O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


-mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə22/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

9-mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim


shakli
Reja:

  1. Inklyuziv ta‘lim xususiyatlari

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda inklyuziv ta‘lim asoslari

  3. Inklyuziv ta‘lim asosida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning ahamiyati

Tayanch tushunchalar:
Tarbiya, fan, o‘qitish, inklyuziv, ta‘lim, shakl, xususiyat, asos, bilim, ko‘nikma, malaka


Inklyuziv ta’lim xususiyatlari. Inklyuziv ta‘lim o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv ta‘lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta‘lim oluvchilarga va to‘liq imkoniyatga ega o‘quvchilarga teng ta‘lim berish bilan o‘ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq ―Mehribonlik uylari‖ o‘quv-tarbiya muassasalari deb nomlandi. Shu sababli o‘quv- tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan ta‘lim ham inklyuziv ta‘lim shakli hisoblanadi.
Inklyuziv ta‘limning quyidagi xususiyatlariga e‘tibor berish lozim:
- interfaol ta‘lim texnologiyalariga asoslanadi;
- tabaqalashtirilgan o‘qitish amalga oshiriladi;
- individuallashtirilgan dasturlarga asoslaniladi;
- ta‘lim oluvchilar guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi.
Shu sababli ta‘limning bu shakli ta‘lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tez shakllantirilishi bilan e‘tiborga loyiq.
Inklyuziv ta‘limga quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar mavjud:
- jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni maxsus o‘qitish;
- sensor tarbiyani amalga oshirish;
- ta‘lim va tarbiya olish huquqini teng ta‘minlash;
- mashg‘ulotlarga maxsus yondashish;
- mashg‘ulotlarni tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi. Dunyo mamlakatlarida inklyuziv ta‘limga alohida e‘tibor beriladi.
Bu borada YUNESKO 1989 yili dunyo mamlakatlariga murojaat bilan chiqib, inklyuziv ta‘lim vositasida shaxsni ta‘lim va tarbiyasini amalga oshirishni so‘radi. Chunki inklyuziv ta‘lim shakli shaxsning ta‘lim va tarbiyaga oid huquqini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Misol uchun, to‘liq nogironligi bo‘lgan bolalarni individual tarzda oilada maxsus o‘qitish aynan inklyuziv ta‘limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekiston pedagogik ta‘lim jarayonida va ta‘lim tizimida inklyuziv ta‘limning imkoniyatlariga tayaniladi. Bu borada pedagog olimlarimizning bir qator ilmiy-tadqiqotlari mavjud. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shunday ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganishi va inklyuziv ta‘limning asoslarini o‘zlashtirishi tavsiya etiladi.
Inklyuziv ta‘limning imkoniyatlaridan foydalanish uchun o‘qituvchi faol bo‘lishi kerak. Ta‘lim oluvchiga muntazam ravishda topshiriq berib borilishi, imkon qadar topshiriqlarning yozma bo‘lishi
va topshiriq natijalarini nazorat qilib borish asosida inklyuziv ta‘lim samaradorligiga erishiladi. Bularning barchasi inklyuziv ta‘lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishini taqozo etadi.
Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida majburiy (mutaxassislik) fanlarini o‘qitishda inklyuziv ta‘lim shakllari to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumot berish zaruriyat bo‘lib turibdi. Bundan tashqari ―Inklyuziv, masofaviy va integratsion ta‘lim shakllari‖ tanlov fanining ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bugungi murakkab sharoitda ta‘limning bu shakllari o‘qitish jarayonida juda qo‘l keladi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga inklyuziv ta‘limning asoslari, metodlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mustaqil ta‘lim vositasida chuqur o‘rganish tavsiya etiladi. Chunki inklyuziv ta‘lim shaklini bilish davlatning ta‘lim siyosatini hammaga bir xil tatbiq etishda qo‘l keladi.
Inklyuziv ta‘limning tez va qisqa muddatda amalga oshirish xususiyati uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli bugungi kunda o‘quv-tarbiya muassasalari uchun inklyuziv ta‘limni tadbiq etish zaruriyat bo‘lib turibdi.
Tarbiya” fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim asoslari. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda inklyuziv ta‘lim asoslarini yaxshi bilish va bu ta‘lim shaklining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada quyidagilarga e‘tibor berish kerak:

  1. Interfaol ta‟lim texnologiyalariga asoslanish. Bu borada

―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘lib
o‘qitilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar (mulьtimediya, televideniya, virtual aloqa va hakozo);

  • kompyuterli texnologiya (darslar kompyuter vositasida o‘qitiladi);

  • mustaqil ta‘lim texnologiyasi (bunda o‘quvchiga topshiriq beriladi va topshiriqning ijodiy bajarilganligiga ahamiyat qaratiladi).

Bu interfaol texnologiyalar boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini maqsadli o‘qitish imkonini beradi.

  1. Tabaqalashtirilgan o‟qitish. Inklyuziv ta‘limning bu asosidan boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda quyidagicha foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi;

  • har bir guruhga mavzular topshiriq sifatida beriladi;

  • bajarilgan topshiriqlarning ijodiy yondashilganlik asosida baholash;

  • guruhdagi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilib borish.

Tabaqalashtirilgan o‘qitishning bunday imkoniyatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasida qisqa muddatda erishishda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari inklyuziv ta‘limning tabaqalashtirilgan tarzda o‘qitish shakllarini chuqur o‘zlashtirilishi taqozo etiladi.

  1. Individuallashtirilgan o‟qitish. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda individuallashtirilgan o‘qitish shakli quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • har bir o‘quvchi bilan alohida ishlash;

  • har bir o‘quvchining jismoniy va aqliy layoqatlarini rivojlantirish;

  • jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan alohida ishlash;

  • har bir o‘quvchining teng darajada tarbiyalanib borishini nazoratga olish.

Bu imkoniyatlardan boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanining har bir mavzusini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladi.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda inklyuziv ta‘lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda;
- masofaviy ta‘lim jarayonida;
- o‘quv-tarbiya muassasalarida;
- oilada;
- mahalla huzurlarida tashkil etilgan Ta‘lim markazlarida;
- yoshlarning jamoatchilik tashkilotlarida.
E‘tibor berilsa, bunday mashg‘ulotlar shakllarida shaxsning imkoniyatlaridan qat‘iy nazar ta‘lim va tarbiyaga qamrab olinishi nazarda tutilgan. Shu jihatdan ana shu shakllar vositasida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish ham kutilgan samarani beradi. Buning uchun oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari inklyuziv ta‘lim asoslari bilan qurollantirilishi kerak. Shu ma‘noda
―Tarbiya‖ fanini inklyuziv ta‘lim asosida o‘qitishning metodologiyasini ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda milliy va jahon pedagogikasi tajribalariga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, Germaniya Respublikasida
―Inklyuziv ta‘lim markazi‖ faoliyat yuritmoqda. Bu markaz vositasida mamlakatning imkoniyati cheklangan shaxslari ruhiy, sensor va ijtimoiy jihatdan tarbiyalanadi. Markazning har bir umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida filiallari mavjud.
Bizning mamlakatimizda inklyuziv ta‘limning o‘quv-tarbiya muassasalarida amalga oshirish tajribasi mavjud. Ana shu tajribalar asosida ―Tarbiya‖ fanini inklyuziv ta‘lim vositasida o‘qitish metodologiyasini ishlab chiqish mumkin.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin