―Tarbiya‖ fani insoniyat tarixida, jumladan, o‘zbek xalqi tarixida juda qadimdan tajribaga ega bo‘lib kelmoqda. Shu sababli pedagogik tadqiqotlarda avval tarbiya jarayoni, keyin ta‘lim kelib chiqganligi ta‘kidlanadi. Shu jihatdan tarbiyaning manbalarini chuqur o‘rganish va bunday manbalarning eng muhim jihatlarini o‘zlashtirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompanenti tarkibiga kiradi.
―Tarbiya‖ fani manbalarini o‘rganishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak:
- o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiya jarayoniga oid yondashuvlar;
- jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalarini ifodalanishini o‘zlashtirish;
-―Tarbiya‖ fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini o‘rganish.
Bunday yondashuv ―Tarbiya‖ fani manbalarini tahlil qilish vositasida o‘zlashtirish imkonini beradi. Misol uchun, o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiya jarayoniga oid muhim belgilar, o‘gitlar va nasihatlar belgilangan. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiyaning ijtimoiy masalalariga alohida e‘tibor berilgan. Shu sababli bu manbalarni o‘rganishda uyg‘unlik tamoyiliga asoslanish lozim.
―Tarbiya‖ fanining ilmiy-tadqiqot metodlari ko‘p. Bu metodlarning asosiylarini quyidagilar tashkil etadi va ularni o‘zlashtirish zaruriyat hisoblanadi:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur metodlarni o‘zlashtirishi kerak. Chunki hozirgi zamon boshlang‘ich ta‘lim metodikasi ilmiy tafakkuriga ega boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilarini tayyorlash talabini qo‘ymoqda.
―Tarbiya‖ fani manbalari tahlilini o‘rganishda pedagogik ilmiy- tadqiqotlarning ta‘kidlangan metodlarini o‘zlashtiring.