“Tarbiya”faninio’qitishamaliyotinitakomillashtirishdatadqiqotlarxulosalaridanfoydalanish. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishda butunlay yangi amaliy asoslarga tayanish lozim bo‘ladi. Chunki bu fan quyidagi jihatlari bilan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi:
fan butunlay yangi bo‘lib, uni o‘qitishda yangicha asoslarga tayanish lozim;
fanning nazariy, metodologik va amaliy asoslari innovatsion g‘oyalarga, yondashuvlarga hamda texnologiyalarga tayanadi;
fanning amaliy samaradorligi ta‘lim oluvchilarning tarbiyalanganlik darajasini amaliyoti bilan belgilanadi.
Shu sababli ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda pedagogiktadqiqotlarxulosalaridanmuntazam foydalanib borish muhim o‘rin tutadi. Bunday tadqiqotlarning xulosalarida quyidagilar bo‘yicha muhim yondashuvlar va tavsiyalar taqdim etilgan hisoblanadi:
- mavzularning takomillashtirib borilishi va o‘quv materiallarini yangilash asoslari yaratilganligi;
- mazkur o‘quv fanning metodlari, texnologiyalari va ularning xususiyatlari bo‘yicha tavsiyalar berilganligi;
- bu fanning amaliy samaradorligiga erishish bo‘yicha metodik asoslar taqdim etilganligi.
Oliy pedagogik ta‘olim jarayonida ―Boshlang‘ich ta‘limda
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishning amaliy jihatdan takomillashtirib borishda ilmiy tadqiqotlarda taqdim etiladigan xulosalarni muntazam o‘rganib borish va ularni amaliyotga joriy qilish taqoza etiladi.