Fannio’qitishamaliyotinitakomillashtirishdaijtimoiyso’rovnomalardanfoydalanish. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ―Boshlang‘ich ta‘limda
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishning amaliyotini takomillashtirib borish mexanizmlaridan biri ijtimoiyso‟rovnomalaro‘tkazish va ularning natijalari asosida fanni o‘qitish
asoslarini takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilarga asoslanish tavsiya etiladi:
fan mavzularini va ularning o‘quv materiallarini takomillashtiruvchi davriy ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish;
fanni o‘qitishda ta‘lim oluvchilar va undan manfaatdorlarning fikrini bilib borish bo‘yicha choraklik ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish;
fanning metodlari, texnologiyalari va uning innovatsion asoslarini takomillashtirib borish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish;
fanni o‘qitishni takomillashtirib borish bo‘yicha o‘quv va ilmiy muassasalarning takliflarini bilib borishga doir yilliy ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish.
E‘tibor berilsa, ijtimoiy so‘rovnoma va ularning natijasida olinadigan tahlillar oliy pedagogik ta‘lim jarayonida ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishni amaliy takomillashtirib borishda o‘ziga xos laboratoriya manbaidir. Bunday yondashuv asosida fanni o‘qitishning yangicha asoslari kashf etib boriladi va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini amaliy shakllantirib borish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Shu sababli ijtimoiy so‘rovnoma mexanizmlaridan oqilona foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va amaliy faoliyatdagi o‘qituvchilarga tavsiya etiladi.
Fannio’qitishamaliyotinitakomillashtirishdaindividualamaliy tajribalardan foydalanish. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ―Boshlang‘ich ta‘limda
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individualamaliytajribalardanfoydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
Individual amaliy tajribalar – bu ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishni amalga oshiruvchi professor va o‘qituvchilarning o‘ziga xos yondashuvlari, metodlari va texnologiyalari majmuidir. Shu sababli bu tajriba majmui fanni o‘qitishda o‘ziga xos tayanchlardan biri hisoblanadi.
Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida ―Boshlang‘ich ta‘limda
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishning individual amaliy tajribalaridan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
oliy, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida
―Tarbiya‖ o‘quv fani bo‘yicha faoliyat olib borayotgan professor va o‘qituvchilarning faoliyatini monitoring qilib borish;
mazkur fanni o‘qitishda muvaffaqiyatga erishayotgan professor va o‘qituvchilarning yutuqlarini tahlil qilib borish;
mazkur fan bo‘yicha ta‘lim oluvchilar, ta‘lim beruvchilar, o‘quv va ilmiy muassasalarning tashabbuslarini o‘rganib borish;
o‘rganilayotgan individual amaliy tajribalarni fanni o‘qitish jarayoniga tadbiq etish mexanizmlarini yaratib borish.
Bunday yondashuv oliy pedagogik ta‘lim jarayonida
―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishning muhim mexanizmi hisoblanadi.
Shunday qilib oliy pedagogik ta‘lim jarayonida ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanini o‘qitishning amaliyotini takomillashtirib borishda ilmiy- tadqiqot xulosalari, ijtimoiy so‘rovnoma va ilg‘or individual amaliy tajribalar muhim ahamiyatga ega. Bu tajribalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga muhim tayanchlar bo‘lib xizmat qiladi.
Mustahkamlashuchunsavollarvatopshiriq: ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish qanday bo‘ladi?
Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy so‘rovnomalardan foydalanishning asoslari nimalardan iborat?
Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan foydalanish tayanchlarini nimalar tashkil etadi?
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqot xulosalari, ijtimoiy so‘rovnomalar va individual amaliy tajribalardan foydalanish asoslarini o‘zlashtiring.
Mazkur uchinchi modulda tarbiya amaliyotining asosiy masalalari bilan tanishdingiz. Bu modulni o‘zlashtirish bilan 6 kreditga ega bo‘lasiz. Buning uchun har bir mavzu oxirida berilgan mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarish va o‘zlashtirgan ko‘nikmalaringizni pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amalda qo‘llab ko‘rish tavsiya etiladi.