1.2. Alfa-yemirilish haqidagi zamonaviy tasavvurlar Yadrolarning radiоaktiv yemirilishlarining barcha ko`rinishalari eksponensial qonunga bo`ysunadi.
N(t)=N(0) exp (-λt) (1.2.1)
bu yerda:
N(t) vaqt momentida radioaktiv yadrolar soni. λ-vaqt birligi ichida radiоaktiv yadrolarning yemirilish ehtimolligi. Unda yarim yemirilish davri deb ataluvchi vaqt quyidagicha aniqlanadi.
= ; (1.2.2)
Yarim yemirilish davrida radiоaktiv yadrolarning soni ikki marta kamayadi.
1.2.1-chizmada aytilgan qonun poloniy, radon va radiyning juft-juft izatoplari uchun ko`rsatilgan. Ammo bunda muammo tug`iladi. α-zarracha va hosilaviy yadroning o`zaro ta`sir potensialining ular og`irlik markazlari orasidagi masofaga bog`liqligini 1.2.2-chizmada sifat jihardan ko`rish mumkin. Katta R masofalarda ular Kulon kuchi bilan o`zaro ta`sirlashadi va potensial.