O’lchash natijalarini yaxlitlash. O’lchash natijalari shunday yaxlitlanishi kerakki, o’lchash natijalarining sonli qiymati, xatolik qiymati kabi o’nlik razryadidagi raqami bilan tamomlansin.
Misol: ± 0,000004 xatolikda olingan o’lchash natijasi 23,45613234 23,456132 gacha yaxlitlanadi. O’lchash xatoligini yaxlitlash.Odatda o’lchash natijasi ikkita, juda kam hollarda uchtagacha qiymatli raqamgacha yaxlitlanadi. Nihoyatda kichik xatoliklarning kriteriysi. E„ K xatoligi nihoyatda kichik deb hisoblanadi, agar
Ek < bo’lsa,
bu erda: Ek - xususiy xatolik;
Sx - o’rtacha arifmetik xatolik yoki jamlangan xatolik.
Kichik xatoliklarning kriteriysi bilvosita o’lchashlar xatoliklari uchun ham ishlatilishi mumkin, yoki xususiy xatoliklarning kvadratlarini yig’indisi uchun ham: л1Ек+ Sk+i +... < ()
Savol va topshiriqlar O’lchash deb nimaga aytiladi? O’lchash jarayoni, o’lchash ob’ekti, o’lchash usuli deganda nimani tushunasiz?
Kattalik nima? Qanday guruhlari mavjud?
sifat va miqdor tavsiflari nima asosida izohlanadi?
sifat tavsifi nimani bildiradi, miqdor tavsifi deganda nimani tushunasiz?
Kattaliklar qanday guruhlarga bo’linadi, ularni ta’riflang?
Xalqaro birliklar tizimi (SI) haqida nimalar bilasiz?
O’lchash birliklariga qo’shimchalar deganda nimani tushunasiz?
Birliklar va o’lchashlarni belgilash va yozishda nimalarga e’tibor berish kerak?
^haUk shkalasi, reperli (tayanch) nuqtalar ularning turlari (nomlangan shkala, tartib shkalasi, oraliqlar shkalasi, nisbat shkalasi, absolyut shkala) ni tushuntiring?
O’lchash amalini bajarishda qanday usullar ishlatiladi?
Qo’pol xatoliklarning namoyon bo’lishi qanday aniqlanadi? BOB. O’LChASh TEXNIKASI O’lchash asboblarining aniklik klasslari
O’lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko’rinishli shaklda o’lchash informasiyasi signalini ishlab berishga mo’ljallangan o’lchash vositasiga aytiladi.