O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə17/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari


Reja:

  1. O‘qitishning noan‘anaviy shakllari xususiyatlari

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda xorij tajribasidan foydalanish

  3. Tarbiya fanini o‘qitishda individual uslublar

Tayanch tushunchalar:
Tarbiya, fan, o‘qitish, noan‘anaviylik, shakl, xususiyat, individual, uslub, bilim, ko‘nikma.


O’qitishning noan’anaviy shakllari xususiyatlari. Jamiyatning rivojlanishida o‘qitishning noan‘anaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etish jarayoni kechmoqda. Noan‟anaviy shakl deganda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar va masofaviy ta‘limning shakllari tushuniladi. Bunday ta‘limning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- o‘quv materiallarining erkin tanlanishi va ularning amaliyot bilan bog‘liqligi;
- ta‘lim oluvchilarning erkin munosabatda bo‘lishi;
- ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchilarning faolligi;
- ta‘lim va tarbiyada amaliy samaraga erishishning mavjudligi.
Shu sababli bugungi kunda o‘qitishning noan‘anaviy shakllariga alohida e‘tibor berilmoqda. Misol uchun, ana shunday shakllardan biri auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlardir. Bunday mashg‘ulotlarning quyidagi turlari o‘qitish jarayonida maqsadga erishish imkonini beradi:
-―Tarbiya‖ fani bo‘yicha maxsus kurslar, to‘garaklar va klublar tashkil qilish;
- muzeylar va sayohat maskanlarida tarbiya masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish;
- jamiyatimizning eng mashhur kishilari bilan suhbatlar va uchrashuvlar tashkil qilish;
- tarbiya jarayonida muvaffaqiyatga erishayotganlarni axborot- kommunikatsion vositalari orqali namuna sifatida ko‘rsatib borish.
O‘qitishning bunday noa‘anaviy shakllari ta‘limning amaliy jihatini kuchaytiradi.
Mazkur fanning noan‘anaviy o‘qitish shakllaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e‘tibor berish kerak:
- har bir mavzuni imkon qadar auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar vositasida amaliy jihatdan mustahkamlash;
- mavzular bo‘yicha ta‘lim oluvchilarning og‘zaki va yozma tashabbuslarini hisobga olgan holda muntazam yangi ma‘lumotlar bilan boyitib borish;
- mavzular bo‘yicha mutaxassislarning takliflari va ularning ishtirokidagi mashg‘ulotlarni kengaytirib borish;
- mazkur fanning amaliy mashg‘ulotlarini noan‘anaviy shakllarda o‘tkazish.
Bunday yondashuv ―Tarbiya‖ fanini noan‘anaviy shakllarda o‘qitish vositalari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, o‘qitishning noan‘anaviy shakllari amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida mazkur fanni noan‘anaviy o‘qitish shakllariga asosan ta‘lim berish asoslari bo‘yicha
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yetarli darajada nazariy bilim va ko‘nikma berish taqozo etiladi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, o‘qitishning elektron-modulli tizimi sharoitida noan‘anaviy mashg‘ulotlar shakllarini amaliy mashg‘ulotlar vositasida tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman, amaliy mashg‘ulotlarni noan‘anaviy shaklda, ya‘ni auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar vositasida amalga oshirish samarali hisoblanadi. Shu jihatdan ―Tarbiya‖ fanini noan‘anaviy shakllarga asosan talabalarga tushuntirish, ularning mazkur fan bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish va tarbiya ishi jarayoniga tayyorlash amaliy jihatdan kutilgan samarani beradi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin