’lgan Mug’ilistonda va Temuriylar davlatida feodal kurash nihoyatda kuchayib ketdi. Bu hol Abulxayrxon va ko’chmanchi o’zbeklarga Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan viloyatlarga bosib olish uchun yo’l ochib berdi.
Bundan tashqari 1446 yili Abulxayrxon o’zining eng kuchli raqiblaridan biri Mustafoxon ustidan g’alaba qozondi. Bu ham Abulxayrxonga xarbiy yurishlarini boshlab yuborish imkoniyatini berdi. Abulxayrxon bu qulay fursatdan foydalanib, 1446-yili Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arquq O’zgand va So’zoq shaharlarini o’ziga buysundirdi. Ko’chmanchi o’zbeklar Sirdaryo bo’yidagi yerlarni ishg’ol qilib, Temuriylar davlatining yon qo’shnisi bo’lib qoldilar va Movarounnahrning qishloq hamda shaharlarini tez-tez talon-taroj qilib turdilar. Bundan tashqari ular Temuriylarni toju-taxt uchun olib borgan o’zaro kurashlarida ham ishtirok eta boshladilar. Hokimiyat uchun kurashgan Temuriylardan goh unisini, goh bunisini qo’llab-quvvatladilar.
XV asrning 30-50 yillarida Abulxayrxon o’zbek ko’chmanchi feodallari va ayniqsa, Chingizi Sultonlarning separastik harakatlariga qarshi kurash olib
borishga majbur bo’ldi. U ayrim feodallarning xon hokimiyatiga qarshi

chiqqanlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. Abulg’ozixonning yozishicha, xon xokimiyatiga qarshi chiqqanlarning birontasi ham Abulxayrxonning qaxr-g’azabilan qochib qutulolmagan. Lekin, baribir Abulxarxon ayrim sultonlarining qarshiligini sindira olmagan. Baroqxonning o’g’illari Gerayixon bilan Jonibek Sulton Xoji Muhammadxonning o’g’li Iboqxon, Yodgor Sultonning o’g’li Burka Sulton ishlar jumlasidandir.


Keyingi yillarda yuz bergan veqealarga qaraganda XV asrning 70-yillarida Iboqxon Edigey avlodidan bo’lgan Mang’it amirlaridan Muso Mirzo va Yomg’irchi bilan birikkan. O’sha yillarida Mang’itlar Iboqxonning tobeligiga o’tgan bo’lsalar kerak. Keyinchalik uni Qozon xoni deb ataganlar va Muxammad degan kishi tomonidan o’ldirilgan deb aytiladi. Iboqxonning qachon va qaysi yo’l bilan Qozonni olganligi haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Ma’lumki, 1481-yil yanvar oyining boshlarida Iboqxon yuqorida nomlari zikr qilingan Mang’it amirlari bilan birga Janubiy Ruso yerlarini talab qaytib kelayotgan Oltin O’rda xoni Axmadxonni Donesning Don daryosi bilan qo’shilgan joyida poylab turgan va uni shu yerda o’ldirgan. Shuning uchun ham Iboqxon Qozonni 70-yillar oxirida yoki 80-yillar boshida qo’lga kiritgan bo’lishi kerak, deb aytishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, Iboqxon juda katta hudud ustidan hukmronlik qilgan yirik Shayboniyxonlardan biri bo’lgan.
Burko Sulton bo’lsa, XV asrning 30-yillarida Dashti Qipchoqda bo’lgan voqealarga qaraganda Sirdaryoning Quyi oqimidagi yerlarda hukmronlik qilgan. Ma’sud ibn Usmon Qo’qistoniyning yozishicha Burka Sulton Abulxayrxonga tobe bo’lgan. Aslida esa u Abulxayrxon bilan dushmanlik maqomida bo’lgan sultonlardan biri edi. Masalan: u Abulxayrxon olib borgan urushlarning birontasida ham ishtirok etmagan. Abulxayrxon atrofida bo’lgan amirlarning to’liq ro’yxati keltirilgan “Tarixi Abulxayrxon” kitobida Burko Sulton tilga olinmagan. Faqat kitobning bir yerida ya’ni Ulug’bekning nabirasi Muhammad Juqiyning 1460-1461-yillarda Samarqand taxti uchun Sulton Abu Saidga qarshi kurashmoq uchun Abulxayrxonga yordam so’rab, murojaat qilganligi xon uning ixtiyoriga
Burka Sulton va Peshkada o’g’lon boshchiligida qo’shin berganligi aytilgan.

Fikrimizcha, Burka Sulton Muhammad Juqiyning iltimosiga ko’ra, o’zi ixtiyori yordamga kelgan bo’lishi kerak.


Separatist feodallarning Abulxayrxon xukumatiga qarshi yana bir ko’chmanchi o’zbek xonlaridan Mustafoxon edi. Mustafoxon 1428-yilda Abulxayrxon bilan birikkan edi. Lekin To’ra shahri olinganidan keyin u yana xondan ajralib ketdi.
Ko’chmanchi o’zbeklar davlatida boshlangan feodal va toju-taxt uchun kurash bu - davlatni oxir oqibatida inqirozga uchratgan asosiy saboqlardan biri bo’ldi. Abulxayrxon davlatini inqirozga olib kelgan asosiy sabablardan yana biri -Ko’chmanchi o’zbeklar bilan Qalmoqlar o’rtasida 1457-yili Sig’noq yaqinida bo’lgan qirg’in-barot urush bo’ldi.
Qalmoqlar 1457-yilning bahorida o’z Temur Tayshi boshchiligida Sirdaryo bo’ylarida paydo bo’ldilar. Shu yili Sig’noqda ko’p ham olisda bo’lmagan Ko’k koshona yonidagi Nurto’qay degan joyda ko’chmanchi o’zbeklar mag’lubiyatga uchradilar. Qonli urushda ko’chmanchi o’zbeklarning Baxtiyor Sulton, Sulton Ahmad singari mard lashkarboshilari halok bo’ldilar. Abulxayrxon qolgang’qutgan askarlari bilan chekinishga va Sig’noqning mustahkam devorlari orqasiga bekinishga majbur bo’ldilar. Qalmoqlar bo’lsa Yassi, Toshkent, Shoxruxiyani talon-taroj qilib Chu vodiysiga qaytib ketganlar. Muallifi ma’lum bo’lmagan “Tavorixi guzida; nusratnoma” degan asarida O’z Temur Tayshi Abulxayrxonning nabirasi Muxammad Shayboniyxonning inisi uch yoshli Maxmud Sultonni o’zi bilan birga omonat tariqasida olib ketganligi va shaxzoda Qalmoqlar orasida yetti yil yurib qaytganligi haqida hikoya qilinadi.
Abulxayrxon vafot etganidan keyin ko’p o’tmay ko’chmanchi o’zbeklar davlati siyosiy inqirozga yuz tutdi. Abulxayrxondan keyin uning o’g’li Shayx Xaydarxon xon qilib ko’tarildi. Bu paytda Abulxayrxonning barcha dushmanlari birlashib Shayx Xaydarxonga qarshi kurash boshlaydilar. XVI asrning mashhur shoir va tarixchilaridan Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shayx Xaydarxonning hukmronligi uzoqqa bormagan, u taxtga o’tirgan birinchi kunlardanoq, ko’pgina
qabila va urug’larning boshliqlari unga bo’ysunmay qo’ygan. “Tovarix guzida, nusratnoma”da ham xuddi shunday deyilgan. Binoiy Shayx Xaydarxonning feodallarning separatestik harakatlariga qarshi kurashishini batafsil talqin qiladi. Uning so’zlariga qaraganda, Iboqxon, Burka Sulton, Jonibekxon, Mang’it atirlaridan Yomg’irchi va Muso Mirzo qo’shilib Shayx Xaydarxonga qarshi urush ochgan. Lekin dastlab uni yenga olmagan. Keyin ular Oltin O’rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib oxir oqibatda Shayx Xaydarxon ustidan g’alaba qozonganlar. Shayx Xaydarxonning urushda xalok bo’lishidan keyin Iboqxon va uning ittifoqchilari qarindosh urug’lari va tarafdorlarini qirg’in qilganlar. Bundan faqat Muhammad Shayboniyxon uning inisi – Muhammad Sulton, Abulxayrxonning o’g’li Suyunchixojaxon, Ko’chkinchixon va yuqorida nomi zikr etilgan Baxtiyor Sultonning o’g’illari Mahdiy Sulton va boshqa bir necha qarindosh urug’lari beklar hamda mulozimlar qochib qutilganlar.
1.2 Shayboniylar davlatida ilm-fan va ta’lim
Movoraunnahrdagi iqtisodiy va madaniy hayot haqida gap ketganda, avvalo, aholidan turli soliqlar olinar edi, asosiy yer solig’i - xiroj hisoblanib, ho’kizdan– foydalangani uchun – zakot to’lanardi. Amaldorlarning maoshlari uchun – zobitona degan soliq yig’ilardi, qo’shinlarni saqlash uchun butun aholidan harbiy soliq undirardi, bog’lar va tokzorlardan olinadigan soliq tanobnoma deb atalgan.
Ishlab chiqarishga kelsak, Shayboniylar zamonida ham tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, duradgorlik, qog’oz, qurilish ashyolari kabi bir qator, sohalar faoliyat ko’rsatib ichki va tashqi bozorda sotiladigan turli xildagi mahsulotlar tayyorlangan. Bu mahsulotlar (ipak, jun, ip gazlamalari, gilam, quruq mevalar, qorako’l va boshqalar) bilan savdogarlar Eron, Xindiston, Arab o’lkalari, Xitoy, Qozon, Rossiya kabi o’lkalarga qatnagan.
Shayboniylar me’morchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo’ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o’z davrining ko’zga ko’ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko’kaldosh nomi bilan bog’liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining ta’mirlanishi, Mir Arab. Abdulloxon, Modarixon, Juybor, Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko’kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko’plab mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar, bozorlar va boshqa qurilish ishlari bajarilganlar.
Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming bitta ravot va sardoba qurilgan ekan.
Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola

namoyandalarning tutgan o’rni katta bo’lgan. Avvalo, ularning o’zlari nihoyatda o’qimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkinchixon, Ubaydulloxon, Abdulazitzxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda she’r bitganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo’lganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoro madrasasida olgan. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta rag’bati bo’lgani, musiqiy asboblar chalgani, nozik xusnixat egasi bo’lgani ma’lum.
Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan. XVI asr tarixini yoritib beruvchi “Tavorixi guzidai nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiyning “Shayboniynoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Abdulloh Nasrullohning “Zubdat al-asror”, Fazlulloh Ro’zbekxonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi ul vaqoye”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” kabi mumtoz tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir.
Bundan tashqari Muhammad Shayboniyxon davrida Binoiyning “Ajoyib ul Maxluqot” geografik asarini ham aytishimiz mumkin, deb o’tilgan mavzuga xulosa yasaladi.
XV asrning ikkinchi yarmida milliy – madaniy markazi bo’lgan Hirot, XVI asrga kelib o’z mavqieni yo’qotdi, avval Shayboniy, keyinchalik esa Eron shohi Safoviy hukmdorlarning chekka shaharlaridan biriga aylanib qoldi.
Bu davrga kelib madaniy va adabiy markazlik roli Samarqand va Buxoroga ko’chgandi. Bu shaharlarga faqatgina O’rta Osiyo territoriyasidangina emas, balki Eron, Afg’oniston, Hindiston shaharlaridan ham bu yoki u sohalarning ishtiyoqmandlari kelar edilar. Natijada bu o’lkada o’sha zamon madaniyati va adabiyotining turli sohalarida ancha – ko’zga ko’ringan vakillar yashab ijod etishgan.
XVI asrda Movarounnahrda adabiyot, tarix fani me’morchilik va tasviriy san’at rivojlanib bordi. Poeziya juda ravnaq topdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566 yil)ning “Muzakkir ul - ahbob” va Mutribiyning (1604 – 1605 yillar) “Tazkiroti Shuaro” nomli O’rta Osiyo antolgiyalari buning shohididir.
Bularda Samarqand, Buxoro, Toshkent va O’rta Osiyoning boshqa

shaharlarida yashab ijod qilgan bir necha yuz adabiyot va fan arboblarining nomlari keltirilgan. Antologiya tuzilishi bu davrda aholining madaniy saviyasi yuksak ekanligini ko’rsatadi.
XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahrda O’zbek tilida adabiy va tarixiy asarlarning paydo bo’lishi maroqli hodisadir. “Tarixi guzidayi Nuratnoma” shu sohadagi ilk asarlaridandir. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostoni ham o’zbek tilida yozilgan. Bu ikki asar, garchi Shayboniyxonning topshirig’I va ishtiroki bilan yozilgan bo’lsada, har holda O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, etnografiyasi va adabiyotiga doir faktlarga asoslangan juda qiziq materiallarni o’z ichiga olgan.
XVI asrda yashab ijod etgan shoirlardan biri, buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburdir. Boburnomani A. Beverij Boburga shunday baho bergan edi:
“… sahovatliligi, mardligi, talantligi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podsholar ichida Boburga teng keladigan birorta podsho topa olmaymiz”.
Bobur 12 yoshidan boshlab umrining oxirigacha deyarli uzluksiz urush va yurishlar bilan band bo’ldi. Lekin, shunga qaramay, u keng va chuqur bilim olgan hamda ajoyib iste’dodi bilan o’z davrining yirik madaniyat arboblaridan biri bo’lib yashagn edi. U qaerda bo’lmasin, doimo ilm – fan, san’at va adabiyot oqillari bilan yaqindan aloqa bog’lar, ularga homiylik qilar va turli ilmiy – adabiy suhbatlar hamda munozaralar uyushtirar edi.
Bobur 16 – 17 yoshlaridan boshlab, badiiy ijodiyot bilan shug’ulanadi. U “Boburnoma”da 906 – 907 yillar (1449 – 1500 yillar) voqeasi haqida so’zlar ekan, “ul fursatlarda biror ikki qator bayt olishuv erdim, vam g’azal tugamaydir erdim” deydi. Bobur o’zbek klassik adabiyotining, ayniqsa, Alisher Navoiyning boy adabiy merosini hamda fors, tojik adabiyoti ustoz san’atkorlarining adabiy tajribalarini o’rganadi. Boburni eng yirik va eng ajoyib asari uni butun dunyoga tanitgan. Yevropa sharqshunoslari, jumladan, X. Vamberi tomonidan Yuliy Sezarning komentariyalari bilan bir qatorga quyilgan kitobi “Boburnoma”dir. Bu
asar tarixiy manba bo’lishi bilan birga o’zbek prozasining qimmatli yo dgorligidir,

shu bilan birga “Boburnoma” geografiya, etnografiya, tabiat, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar boyicha ham qimmatli ma’lumotlar beradi.


Boburning “Boburnoma”dan tashqari yana bir qancha asarlari bor, bular islom dini huquqshunosligi va shariyat aqidalarini bayon etuvchi “Mubayyn” nomli she’riy risolasi “Validiya” nomi bilan atalgan tasavvufga oid kitobi “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo’lgan alfabit jadvalidan iborat. Shular jumlasidandir. Abdulla ibn Muhammadning “Zubdat ul asror” nomli tarixiy asari XVI asrning birinchi choragida majburdir. Unda Shayboniyxonning halok bo’lishiga olib brogan sabablardan biri – Shayboniylar lageridagi ziddiyatlar ochib ko’rsatilgan.
Rashididdin va Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinadi. Ulug’bekka bag’ishlangan “Muntahabi Jome” va “Tavorixiy shoxiy” degan asarning o’zbek tiliga tarjima qilinganligi o’zbek tilining ta’sir doirasi kengayib borganidan dalolat beradi.
O’z zamonining tarixiga doir “Sharafnomai shoxiy” degan katta asarini Hofuz Tanish Buxoriy yozgan bo’lib siyosiy voqealarga boy. Bu asarda O’rta Osiyoning ijtimoiy – iqtisodiy tarixiga oid juda ajoyib ma’lumotlar bor.
Shuningdek, bu davrda ayrim Shayboniy hokimlari adabiy asarlar yaratishda qatnashganlar. Shayboniyxonning o’zi ham o’z zamonasining o’qimishli odami edi. Bu haqda X. Vamberi shunday yozadi, u har holda o’zining Eroniy dushmanlari tarafidan ta’sir etilganidek, nimani hohlasa, shuni bajarib yuruvchi vahshiy bir kimsa emas edi. Masalan, u zamonning ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o’zi bilan barobar kichkina go’zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham doimo diniy munozaralarga qatnashgan. Qur’onning ba’zi bir oyatlari haqida Hirotning nimqadam tafsifchilari bo’lgan qozi Ixtiyor va Muhammad Yusufga e’tiroz ham bildirgan edi.

II bob. Muhammad Solihning « Shayboniynoma » asarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi
2.1 Muhammad Solihning hayoti va ijodi
Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan shayboniylar hukmronlik qilgan deyarli bir asrlik zamonda ham, bir oz tanaffus bilan, bunyodkorlik ishlari davom ettirildi. Bu sulolaning asoschisi Muhammad Shayboniyxon haqida o’sha uchrashuvda Prezident Islom Karimov xalqimizning o’tmishda o’tgan farzandi haqida xolisona fikr bildirishi ko’p savobli ish bo’ldi, chunki to shu paytgacha sho’rolar davrida chiqqan tarixiy kitoblarda ham, badiiy adabiyot – romanlarda ham umuman Shayboniylar sulolasi, xususan, sulolaboshi Muhammad Shayboniy haqida har tomonlama, chalkashu noto’g’ri fikrlar bildirildi, ayniqsa videofilmlarda to’pori dasht odati sifatida tasvirlandi. Prezidentimizning o’sha suhbatda “Shayboniyxon Buxoro madarasalarida tahsil ko’rgan, o’qimishli odam bo’lgan. Buxoroda olgan ilmma’rifatini hokimiyat tepasiga kelgach, yana el-yurtiga qaytarib bergan” deb xolis va to’g’ri fikr bildirishining ham ma’naviy, ham tarixiy, ham siyosiy ahamiyati bor. Prezidentimizning Shayboniyxon haqida bildirgan fikrining tarixiy ahamiyati shundaki, o’tmishda o’tgan tarixiy shaxsga baho berioshda uning qaysi bir sulola vakili bo’lganiga qarab emas, balki faoliyatiga qarab, el-yurtiga qanday xizmat qilganiga, o’zidan keyin nimalar qoldirganiga qarab baho berish lozimdir. Prezidentimiz bildirgan fikrning siyosiy ahamiyati shundaki, XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida, sanani Shayboniyxonning Samarqand taxtini egallashidan belgilasak, 1500 yili yurtimizda hokimiyat almashuvi yuz berdi, hokimiyat temuriylardan shayboniylar qo’liga o’tdi, el-yurt o’z joyida qolaverdi, o’zbek milliy davlatchiligi davom etaverdi. Muhammad Solihning ijodi va faoliyati haqida Muhammad Solih o’zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biridir. Navoiy va Bobur kabi atoqli so’z san’atkorlari tomonidan iste’dodli shoir sifatida ta’riflangan Muhammad Solihning o’zbek va fors-tojoik tillarida yaratgan she’rlarida ayrim parchalargina saqlanib qolgan, xolos. Uning epik ijodi - “Shayboniynoma” esa bizga qadar to’la yetib keldi. O’zbek klassik adabiyotida birinchi tarixiy doston bo’lgan “Shayboniynoma”, ayrim tendentsioz xususiyatlariga qaramay, ikki sulola: Temuriylar bilan shayboniylar o’rtasidagi urushlarning dahshatli manzaralarini tasvirlashi, badiiy uslubi va tili bilan o’tmish adabiyotning qimmatli bir yodgorligidir. Muhammad Solih 1455 yilda Xorazmda tug’ilgan. Uning bobosi Amir shoh Malik Ulug’bekning vasiysi va tarbiyachisi bo’lib, Temur va Ulug’bek saroylarida katta obro’ga ega bo’lgan amirlardan edi. Otasi Nur Saidbek esa Ulug’bek, Jo’gi Mirzo va Abusaid Mirzo saroylaridagi e’tiborli arboblardan biri bo’lib, keyinchalik Abusaid Mirzoga qarashli bo’lgan Xorazmda ancha vaqt hokimlik qilgan. Toju-taxtni egallash uchun uzoq yillar davomida Abusaid Mirzoga qarshi kurash olib brogan Husayn Boyqaro 1467 yilda Xorazmga hujum qiladi. Mudofaa choralarini yaxshi tashkil eta olmagan Xorazm amirlari Husayn Boyqaroning hujumiga bardosh bera olmay, qochib ketadilar. Bundan g’azablangan Abusaid Mirzo, tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlaus-sa’dayn” (“Ikki baxtning boshlanmasi”) asarida hikoya qilishicha, “Hamma mirlar Xorazm viloyatiga jo’nasinlar… gunohi ayon bo’lgan har bir kishiga sazo va jazo berilsin…”, deb buyruq qiladi. Shu jumladan, Amir Nur Said ham jang kunlari parvosizlik qilgani uchun gunohkor sanalgan edi. Amirlar oliy farmonga binoan, Xorazmga jo’nab, ahvolni batafsil bilandilar: ”Xorazm askarlarining soni ko’p bo’lishiga qaramay, zafarpanoh Miroz Sulton Husaynning hujumiga bardosh bera olmay, birdaniga qochib qolgan ekan... Amir Pirdarvesh Kuchin… Amir Saidni tutib olib, uni otga mindirib, shamol tezligida uni Hirotga yuboradi. Uning butun mollari va vajhlarini talon-taroj ettirdi. Amir Nur Said Rabbial-Avvalning 20-sida Hirotga eltdi va uni Ixtiyoriddin qal’asiga qamadilar… janob shayx (Abduraxmon Jomiy) amir Nur Saidning gunohini tiladilar. Hazrati Xilofatpanoh (Jomiy)ning iltimosini qondirdi…” Nur Said Hirotda avval xiyla moddiy muhtojlik tortadi. Hatto bir ot berishini so’rab Abusaid Mirzoga murojaat qiladi. Lekin oradan ko’p o’tmay, Abdurazzoq 1 Abduqahhor Ibrohimov. Bizkim, o’zbeklar… “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent – 2001. 29-30 betlar.
Samarqandiyning aytishiga qaraganda, Nur Said “yana amirlar qatoridan joy egallaydi…” 1469 yilda Husayn Boyqaro Hirot taxtiga chiqadi. Abusaid Mirzoning bir qancha amir va beklari jazoga tortiladi. Shu vaqtlarda Marv shahrida bo’lgan Nur Said ham qatl qilinadi. Muhammad Solih otasining fojiali sarguzashti va o’zining yoshlik chog’larini eslab, keyinchalik “Shayboniynoma”da bunday degan edi: …Laqabi Solihu o’zi solih, Nur Said o’g’li Muhammad Solih. Mundoq ayturki, xudodin taqdir Chunonam ishiga berdi tag’yir: Chiqdi Xorazm diyori qo’ldin, Xevaqu Kot hisori qo’ldin, Tushti andin guzori Marv sori, Anda sovruldi ev(u) eli bori. Ayladi no’sh shahodat jomi, Anga nesh o’ldi saodat jomi. Meni gardun sitami qildi yetim, Ayladi kishvari g’am ichra muqim.., Muhammad Solih oila boshiga tushgan kulfatlarga qaramay, qunt va havas bilan o’qiydi. Abduraxmon Jomiydan tahsil oladi, arab va fors-tojik tillarini o‘rganadi, tarix, adabiyot, husnixat va boshqalar bilan shug’ullanadi, she’r yozishni mashq qiladi. Shu bilan birga, u goh Xurosonda, goh Samarqandda Temuriy hukmdorlarining saroyida mulozimlik qiladi. Muhammad Solih otasining fojiali taqdiri va amir-amaldorlar o’rtasidagi nizo-adovat, saroydagi ishratbozliklar uning g’azabini yanada kuchaytiradi. Muhammad Solih 1499 yilda Mulla Abduraxmon degan amaldorning maslahati bilan Temuriylar saroyini tark etib, Shayboniyxon tomonga o’tadi. Temuriylar dargohida xizmat qilgan amir-amaldorlar, shoir va olimlarni o’z tomoniga og’dirib olishdan manfaatdor bo’lgan Shayboniyxon Muhammad Solihni yaxshi qabul qiladi va o’z saroyida “amirul-umaro” (“amirlar amiri”), “amlikul-shuaro” (“shoirlar boshlig’i”) martabasiga ko’taradi. Muhammad Solih Shayboniyxonning davlat idora ishlari va harbiy yurishlarida faol ishtirok etadi. Shayboniyxon 1500 (905) yilda Buxoroni egallab Samarqandga yurish qilayotganida, Muhammad Solihni Buxoroda o’z o’rniga qoldiradi. Muhammad Solih bir oz vaqt Qunduz shahrida ham bo’ladi. U Shayboniyxonning ukasi Sulton Mahmudning vafotidan keyin (1504 yil) Shayboniyxondan ruxsat olib Buxoroga qaytadi. Shayboniy 1504-1505 yillarda Xorazmga yurish boshlaydi. Shayboniy qo’shini Buxorodan chiqib Qorako’lga
yetganda Chorjo’y hokimi Amir Yorali Shayboniyni sovg’alar bilan qarshi olib, unga taslim bo’ladi. Shayboniyxon Chorjo’yga Muhammad Solihni dorug’a (shahar hokimi) qilib qoldiradi. Muhammad Solih Chorjo’yda birmuncha tartib o’rnatib olgandan so’ng Shayboniyxonning izidan Xorazmga jo’naydi. Xorazm hokimi Chin So’fi Husayn Boyqoradan madad so’raydi. Shu orada Husayn Boyqora Shayboniyxonning e’tiborini Xorazmdan chetga tortish uchun, Qunduz, Chorjo’y va boshqa joylarga qo’shin yuboradi. Muhammad Solih Chorjo’yga qaytadi, qal’ani mustahkamlaydi, askarlarni jangga tayyorlaydi. Temuriylar elchi yuborib, Muhammad Solihni o’z tomonlariga o’tkazmoqchi bo’ladilar. Biroq u : Men dedim: “Sizga javobim o’qtur, Mundin o’zga base so’zum yo’qtur.
Javringizdin otam o’ldi, netayin? Boshima qayg’u o’quldi, netayin? Men otam qoni uchun otlanaman, Men o’zim joni(m) uchun qotlanaman…”, - deb javob beradi. Muhammad Solih 1505 yilning oxiri yoki 1506 yilning boshida Neso (Ashaxobod yaqinida) shariga dovrug’a qilib tayinlanadi. Aftidan, u 1510-1511 yillargacha Neso shahrida yashagan. Shayboniyxonning vafotidan keyin esa Buxoroga qaytib, umrining oxiriga qadar o’sha yerda istiqomat qilgan. Lutf Ali ibn Oqoxon Ozarning “Otashkada” asarida ko’rsatilishicha, Muhammad Solih hijriy 941, melodiy 1535 yilda Buxoroda vafot etadi. Hasanxo’ja Nisoriy “Muzakkirul-ahbob”da Muhammad Solihning Mirzo Ulug’bek ismli o’g’li bo’lgani va uning iste’dodli shoir ekanligini aytib, uning: “Ey xo’sh ul kunlardirki, ko’nglim vaslidin xushaxol edi; Axtarim farxundau baxtim hunoyun fol edi” Baytini keltiradi. Muhammad Solihning oilaviy hayotiga doir boshqa ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Shunday qilib, Muhammad Solih Temuriylar sulolasining inqirozi va yemirilishi, shayboniylar sulolasining vujudga kelishi va dastlabki hukmronligi yillarida yashadi, ijod qildi. Uning hayoti va faoliyati, badiiy ijodi, ayniqsa “Shayboniynoma” dostoni mana shu ikki sulola o’rtasidagi kurash va to’qnashuvlar bilan, bu kurash va to’qnashuvlarning oqibati bilan yaqindan bog’liqdir. Muhammad Solih lirik va epik shoirdir. Manbalarda Muhammad Solihning badiiy ijodiyotidagi “Zullisonaynlik” traditsiyasini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan, o’zbek va fors-tojik tillaridagi she’rlari bilan kitobxonlarga, adabiyot ahllariga manzur bo’lganini ko’rsatadi. Biroq, afsuski, Muhammad Solihning lirik she’rlar to’plami bizga qadar saqlanib qolmagan yoki hozirga qadar noma’lum bo’lib kelmoqda. Biz bu iste’dodli shoirning ayrim lirik parchalari bilan “Majolisun-nafois”, “Badoeul-vaqoe”, “Bobirnoma”, “Tuhfai Somiy”, “Otashkada” va boshqa manbalar orqali tanisha olamiz. Muhammad Solihning bir necha mustaqil lirik she’rlari “Shayboniynoma” dostonida ham bor. Navoiy “Majolusin-nafouis”da Muhammad Solih haqida bunday deydi: “Muhammad Solih – ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o’g’li dururkim, ko’p vaqtlar Chohrjo’y navosidin Adoq navosig’a degincha amorat (amirlik – N.M) qildi va Sulton Abusaid Mirzo eshigida, Uug’bek va Jo’gi Mirzo eshigida sohib ixtiyor va jumlatul-mulk erdi. Ammo bag’oyat badfe’l – badxulq kish erdi. O’zi muloyim yigitdur. Atvorining otasi atvorig’a nisbati yo’qtur. Anga ham g’arib sahve tushtukim, Sulton Sohibqiron (Husayn Boyqora – N.M.) qullig’idin g’aybat iztiyor qildi. Ba’zi dedilarkim, bexudluq olamida yomon musohiblar ani yomon yo’lg’a tutubdurlar1. Ta’bida xeli diqqat vachoshin bor. Xatqa ham qobiliyati ko’pdur. Bu matla aningdurkim: Nayam oshufta, gar po’shid kokul mohi tobonash, Cha g’am az tiyragiyi shab, chu boshad subhi poyonash”. Yuqorida keltirilgan bayt Muhammad Solihning mohir san’atkorligiga dalildir. Bu bayt haroratli sevgi. Yorning visoliga erishish ishtiyoqi, va bunga ishonch hissi tashbihi tom (to’la o’xshatish) usuli bilan ifodalangan: kokul – tun, yuz – tong. Zahriddin Muhammad Bobur ham ‘Boburnoma”da Muhammad Solihga “Choshnilik g’azallari bor, agarchi hamvorlig’i choshnischa yo’qtur, turkiy she’ri ham bor. Yomon aytmaydur…” deb baho beradi va bir necha o’rinda uning she’rlaridan parchalar keltiradi hamda bir baytiga tatabu’ qiladi. Muhammad Solihning ijodiy merosi haqida so’z borganda adabiyotshunos olimlarimiz ko’proq uning “Shayboniynoma” asari yuzasida fikr yuritadilar. Haqiqatan ham, adibning bu asari o’zbek adabiyoti tarixida alohida o’rinni ishg’ol etadi. Muhammad Solihga qadar yaratilgan dostonlar ko’proq an’anaviy syujet asosida yaratilar edi. Bu asarlar davr bilan, o’sha tarixiy sharoit bilan bog’liq holda yaratilgan bo’lishiga qaramay bevosita hayotdagi voqea-hodisalar aks ettirilgan realistik xarakterdagi dostonlar deyarli yo’q edi. Bu jihatdan Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostoni XVI asr o’zbek adabiyoti tarixida muhim hodisa bo’ldi. Shayboniyxonning bosqinchilik harakatlarida ishtirok etgan Muhammad Solih ushbu asarida uning 5-6 yillik dahshatli yurishlarini tasvirlagan. Muhammad 1 Navoiy Mullo Abdurahim kabi kishilarni ko’zda tutsa kerak. 2 Baytning mazmuni: kokili yorqin oy (day yuzi)ni yopib turgan ekan, parishon emasman; oxiri tong bo’lganidan keyin tunning qorongiligidan nima g’am?
Biroq, ba’zi nuqsonlarga qaramay, bu asar Muhammad Shayboniyxonning 1499-1506 yillar orasidagi yurishini haqqoniy aks ettiruvchi jangnoma tipidagi yirik dostondir. Unga qonli to’qnashuvlar, xalq boshiga tushgan og’ir musibatlar ma’lum darajada o’zini realistik ifodasini topgan.
“Shayboniynoma”ni o’qigan kitobxon XVI asr boshlarida og’ir hayot, xalq boshiga tushgan behisob jabru-kulftalar, ayniqsa, xotin-qizlarning hurlanishi yaqqol aks ettiriladi. “Shayboniynoma” dostonining qo’lyozma nusxalari juda oz bo’lib, bizgacha uning 1510 yilda shoir hayotligida ko’chirilgan nusxalaridan biri yetib kelgan. Bu nusxa Vena kutubxonasida saqlangan. 1885 yilda sharqshunos olim Hermann Vamberi shu nusxa asosida asarni nemischa tarjimasi bilan birga Venada nashr ettirgan. Keyinroq sharqshunos olim P.M.Melioransliy o’sha qo’lyozmaning fotokopiyasi va Vamberi nashri asosida 1908 yilda Sankt-Peterburgda asarni ikkinchi marta nashr ettirdi. “Shayboniynoma” dostonini bosmaga tayyorlash uchun P.M.Melioranskiy nashri asos bo’ldi. Asarning 1961 yilgi nashri uchun ham P.M.Melioranskiy e’lon qilgan nusxa asos bo’lgan edi. Filologiya fanlari nomzodi Nasrullo Davron nashrga tayyorlagan bu nusxa ayrim tekstologik nuqsonlardan qat’iy nazar ma’lum ahamiyatga egadir. Ma’lumki, P.M.Melioranskiy nashrga tayyorlagan nusxa ham ayrim kamchilik va nuqsonlardan holi emas. Chingizxon haqida Juvoniy, Alouddin Otamlik ibn Muhammad (12261283), Temur haqida Sharofiddin Ali Yazdiy (tug’ilgan yili noma’lum, 1554 yilda vafot etgan) yozgani kabi Shayboniyxonning hayot yo’lini yoritishda ham xuddi shunday vazifani Muhammad Solih bajardi. To’g’risini aytganda, Muahmmad Solih Shayboniyxonning biografiaysi, nafaqat qalami bilan, balki, qilichi bilan ham uning shon-shuhratini oshirishga hissa qo’shgan. Muhammad Solihning o’zbek tiliga nazm bilan yozilgan “Shayboniynoma” asari badiiy saviyasining yuksakligi, tilining soddaligi bilan ahamiyatlidir. Dostonning asl nusxasi topilmagan, ammo shoirning hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510 yilda ko’chirilgan nodir nusxasi Venada saqlanmoqda. Asar Shayboniy va Temuriylar o’rtasidagi kurash tarixiga bog’langan bo’lib, 1499 yildan 1506 yillar orasidagi voqealarni o’z ichiga oladi. “Shayboniynoma” asari 76 bob yoki 4456 baytdan iborat. Manbalardagi biroz sonli she’riy injular “Shayboniynoma”dagi lirik she’rlar bilan birgaliklda Muhammad Solihni usta lirik shoir sifatida gavdalantiradi. U lirikada, garchi asosan traditsion mavzular doirasida qolgan bo’lsa ham, o’z original adabiy uslubni yarata olgan, tur xil badiiy usul va til vositalaridan mohirlik bilan foydalangan, yangi-yangi obrazlar, lavhalar yaratgan.
Biroq Muhammad Solihning adabiyot tarixidagi rolini uning bir necha misralarigina saqlanib qolgan lirikasi emas, balki hozirgacha to’la saqlanib qolgan “Shayboniynoma” dostonidan belgilab olamiz. Muhammad Solih 1506 yilda “Shayboniynoma”ni yozib tugatadi. Uning bu dostonidan keyin yana qanday asarlar (lirik she’rlaridan tashqari) yaratgani ma’lum emas. Sharqshunos G.Vamberi “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” asarida Muhammad Solih “Layli va Majnun” taxlitida bir masnaviy yaratgan deb aytadi. Biroq boshqa manbalarda bu haqda hech qanday ma’lumot yo’q. Ehtimol, G.Vamberi “Noz va Niyoz” manzumasining 1524-1525 yillarda vafot etgan muallifi Solih ismli boshqa bir shoirni yoki 1566-1567 yillarda vafot etgan Solih Ibn Jalolni (Layli va Majnun) nomli doston muallifini Muhammad Solih deb o’ylagandir. Har holda, Muhammad Solih asosiy adabiy merosi “Shayboniynoma” bo’lib qolmoqda. Shuni ham uqtirib o’tish lozimki, Shayboniyxon haqida Muhammad Solih “Shayboniynoma”sidan boshqa bir necha asar ham yaratilgan edi. Bu asarlarning ko’pi bevosita Shayboniyning o’z topshirig’i bilan vujudga kelgan edi. Shunday asarlardan biri Mullo Shodiyning 76 bobdan iborat “Fathnomai xoniy” (“Xonimning g’alaba kitobi”) dostonidir. Unda Shayboniyning tug’ilishidan tortib 1501 yilgacha ( Samarqandning Shayboniy tomonidan ikkinchi marta istlio qilinishigacha) bo’lgan voqealar bayon etilgan. Shayboniy saroyida bir necha yil xizmat qilgan Binoyi ham “Shayboniynoma” va “Futuhoti xoniy” “Xonning g’alabalari” degan ikkita tarixiy asar yozgan1. Bu asarlar Shayboniyning bolalaik chog’laridan tortib 1502 yilgacha bo’lgan sarguzashtlarini hikoya qiladi. Tarixchi Ro’zbehon Shayboniyning 913-914 (1508-1509) yillardagi urushyurushlarini tasvirlab, “Mehmonnomai Buxoro”2 asarini yozadi. Bu asarda tarixiy voqealardan tashqari, Shayboniyning diniy marosimlarda, bahslarda ishtirok etishi ham hikoya qilinadi. Bulardan tashqari, o’zbek tilida noma’lum muallif ham Shayboniynoma haqida asar yozgan. Unda muallif turkiy xalqlarning qadim zamonlardan boshlab Shayboniy vafotiga qadar bo’lgan tarixi haqida so’zlaydi. Ammo asarning dastlabki qismlarida tarixiy voqealar emas, balki afsona va rivoyatlar hikoya qilinadi. 2
Aftidan, Binoiy avval “shayboniynoma”ni yozadi, keyin shu asarni qayta ishlab, kengaytirib “Futuhoti xoniy”ni yaratadi. Ro’zbehonning aytishiga qaraganda, asrning asl nomi “Safarnomai Buxoro” bo’lib, Sjhayboniyxon uning nomini “Mehmonnomai Buxoro” deb o’zgartirgan. Beryozin uni asli va ruscha tarjimasin bilan birga “Shayboniyda” deb atab, Qozonda nashr ettiradi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin