Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari ta‘lim nazariyasidan farq qiladi. Bunda tarbiyaga oid nazariy yondashuvlar amaliyot bilan bog‘lanishi xarakterli xususiyatdir. Shu sababli ushbu mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
- tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlarini o‘zlashtirish;
-―Tarbiya‖ fani asoslarini o‘rganish va bunday asoslarning eng muhim jihatlariga e‘tibor berish;
-―Tarbiya‖ fanini o‘qitish zaruriyatini anglash.
O‘zbekiston ta‘lim tizimida ―Tarbiya‖ fani yangi o‘quv predmeti bo‘lganligi uchun mazkur fanning me‘yoriy hujjatlarini o‘rganish va hujjatlardagi eng muhim o‘rinlarni o‘zlashtirish taqoza etiladi. Misol uchun, mazkur fan bo‘yicha asosiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-sonli
―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ―Tarbiya‖ fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Qaroridir. Mazkur qarorni o‘rganish jarayonida quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
- 2020 yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yiliga tayyorlanish jarayonida umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi ―Boshlang‘ich ta‘lim‖,
―Milliy g‘oya va huquq‖, ―Tarix‖ va ―Dinshunoslik‖ mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari ―Tarbiya‖ fanidan dars berishga tayyorlanib kelmoqda;
- mazkur tayyorgarlik ishlari ―Tarbiya‖ fani bo‘yicha oliy ma‘lumotli o‘qituvchilar tayyorlangunga qadar davom etadi;
-―Tarbiya‖ fani bo‘yicha darsliklar, o‘quv materiallari va metodik tavsiyalar majmualarini nashr etish va tarqatish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi;
- Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan ―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari o‘quvchilari uchun ―Tarbiya‖ fani Konsepsiyasi‖ni o‘zlashtirish.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur Qaror va Konsepsiyada belgilangan vazifalarni, talablarni va qoidalarni o‘zlashtirishi zarur.
Mazkur mavzu bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarni o‘rganing va konspekt qiling.