O’qitishningelektron-modullishaklixususiyatlari. O‘zbekistonda pandemiya kabi murakkab sharoitlarda ta‘lim tizimining noan‘anaviy shakllari kashf etildi. Ta‘lim va tarbiya berishning bunday shakllari pedagogikamiz tariximi ilk bor qo‘llanildi. Shu jihatdan o‟qitishningelektron-modullishaklinoan‘anaviy ta‘lim shakli hisoblanadi.
O‘qitishning elektron-modulli shakli quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
texnik vositalarga tayanishi;
kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan foydalanishi;
virtual ta‘lim berilishi;
ta‘limning asosiy qismini mustaqil ta‘lim tashkil etishi;
o‘qituvchi va ta‘lim oluvchining teng faolligi.
E‘tibor berilsa, o‘qitishning elektron-modulli shaklida ta‘lim oluvchi asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizning barcha ta‘lim muassasalari axborot-kommunikatsion vositalar bilan ta‘minlanmoqda. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining eng chekka hududlardani tuzulmalari ham bunday vositalar bilan ta‘minlanayotganligi o‘qitishning elektron-modulli shaklini amaliyotga jorriy etish imkonini beradi.
O‘qitishning bu shakli asosan kompьyuterga tayanganligi uchun ta‘lim oluvchilarda hoxish va qiziqish uyg‘otadi. Aynan mana shu xususiyatdan foydalangan holda ta‘lim va tarbiyani amalga oshirish samarali kechadi. Shuningdek, o‘qituvchining ta‘limiy faolligi oshadi. Chunki o‘qitishning bu shaklida barcha o‘quv materiallari o‘qituvchi tomonidan kompьyuter dasturiga joylashtiriladi va zaruriyat tug‘ilganida o‘quv materiallarini boyitib boriladi. Shu sababli o‘qitishning elektron- modulli shakli zamonaviy talablarga javob berishi bilan ajralib turadi.
O‘qitishning elektron-modulli shakli hozirgi zamon Pedagogika fanida muhim o‘rin tutadi. Bunga quyidagilar sabab hisoblanadi:
- bu o‘qitish shakli texnik vositalarga asoslanishi va texnik vositalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishi bilan ajralib turadi;
- o‘qitishning bu shaklida ta‘lim oluvchi nisbatan mustaqil xarakat qiladi va uning axborot olishi kengayadi;
- texnik vositalar asosida masofadan turib ta‘lim berish imkoniyati ham mavjud;
- bularning barchasi o‘qitishning elektron-modulli shakliga bo‘lgan qiziqishning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Ayni paytda, o‘qitishning elektron-modulli shaklida asosiy e‘tibor ta‘lim berishga qaratiladi. Buning natijasida ta‘lim oluvchining tarbiyalanganlik darajasini kuzatish cheklanadi. Shu sababli ta‘lim beruvchi o‘qitish jarayonida ta‘lim oluvchini tarbiyalab borishi taqozo etiladi. Bu borada ilmiy-nazariy va amaliy ishlanmalar yaratilmoqda10.
O‘qitishning elektron-modulli shakli bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda o‘ziga xos tajribalar mavjud. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasida oliy pedagogik ta‘lim jarayonida nisbatan ko‘proq elektron-modulli shaklidan foydalaniladi. Shu sababli bu mamlakatda mazkur ta‘lim shaklining o‘ziga xos shakllari va tushunchalari ishlab chiqilgan. Bu o‘rinda ana shunday tushunchalardan eng muhimlarini e‘tiboringizga havola etamiz:
Elektron darslik – fanga oid materiallarni dinamik ravishda talqin qiluvchi va maxsus dasturlardan foydalanib tuzilgan o‘quv adabiyoti;
Elektronuslubiyqo‟llanma– bu pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta‘lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo‘ljallangan o‘quv adabiyoti;
Elektron shakldagi materiallar – bu elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma‘ruza matnlari va laboratoriya ishlanmalari majmuidir.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur tushunchalarni o‘zlashtirishi va kelgusi faoliyatida o‘qitishning elektron-modulli shaklidan foydalanish ko‘nikmasini egallashi kerak.
“Tarbiya”faninio’qitishdaelektron-modullishakldanfoydalanish. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda
10 Қаранг: Мардонов Ш. Педагогика фанидан ўқитишнинг электрон-модулли дидактик таъминотини ишлаб чиқиш технологияси. –Тошкент, 2021
noan‘anaviy ta‘lim shakllaridan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Bu borada mazkur yangi fanning an‘anaviy ta‘lim shakllaridan ko‘ra, noan‘anaviy shakllari asosida o‘qitish asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish quyidagilarga asoslaniladi:
- mazkur fanning har bir mavzusi o‘quv materiallari kompyuter dasturida joylashtiriladi;
- o‘quv materiallarini joylashtirishda darslikda berilgan matnlardan tashqari qo‘shimcha ma‘lumotlar va axborotlar kiritiladi;
- o‘quv materiallarining oltmish-yetmish foizini mustaqil ta‘lim topshiriqlari tashkil etadi;
- o‘quvchilar aynan mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarishi bilan mavzularni o‘zlashtirgan hisoblanadi;
- o‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasi virtual tarzda baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi Buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Tarbiya‖ fani bo‘yicha davlat ta‘lim standartlari‖da mazkur fanni o‘qitishda ta‘limning eng zamonaviy shakllariga tayanish belgilangan. Chunki bu fan shaxs hayotidagi eng muhim masala-tarbiyani amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining 2020 yil 14 oktyabrdagi 235-sonli Buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Tarbiya fani uchun umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti‖da quyidagilar belgilangan:
mazkur fan o‘qitish jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalaydi;
fan orqali kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasiga asoslaniladi va h.k.
E‘tibor berilsa, ―Tarbiya‖ fani davlat ta‘lim standartlari aniq belgilangan. Shu sababli ushbu fan bo‘yicha elektron-modulli o‘quv materiallarini tayyorlashda ularga asoslanish lozim bo‘ladi. Misol uchun, ―ma‘naviy barkamol‖ tushunchasi bo‘yicha tayyorlanadigan elektron-modulli o‘quv materialida ma‘naviyat, barkamollik va ularning shaxs hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida multimediyali, animatsion va tasvirli ma‘lumotlarni tayyorlash taqozo etiladi. Shu sababli ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda elektron-modulli shaklning imkoniyatlari keng ekanligini ta‘kidlash joiz. Bu o‘rinda namuna sifatida ―Tarbiya‖ fani mavzularini elektron-modulli shaklda o‘tish texnologiyasini keltiramiz.