O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə23/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o’qitishning ahamiyati. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini inklyuziv ta‘lim asosida o‘qitish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qitish va tarbiya jarayonida quyidagilarga erishish kuzatiladi:
- o‘quvchilarning faol bo‘lishi;
- o‘quvchilarda ijodiy fikrning tarkib topishi;
- o‘quvchilar layoqatining namoyon bo‘lishi;
- dars mavzularining qiziqarli o‘qitilishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchining dars jarayonida teng va faol ishtirok etishi.
Bu imkoniyatlar boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini yangicha asoslarda o‘qitish va uning samaradorligiga erishishda qo‘l keladi. Shu sababli inklyuziv ta‘limning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini egallash lozim.
Inklyuziv ta‘limda tushuntirish, o‘rgatish va kuzatish metodlariga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida inklyuziv ta‘lim asoslarini chuqur o‘rganish tavsiya etiladi.
O‘quv-tarbiya muassasalarida ―Tarbiya‖ o‘quv fanini o‘qitishda inklyuziv ta‘lim shaklining metodlari, texnologiyalari va yo‘nalishlariga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli bu borada o‘quv adabiyotlarini yaratish dolzarb bo‘lib turibdi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash, ijodkorlik va ko‘nikmalilik kompetensiyalarini ―Tarbiya‖ fani vositasida shakllantirish samarali hisoblanadi. Bunda ko‘proq inklyuziv ta‘lim vositalariga tayanish amaliy natija beradi.
―Tarbiya‖ fani umumiy o‘rta ta‘lim o‘quv fanlarining ichida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda ta‘limning turli shakllariga asoslanish taqozo etiladi. Inklyuziv ta‘lim mazkur fanni butun jamiyatning yosh avlodini qamrab olish imkonini beradi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, mamlakatimizning inklyuziv ta‘lim bo‘yicha o‘qituvchilarining tajribalarini ommlashtirish taqozo etiladi.


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:

  1. Inklyuziv ta‘lim xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda inklyuziv ta‘lim asoslari deganda nimalarni tushunasiz?

  3. Inklyuziv ta‘lim asosida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning ahamiyati nimalar bilan belgilanadi?

  4. Quyidagi kitobdan inklyuziv ta‘lim asoslarini o‘rganing: Xasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent, 2009

  1. Yüklə 1,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin