Hozirgi kunda multifragmentatsiya xarakteristikalari bo`yicha keng ko`lamdagi eksprimental material yig`ilgan. Ular uchib chiqayotgan zarrachalarning tarkibi va soni, ular burchak va energetic taqsimoti va hokazolarga asoslangan.
Bu hodisani tushuntirish uchun bir necha nazariy yondashuvlar qo`llaniladi. Ulardan birinchisi yadro haqidagi gidrodinamik tasavvurlarga tayanadi. Undga asosan yadroga yadro suyuqligining tomchisi deb qaralib, u tez zarracha bilan to`qnashish natijasida isib, qandaydir kritik temperaturalardan temperaturasi oshishi natijasida kichik o`lchamlardagi tomchilarga parchalanib ketadi. Bu yondashuv umumiy holda yadrolarning multifragmentatsiyalari qonuniyatlarini sifat jihatdan tushuntiradi, ammo u klassik xarakterga ega.
Ikkinchi yondashuv yadro ichidagi kaskad usuli bilan bog`liq. Uchib kelayotgan tez zarracha yadro ichida klassik trayektoriya bo`ylab harakatlanib, nuklonlar bilan to`qnashadi va ularga yetarli darajada katta energiya uzatadi. Bu nuklonlarning o`zi yadrodagi boshqa nuklonlar bilan to`qnashadi, natijada zanjir jarayoni rivojlanib, uning ba`zi etaplarida nuklonlar yadrodan uchib ketadi. Shu paytda bu nuklonlar yadroning sirt sohasida to`planib, zarracha yoki bir necha yadro nuklonlarinin olib tashkiliy zarrachani hosil qilishi mumkin.
Bu yondashuvda miqdoriy hisoblashlar uchun Monte-Karlo metodi qo`llaniladi.
Yadro ichidagi kaskad usulini qo`llash yadro multifragmentatsiyalarning ba`zi xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Ammo bu usul tashkiliy zarrachalarning tuzilish jarayonini qo`pol ifodalaydi.
Bu har ikkala usulni birlashtirish tez zarracha va ikkilamchi kaskad zarrachalarning nuklonlar bilan o`zaro ta`sirlarini effektiv hisoblash imkonini beradi. Klasterlarning fazoviy impuls va energetik taqsimotini bilish, yadrolarda nuklonlar va klasterlarning sochilishini bilish yadro klaster erkinlik darajalari hisoblashlarini imkonini beradi.
Hozirgi kunda bu yo`nalish ustida ish olib borilmoqda.
XULOSA Atom yadrolarining turli ko`rinishdagi radioaktivligini tadqiq etish hozir ham davom etmoqda. Alohida e`tibor yadrilarning proton yemirilishga qaratilgan. chunki, bu holda yadroning strukturasi haqidagi ajoyib informatsiyani olish mumkin. Yaqinda Argonn milliy laboratoriyasining (AQSH) fiziklari professor K.Devuds rahbarligida neytrondefitsit yadro EMBED Equation.3 (yevropiy) sintezladi va nafaqat proton yemirilishi, balki, birinchi marta proton spektrining nozik strukturasini aniqladi. Bu hodisalarning analizi bu yadroning nosferik ekanligi haqidagi tasavvurlarni tasdiqladi. ishda keltirilgan faktlar ko`rsatadiki, atom yadrolariningradiaktivligi haqidagi tasavvurlar 100 yildan beri rivojlanib kelinmoqda. Bu sohadagi yangi bilimlar oxirgi 35 yil davomida yanada rivojlandi. Yadro fizikasi yetarli darajada nazariy va eksprimental ma`noda rivojlangan bo`lsada, uning yanada rivojlanishi va boshqa fanlar bilanhamkorligi yaqin kelajakda insoniyatga yangi juda go`zal va ajoyib natijalarni taqdim etishi kutilmoqda.
Atom yadrolarining o`z-o`zidan yemirilib, og`ir fragmentlarni chiqishi hali uzoq muddat nafaqat eksprimentatorlarni, balki nazariyotchilar diqqatini tortadi. Hozirgi vaqtda yadrolarning klaster yemirilishi intensiv ravishda o`rganilmoqda. Bu hodisaning nazariy interpretatsiyasiva keyingi o`lchovlarni pragnozqilish bo`yicha bir qator masalalar yechilmoqda.Bu tipdagi yemirilishlar bo`yicha ish borilganda Mendeleyev davriy sistemasining o`rtasida joylashgan yadrolarning bu tipdagi yemirilishga berilishi ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Klaster yemirilishda yanada passivroq elementlar uchib chiqishi mumkinligi ustida izlanishlar olib borilmoqda.
O`tishlarning nozik strukturasini hosilaviy yadrolarning qo`zg`algan holatlari bilan bog`liqligi pronsopial ahamiyatga ega. Toq va toq-toq yadrolarning yamirilishida juft-juft zarralarning ciqishi hosilaviy yadrolarning pastki energetik sohalarida turli-tuman o`tishlar borligidan dalolat beradi. Bundan tashqari yaqin yillarda X-strukturasi payda bo`lishi mumkin. Bu struktura klaster yemirilishda yadro sathlarining xarakteristikalarini chuqur o`rganishi bilan bog`liq bo`ladi. Malakaviy bitiruv ishining asosiy xulosasi shundan iboratki, kvant mexanika nuqtai nazaridan atom yadrolarini nuklonlar sistemasi deb va shu vaqtning o`zida turli tabiatga ega katta sondagi klasterlar sistemasi deb qarash mumkin. Bu esa berilgan yadroning yemirilishi natijasida tug`iladigan va bu yadro bilan turli yadro reaksiyalariga kirishadigan zarrachalar unda mavjud klasterlardan shakllanadi degan ma`noni anglatadi. Yadroning qobiq modeli klasterlarning effektiv sonlarini yadrolarga energetik va fazoviy taqsimotlarni hisoblashga yaxshi asos bo`lib xizmat qiladi.
Yadrolar ko`p kvarkli tabiatga ega klasterlarni tadqiq etish ulaning turli yadro reaksiyalardagi ishtiroklarni o`rganish kvark materiyasining tabiatini o`rganish imkoniyatlarini ochadi. EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3 EMBED Equation.3