O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


“Boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy tarbiyasi” mavzusi bo’yicha elektron-modulli ishlanma



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə25/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

“Boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy tarbiyasi” mavzusi bo’yicha elektron-modulli ishlanma






Aqlni o‘stiruvchi ta‘sir vositalari










O‘quvchilarning aqliy imkoniyatlarini aniqlash














topshiriqlar berish







O‘quvchilarga o‘qiladigan matnni tavsiya etish










Bu elektron-modulli shakl o‘qituvchi tomonidan kompyuterda multimediyali shaklda tayyorlanadi va unda o‘quvchilarga mustaqil ta‘lim topshiriqlarini nisbatan ko‘p foizda berishga asosiy e‘tibor


qaratiladi. O‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi ham kompyuter vositasida baholanadi.
Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligi. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda elektorn-modulli shakldan foydalanish samaradorligi va uni kuzatib borish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bu o‘rinda ushbu fanni elektorn-modulli shaklda o‘qitishning samaradorlik mexanizmlariga e‘tiboringizni tortamiz:

  1. 1-sinfda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda kompyuterli multimediyali darslardan foydalanish tavsiya etiladi;

  2. 2-sinfda mazkur fanni o‘qitishda mavzularning kompyuter dasturida matni beriladi va asosiy e‘tibor o‘quvchilar bajaradigan mustaqil ta‘lim topshiriqlariga qaratiladi;

v) 3-sinfda bu fan bo‘yicha aqliy, jismoniy va ruhiy rivojlanishda ijobiy ta‘sir etadigan multimediyali va tasvirli darslar mavzular bo‘yicha tashkil etiladi;
g) 4-sinfda bu fan bo‘yicha tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar asosida ko‘proq multimediyali mashg‘ulotlar olib boriladi va bunda o‘quvchilarning faolligi, ularning yo‘naltirilganligi nazorat qilinadi.
Bunday yondashuv boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini elektorn- modulli shaklda o‘qitish imkoniyatlaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘qitishning elektron-modulli shaklini chuqur o‘zlashtirishi asosiy vazifalardan biridir.
Kezi kelganda eslatib o‘tish joizki, o‘qitishning elektron-modulli shakli bo‘yicha ilmiy, nazariy va metodologik ishlanmalar juda kam yaratilgan. Bu borada ilmiy tadqiqotlar va o‘quv materiallari yaratish endi amalga oshrilmoqda. Shu sababli pedagogik oliy ta‘lim jarayonida
―Ta‘limning elektron-modulli shakli‖ maxsus kursni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday kurslar o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida ham o‘qitilishi dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki o‘qitishning elektron-modulli shakli murakkab sharoitlarda ta‘lim va tarbiya jarayonini kutilgan darajada amalga oshirish imkonini beradi. Bunday zamonaviy o‘qitish shakllarini o‘zlashtirish har bir pedagogning burchidir.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish uchun quyidagilarga e‘tibor berilsa samarali hisoblanadi:
- maktabning texnik jihozlaridan oqilona foydalanish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompyuter bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish;
- o‘quv materiallarining qiziqarli va qulay bo‘lishiga erishish;
- imkon qadar axborot-kommunikatsiya vositalar bo‘yicha mutaxassislar ko‘magidan foydalanish;
- o‘quvchilarning mavzularni mustaqil o‘zlashtirishiga ahamiyat berish.
Bunday yondashuv ―Tarbiya‖ fanini elektorn-modulli shakldan foydalangan holda o‘qitishning samaradorligiga olib keladi. Bugungi kunda barcha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari texnik jihozlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Shu sababli o‘qitish jarayoniga elektron-
modulli kabi noan‘anaviy ta‘lim shakllarini tadbiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:

  1. O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish deganda nimalarni bilasiz?

  3. Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligining asoslari nimalardan iborat?

  4. Quyidagi kitobni o‘qib chiqing: Mardonov Sh. Pedagogika fanidan o‘qitishning elektron-modulli didaktik ta‘minotini ishlab chiqish texnologiyasi. –Toshkent, 2021

Mazkur ikkinchi modulda tarbiya didaktikasining asosiy masalalari bilan tanishdingiz. Bu modulni o‘zlashtirish bilan 10 kreditga ega bo‘lasiz. Buning uchun har bir mavzu oxirida berilgan mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarish va mavzularning matnini o‘zlashtirish taqozo etiladi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin