O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə28/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

Fanni o’qitishning monitoring mexanizmi. ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishda o‘qitishning monitoring mexanizmi muhim o‘rin tutadi.
O‘qitishning monitoring mexanizmi amalga oshirilayotgan o‘quv va tarbiya jarayonini nazorat qilish, uning samaradorligini aniqlab borish hamda yondashuvlarni yangilab borishga asoslanadi. ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishda o‘qitishning quyidagi monitoringi mexanizmlariga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. mazkur fanning ilmiy-nazariy asoslari talabalar tomonidan qanday o‘zlashtirilayotganligini kuzatib borish;

  2. bu fanning metodologik asoslari va kasbiy ko‘nikma kompetensiyalari talabalar tomonidan o‘zlashtirilayotganligining darajasini o‘rganib borish;

V) mazkur fanning har bir mavzusining o‘quv materiallarini yangi ma‘lumotlar, axborotlar va yo‘naltirishlar bilan muntazam to‘ldirib borish;
G) ushbu fanning o‘qitayotgan professor-o‘qituvchilarning tajribalarini ommalashtirib borish;
D) mazkur fanni o‘qitishda imkon qadar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy va mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlari imkoniyatlariga ustuvor darajada ahamiyat berish.
Bunday yondashuv oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ fanini o‘qitishning monitoring mexanizmi ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda o‘qitishning monitoring mexanizmining asosiy vazifasi talabalarning kasbiy kompetensiyasini va ularning tarbiya ishiga bo‘lgan tayyorgarligini yangilab borish hamda kengaytirishdan iborat.
O‘qitishning monitoring mexanizmida quyidagi xususiyatlar ajralib turadi:
- o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini muntazam o‘rganib va kuzatib borish;
- o‘rganishlar natijasida fanni o‘qitish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni belgilash;
- belgilangan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv materiallarini tayyorlash;
- fanni o‘qitishda keng jamoatchilikni jalb etish.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda monitoring mexanizmidan foydalanish mazkur fanning amaliy jihatlarini kuchaytiradi. Eng asosiysi o‘qitishning monitoring mexanizmida keng jamoatchilik ishtirok etadi. Shu sababli hozirgi zamon Pedagogika fanida o‘qitishning monitoring mexanizmiga alohida e‘tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda o‘qitishning monitoring mexanizmiga amal qilish yangi hodisa bo‘lib, mazkur mexanizmdan foydalanishning metodologik asoslarini ishlab chiqish taqozo etiladi. Shu jihatdan ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning monitoring mexanizmidan foydalanish uchun ―Tarbiyaviy ishlar metodikasi‖ fani tajribasidan foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin