O‘tgan zamon maqsad fe’li nutq so‘zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo‘lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko‘nglidagi hamma sir-asrorini to‘kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O‘tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo‘shimchalarini olgan fe’l negiziga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi:
SHaxs
Son
Birlik
Ko‘plik
Misol
Zamon ko‘rsat-kichi
SHaxs-son qo‘shimchasi
Misol
Zamon ko‘rsat-kichi
SHaxs-son qo‘shimchasi
I shaxs
o‘qimoqchi edim, o‘qiydigan edim,
-moqchiQedi, -diganQedi
-m
o‘qimoqchi edik, o‘qiydigan edik,
-moqchiQedi, -diganQedi
-k
II shaxs
o‘qimoqchi eding, o‘qiydigan eding,
-moqchiQedi, -diganQedi
-ng
o‘qimoqchi edingiz, o‘qiydigan edingiz,
-moqchiQedi, -diganQedi
-ngiz
III shaxs
o‘qimoqchi edi, o‘qiydigan edi,
-moqchiQedi, -diganQedi
-
o‘qimoqchi edilar, o‘qiydigan edilar,
-moqchiQedi, -diganQedi
(-lar)
Hozirgi zamon Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe’li qo‘shimcha modal ma’nolariga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li.