O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə16/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

Standart
darajasi

Ta’lim bosqichi

Darajaning
nomlanishi

A2

Umumiy o‘rta ta‘lim 4-sinf bitiruvchisi

―Tarbiya‖ fanini o‘rganishning
tayanch darajasi

E‘tibor berilsa, ―Tarbiya‖ fanini o‘rganishda boshlang‘ich sinflar tayanch daraja hisoblanadi. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mazkur fanni o‘zlashtirishda quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:


- mas‘uliyat va majburiyatga amal qiladi;
- hislarini anglaydi va nazorat qila oladi;
- mustaqil sog‘lom fikrlaydi;
- pul topish va sarflash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
- liderlik sifatini namoyon etadi;
- kreativ sifatlarini namoyon qila oladi va h.k.
Aynan mana shu malaka talablari asosida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning didaktik asoslarini ishlab chiqish mumkin. Buning natijasida ushbu fanning didaktik asoslari zamon talablari va fanning vazifalarini amalga oshirishga tayanch bo‘ladi.
Tarbiya” fanini o’qitish metodlari. Hozirgi zamon O‘zbekiston boshlang‘ich ta‘limida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodlarini aniq belgilab olish zaruriyat bo‘lib turibdi. Mazkur masalada bizning fikrimizcha, quyidagi o‘qitish metodlari muhim o‘rin tutadi:

  1. o‘qitishning innovatsion metodlariga tayanish;

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda eng oson va eng qulay metodlarga tayanish;

  3. mazkur fanni o‘qitish jarayonida modellashtirishga asosiy e‘tiborni qaratish.

Bu metodlar quyidagi mazmunlarga ega:

  1. o‟qitishning innovatsion metodlari: axborot-kommunikatsion vositalarga tayangan metodlar majmui;

  2. eng oson va qulay metodlar: maktab sharoitiga mos tushuvchi va o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga oluvchi metodlar majmui (tushuntirish, o‘qitish, o‘rgatish, o‘zlashtirish, yo‘naltirish va h.k.);

v) “Tarbiya” fanini o‟qitish jarayonida modellashtirish: bunda har bir dars maxsus reja va maxsus metodlar hamda texnologiyalardan foydalangan holda yangicha uslubda o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bunday yondashuv asosida mazkur fanning o‘qitish metodlarini oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘zlashtirish kutilgan samarani beradi. Shu sababli bu borada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ustozlar bilan ishlash masalasiga alohida e‘tibor berish lozim.
Bugungi kunda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning metodlarini tanlashda quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi:
- butun hayot davomida tarbiya olish;
- tarbiya bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirish;
- dunyoqarash va axloq uyg‘unligiga erishish;
- tarbiyalanuvchining ma‘naviy, hissiy, iroda va aql tuyg‘ularini rivojlantirish.
Bunday yondashuv boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillarini tanlashga va samarali metodlarga asoslanishga yo‘l ochadi. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodlari butunlay yangicha asosda bo‘lishini anglab olishi lozim. Shu jihatdan ta‘kidlangan metodlarni negizida quyidagi yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi:
- o‘qitish va tarbiyaning qadriyatlarga asoslanishi;
- tarbiyalanuvchining iroda va aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish;
- tarbiyalanuvchida mustaqil fikr va ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish.
Bu omillar ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanining asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan aynan tarbiya masalasida milliy tajribaning ustuvorligiga ahamiyat beradi va o‘qitishning halqaro tajribalaridan ijodiy foydalanadi.
Hozirgi zamon jahon Pedagogikasida tarbiya yo‘nalishi ko‘p hollarda elektron-modulli tizimga o‘tmoqda. Bu tizim shaxs tarbiyasida zamonaviylik va amaliylikni ilk rejaga qo‘yadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tarbiya masalasida milliy va jahon xalqlari tajribasini uyg‘un o‘zlashtirishi taqozo etiladi.
Tarbiya” fanini o’qitish texnologiyalari. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning eng ilg‘or texnologiyalariga asoslanish lozim. Shu ma‘noda bunday texnologiyalarning eng muhimlarini diqqatingizga taqdim etamiz.

  1. O‟qitishning elektron-modulli texnologiyasi. Bu texnologiya an‘anaviy va noan‘anaviy dars shakllarida kompьyuter asosida o‘qitishga tayanadi. Unga ko‘ra, kompьyuterda maxsus dastur vositasida o‘qituvchi tomonidan dars materiallari to‘liq tayyorlanadi va ta‘lim oluvchilarning imkoniyatlariga qarab taqdim etib boriladi. Bu texnologiyada dars materiallarini yangi ma‘lumotlar asosida yangilab borish va multimediyali axborotlarni berish imkoniyatlari mavjud.

  2. O‟qitishning masofaviy ta‟lim texnologiyasi. Bu texnologiyaga ko‘ra, ―Tarbiya‖ fani onlayn tarzida o‘qitiladi. Unda ta‘lim oluvchilar bevosita virtual aloqaga kirishadi. Ayni paytda, mazkur texnologiyada mustaqil ta‘lim topshiriqlari ko‘p bo‘lishi taqozo etiladi. Ta‘lim oluvchilar aynan mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarishi bilan fanni o‘zlashtiradi.

  3. Ustoz-shogird texnologiyasi. Bu texnologiyaga ko‘ra, har bir o‘quvchi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga biriktiriladi. Bunda har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchisining tarbiyalanish jarayonini kuzatib boradi va bu ishlarni ―Tarbiya‖ fani o‘qituvchisi muvofiqlashtiradi. Mavjud ta‘limga oid me‘yoriy hujjatlar asosida o‘quvchisining tarbiyalanganlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar Maktab rahbariyati tomonidan moddiy rag‘batlantirib boriladi. Mazkur texnologiya boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda eng muhim yondashuvlardan hisoblanadi.

Hozirgi zamon oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘qitishning ana shu innovatsion texnologiyalari amalga kiritilmoqda. Shu sababli
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish texnologiyalari tanlanayotganligida ana shunday zamonaviy ta‘lim va tarbiya texnologiyalarini tanlashga e‘tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bugungi tarbiya jarayoni rivolanayotgan texnik vositalarga asoslanishi bilan muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda texnik vositalarga asoslangan texnologiyalar asosida mazkur fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga diqqat qilish kerak:
- o‘quvchilarga kompьyuter, mobil aloqa vositasi o‘qishning va tarbiya olishning tayanchi ekanligini tushuntirish;
- o‘quvchilarning texnik vositalardan bilim olish yo‘lida foydalanishga o‘rgatish;
- texnik vositalarning imkoniyatlarini baholashda ularning axborot manbaiga e‘tibor berish madaniyatini shakllantirish.
Buning natijasida texnik vositalarga asoslangan texnologiyalardan
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda oqilona foydalanish malakasiga ega bo‘linadi.
E‘tibor berilsa, ―Tarbiya‖ fani didaktikasi butunlay yangicha yondashuvlar, tamoyillar va texnologiyalarga asoslanadi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, mazkur fanning didaktikasi o‘ziga xos tarzda va pedagogik tajribalarning ilg‘or yondashuvlari asosida ishlab chiqilishi kerak. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ―Tarbiya‖ fani didaktikasi bo‘yicha tushuncha, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:

  1. Didaktikaning asosiy tamoyillari deganda nimani tushunasiz?

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodlarini nimalar tashkil etadi?

  3. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish texnologiyalarini bilasizmi?

  4. 1-4-sinf ―Tarbiya‖ darsliklarini o‘rganib chiqing.

  1. Yüklə 1,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin