O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika – matematika fakulteti Fizika ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 302-guruh talabasi Suyunov Jamshidning Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi fanidan tayyorlagan KURS ISHI
MAVZU: Klaster yemirilishlar Bajardi: Suyunov Jamshid Qabul qildi: ________________ Termiz 2023
Mavzu: Klaster yemirilishlar
Mundarija KIRISH…………………………………………………………………….........…3
I BOB. ATOM YADROLARINING RADIOAKTIVLIGI: TARIXI, NATIJALAR, ERISHILGAN YUTUQLAR 1.1. Atom yadrolarining radioaktiv nurlanish turlari……………………….....5
1.2. Alfa yemirilish haqidagi zamonaviy tasavvurlar…………………..……..7
1.3. β-yemirilish mexanizmi………………………………………………..…9
II BOB. ATOM YADROLARINING KLASTER YEMIRILISHI 2.1.Yadrolarda klasterlarning effektiv sonlari………………….……....……12
2.2.Klasterlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari va yemirilishlar klassifikatsiyasi…………………………...……………….......................….18
XULOSA……………………………………….…………………………....…...23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………….…25
ILOVALAR...........................................................................................................26
KIRISH
“Fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi” Sh.M. Mirziyoyev
Biz mustaqil O’zbekiston yoshlari har tomonlama yetuk barkamol avlod bo’lib yetishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasiga juda kata e’tibor berib kelmoqdalar. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.
Shu kunlarda hukumatimiz tomanidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo’llariga jami davlat va nodavlat manbalari hisobga olingan holda mavjud barcha resurs va imkoniyatlarning safarbar etishni ko’zda tutadi kabi satrlarni o’qish mumkin.
Shuningdek, “Barkamol avlod” yili davlat dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida “ta’lim jarayonida yangi axborot komunikatsiya va pedagogik texnalogiyalarda, elektron dasturlar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylar va oliy o’quv yurtlariga o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni yanada rivijlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatiga keng jalb qilish, ularning o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish ”ko’zda tutilgan vazifalardan hisoblanar ekan, darslarda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish Prezirentimiz ta’kidlaganidek, “erkin fikrlashga ” o’rganish uchun ayni muddao bo’ldi.
Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan, biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o’ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, ma’naviyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari, eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblangan. Ularning orasida O’zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashayotgan bobolarimizning o’z o’rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusida o’z tariximizdan juda ko’p dalillar mujassamlashib kelgan.
Kurs ishining maqsadi. Yadro fizikasi sohasidagi oxirgi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishish, ichki konversiya misolida yadro fizikasi sohasidagi olingan natijalarni umumlashtirish.
Kurs ishining vazifasi.
α – yemirilish haqidagi zamonaviy tasavvurlar bilan tanishish.
Proton yemirilishining ko’p zarrali nazariyasini o’rganish.
Yadrodagi klasterlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari va yemirilishlar klassifikatsiyasini o’rganish.
Kurs ishining dolzarbligi. Atom yadrolarining Klaster yemirilishlar yadro fizikasi sohasida erishilgan yutuqlar hozirgi zamon fan rivoji uchun muhim jabhalardan biri hisoblanadi. Atom yadrolarining yemirilishlarida va Klaster yemirilishlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari natijasida katta miqdordagi energiya va yangi kimyoviy elementlar hosil bo’ladiki, ularni tabiiy sharoitlarda hosil qilib bo’lmaydi.