Issiqlikni saqlash, taqsimlash va iste‟mol quyi tizimi
Isroilda quyosh energiyasidan foydalanishning eng ma‘lum misollaridan
biri mamlakatning istalgan joyidagi uylar tomlarida о‗rnatilgan suv isitgichlari
(boylerlar)dir. Maishiy ehtiyojdagi kо‗p uchraydigan qurilma 150 l sig‗imli
40
issiqlik о‗tkazmaydigan suv rezervuarlari va 2 m
2
maydondagi quyosh
batareyasi yassi paneldan iborat. Batareya quyosh issiqlik energiyasini
akkumulyatsiyalaydi va suvni isitadi, u esa nasossiz о‗zi oqib rezervuarga
tushadi. Bunday tizimlarning о‗rtacha yillik samaradorligi tahminan 50% ni
tashkil qiladi. Shu tariqa, bunday qurilma uning egasi yiliga tahminan (ya‘ni
elektr energiyasi qiymatini hisobga olganda tegishli summani) tejash imkonini
beradi. oddiy kunda qurilma boylerlar suv haroratini tahminan 30
0
S ga kо‗tara
oladi, ya‘ni suvni 50
0
S haroratiga kadar isitadi. Amalda bu qurilma egasi
yilning asosiy qismi davomida zahiradagi elektr isitgichdan (barcha boylerlarda
u mavjud) foydalanmasligini anglatadi, chunki u yuvininsh uchun issiq suvni
«tekin» ga oladi. Katta sig‗imli tizimlar (odatda nasoslar qо‗llaniladi) kо‗p
kavatli binolar, ba‘zi seksiyalar, shuningdek mamlakatning kо‗plab sanoat
korxonalarini suv bilan ta‘minlashda qо‗llaniladi.
Isroil davlati issiq mamlakat deb hisoblansada, ayniqsa, kuddus va boshqa
joylar, shu jumladan, Negev chо‗lidagi qish ancha sovuqdir. Biroq mamlakat
iqlimi quyosh energiyasi yordamida turar joy binolarini passiv isitish juda
mosdir. Bu yerda qishda quyosh energiyasi hisobiga issiqlikni saqlash mumkin
bо‗lgan, turar joy uylarini loyihalash haqidagi sо‗z bormoqda. Bunda uylar
salqin bо‗ladi qator mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan muqobil varianti
quyosh kollektorlari, sirkulyatsiya, elektr nasoslari va issiqlik akkumulyatorlarni
talab qiladigan quyosh energiyasi yordamida qattik isitish Isroil uchun iqtisodiy
jihatdan samarasizdir, chunki mamlakatdagi qish mavsumi uzoq davom etmaydi.
Passiv isitiladigan uning asosiy qismlariga-(1) bino issiqlikni yaxshi saqlaydigan
qoplama borligi; (2) harorat о‗zgarishlarning oldini oladigan va tungi davrda
issiqlik akkumulyatsiyasini ta‘minlaydigan yetarlicha termal massa mavjudligi;
(3) janubga chiqadigan derazalarning yetarlicha maydonga egaligi. Salqin
iqlimli joylardagi an‘anaviy «quyosh uyi» devorlarining tuzilishi quyidagicha
bо‗lishi mumkin:
10 sm qalinlikdagi shtukatura qatlami, keyin 10 smli beton qatlami
(issiqlik akkumulyatsiyasini ta‘minlaydi), 5 sm li issiqlik saqlovchi qatlam
41
(penopoliuretan) va nihoyat mazkur mintaqada qabul qilingan issiqlik saqlovchi
qatlamni himoyalash uchun bezovchi material. Tom uchun 10 smli issiqlik
saqlaydigan penopoliuretan qatlami nazarda tutiladi; janubga qaragan derazalar
umumiy maydoni uy-joy maydonining tahminan 15% ni tashqil qilishi kerak.
Mamlakatning issiqroq joylarida derazalar maydoni tegishli ravishda
kamaytirish mumkin. Barcha derazalar quyosh nurlarini tushishini cheklaydigan
jalyuza yoki tо‗siqlarga ega bо‗lishi lozim.
Quyosh energiyasidan foydalanishga mо‗ljallangan aralash isitish
tizimlari, qishloq turar joy binolarini va qishloq xо‗jaligida ishlab chiqilgan.
Obyektlarni issiqlik bilan ta‘minlashga mо‗ljallangan. Bunday tizimlarda
asosan, quyosh energiyasidan issiqlik tashuvchi sifatida esa suvdan
foydalaniladi. Bunday qurilmalarda yillik energiya sarfi 10% gacha kamayishi
mumkin.
Olmoniya olimlari tashqi devorlari va tomi yaltiroq issiqlik izolyatsiyasi
bilan qoplangan, uning ostida yutuvchi modullar bilan jihozlangan binolarni
isitish uchun quyosh energiyasidan foydalanish metodini ishlab chiqdilar.
Modullar har qaysi qavatda bо‗ladi. Ularning yutadigan quyosh energiyasi yo
susaytiruvchi yoki kuchaytiruvchi qurilmalarda foydalaniladi. Kuchaytiruvchi
qurilmalarda barcha energiya yoki uning qismlari tegishli qavatdagi barcha
modullarni birlashtiradigan qurilmaga uzatiladi. Yutish tizimining vazifasi
nimadan iboratligiga muvofiq quyosh energiyani isitish uchun yoki ayrim
xonalarni sovutish uchun susaytiruvchi yoki kuchaytiruvchi qurilmalar
yordamida foydalaniladi. Shuningdek, tizim issiqlik akkumulyatori bilan ham
jixozlangan. Absorberdan havoga issiqlik uzatish yuqori, energiyasi oz
yо‗qotadigan va tannarhi uncha qimmat bо‗lmagan, quyosh kollektorlarini ham
tavsiya qilinadi. Absorber bir necha qavatli ro‘zg‘or oynasidan iborat bо‗ladi.
Uning har bir qismida yuqoridan tushayotgan nurlar absorbirlashadi, bir qismi
esa о‗tqazib yuboriladi. Yuqori qatlamlari pastkilarini ajratib turadi, shu usulda
uning issiqlik yо‗qotishini bartaraf qiladi. Oddiy ruzgor oynasidan
foydalanilgani uchun kollektor arzonga tushadi. Bunday qurilma qishloq
42
xо‗jalik obyektlarida pichan va donni quritish uchun havoni isitishda keng
qо‗llanilishi mumkin.
Isitish va issiq suv bilan ta‘minlash quyosh issiqlik tizimi ham taklif
qilinadi, unda egiluvchan materialdan yasalgan isitilgan suvni yig‗adigan asosi
yoki bosh to‘plovchi tо‗ldirgich qattiq vannaga joylashtirilib, quyosh energiyasi
kollektori quyosh qurilmasining birnchi konturiga ulangan. qurilmada bosh
to‘plovchining ustida sistemadagi suvni tuldirib turish uchun idish, birinchi
kontur bilan va isitish qanday issiq suv bilan ta‘minlovchi tizim binodan
almashtirgich joylashtirilgan. Birinchi konturdagi suv sarfi bosh tо‗plovchidagi
suv harorati bо‗yicha boshqariladi.
Issiqlik
uzatishning
geliotizimlardan
O‘zbekistonning
janubiy
viloyatlariga tegishli texnika iqtisodiy asoslarga muvofiq quyidagi holatlarda,
qо‗llanilishini tavsiya qilishimiz mumkin:
-mavsumiy issiqlik bilan ta‘minlash yoki yozgi vaqtda issiqlik
is‘temolidan foydalanishning maksimal rejimida;
-an‘anaviy issiqlik manbalari chiqariladigan energiyasi tannarxi yuqori
bо‗lganda;
-kelib tushadigan quyosh radiatsiyasi о‗rtacha yillik miqdori yuqori
bо‗lganda va quyoshli -QEK qurilmasini joylashtirish uchun maydonchalar
bо‗lganda va bino konstruksiyasida QEK soya berib turadigan tо‗siqlar
bо‗lmaganda;
-atrofdagi havo muhitining о‗ta toza bо‗lishiga talablar yuqori bо‗lganda;
-yoqilg‗i-energetika resuslarini tejash maqsadida. Quyoshli issiq suv
ta‘minoti tizimi (KIST) ning asosan ikki xili bor issiqlikni tabiiy uzatish (9 a-
rasm) va issiqlikni tashuvchini majburan haydab sirkulyatsiya qilish (2.9 b-
rasm) hillari.
Agar quyosh energiyasi kollektor konturida va issiqlik bak-
akkumulyatorda suv bо‗lsa, QISTT bir konturli sxemada bajariladi. Issiqlik
tashuvchining muzlab qolishining oldini olish maqsadida KEK konturida
antifrizdan foydalanish mumkin, u holda antifrizdan suvga issiqlik
43
almashtiruvchi (teploobmenik) orqali uzatiladi va KISTT ikki konturli sxema
orqali bajariladi. 2.9 a-rasm KISTT ning birinchi tipi
2.9-rasm.Quyosh suv isitish qurilmalarida tashuvchining (a) va majburiy (b)
sirkulyatsiyasining prinsipial sxemasi 1-quyosh energiyasi kollektori 2-Issiq suv
bak-akkumulyatori 3-Nasos 4. Aralashtirgich ventil
odatda is‘temolchilar unga kо‗p bо‗lmaganda foydalaniladi, u holda issiqlik bak-
akkumulyatori quyosh energiyasi kollektoridan yuqoriroq yerga joylashtirilishi
kerak. Is‘temol miqdori katta bо‗lsa, issiq suv sirkulyatsiyasi uchun nasos kerak
bо‗ladi.
2.10-rasm. Ikki konturli quyosh suv isitish qurilmalarida issiqlik tashuvchining
(a) majburiy (b) sirkulyatsiyasining prinsipial sxemasi
1. quyosh energiyasi kollektori 2. Issiqlik akkumulyatori 3. Issiqlik
almashtirgich 4. Qо‗shimcha issiqlik manbai
5. Nasos 6. Saqlagich klapan
44
Geliyli suv isitgichlaridan foydalanishda foydalanuvchining issiq suv
iste‘moli vaqt bо‗yicha qurilma maxsuldorligi bilan mos kelmasligi mumkin.
Shuning uchun qurilmalarda issiqlik saqlash quyi tizimi-isitilayotgan suv uchun
maxsus idishlar nazarda tutilgan bо‗lishi kerak.
Akkumulyator - qurilmaning juda ham zarur unsuri hisoblanib, butun
tizimning muvoffaqiyatligi ishlashi unga bog‗liqdir.
Akkumulyatorning asosiy kо‗rsatkichi uning sig‗imidir.Chunki, kollektor
va bak- akkumulyator yopik tizimini hosil qiladi. Undagi issiqlik tashuvchi
sirkulyatsiya tabiiy konveksiya hisobiga yoki sirkulyatsiya nasos yordamida
amalga oshiriladi.
Akkumulyator sig‗imi va yig‗uvchi yuza maydoni о‗rtasida bevosita
bog‗liqlik mavjud. Katta maydonli yig‗uvchi yuza va kichik sig‗imli
akkumulyatorlarga ega bо‗lgan qurilmalarda kichik hajmdagi, lekin yuqori
xaroratdagi issiq suvlarni ishlab chiqarish mumkin. Kichik maydonli yig‗uvchi
yuza va katta sig‗imli akkumulyatorga ega bо‗lgan qurilmalarda esa, aksincha,
katta hajmdagi past haroratli issiq suv ishlab chiqariladi. Birinchi holda quril
mada yig‗ish samaradorligi pasayadi, ikkinichi holda tashqi zahira energiya
is‘temoli ortadi. Majburiy sirkulyatsiya bо‗lmaganda, zichlik farqi hisobiga,
akkumulyatordagi suv qatlam-qatlam bо‗lib joylashishga moyil bо‗ladi, ya‘ni
harorati xar xil bо‗lgan qatlamlar hosil bо‗ladi. Shunday qilib, suyuq issiqlik
tashuvchidan foydalanilganda bak ichida vertikal yo‘nalgan harorat gradiyenti
hosil bо‗ladi haroratlar farqi bir necha o‘n gradusgacha etishi mumkin. Shu
sababli kechasi (quyosh radiatsiyasi yо‗q vaqtda) issiqlik tashuvchining teskari
oqimini yо‗qotish uchun termosifon sirkulyatsiyadan foydalanish asosida
qurilgan tizim teskari klapan bilan ta‘minlanishi kerak. qatlamlarning hosil
bо‗lishi akkumulyator shakliga ham bog‗liq. Rezervuarning balandligi uzining
diametriga nisbatan kamida ikki marta katta bо‗lishi kerak.
Tayyorlovchi zavodlar tomonidan issiq suv akkumulyatorlarining turli
variantlari ishlab chiqarilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan kichik va о‗rtacha
45
qurilmalar uchun maxsus tayyorlangan qurilmalardan foydalanish tavsiya
qilinadi. kotishmalari, nometall materiallar hisoblanadi. Karroziyaning gal‘vanik
juftlik hodisasi ta‘sir natijasi sifatida maxsus ishlab chiqilgan elektron tizimlar
yordamida yoki «sarflanuvchi anod» deb ataluvchi qurilma yordamida oldi
olinishi mumkin. Bundan tashqari, akkumulyator, yaxshi issiqlik izolyatsiyasiga
ega bо‗lishi kerak.
Quyosh yordamida, suv isitishning yirik tizimlarida, akkumlyatorlarining
konstruktiv jixatdan murakkabrok foydalanishi mumkin. Bir necha bak-
akkumulyatorlarni о‗zaro ketma-ket ulanishi is‘temolchini issiq suv bilan
ta‘minlashda uzilishlarni yо‗qotadi.
Quyosh nuri yetishmasligi bilan bog‗liq bо‗lgan muammoning sodir
bо‗lmasligi uchun quyosh suv isitish tizimlarida odatdagi energiya manbalari
nazarda tutiladi.
Kollektor quyosh tizimi quvvati yetarli bо‗lmay qolganda qо‗shimcha
energiya manbasiga ulanadi. U energiya sarfi avji vaqtida is‘temolchini uzluksiz
ta‘minlashni amalga oshirishni ta‘minlaydi.
Unchalik katta bо‗lmagan quyosh qurilmalarida qо‗shimcha energiya
sifatida elektr suv isitgichlar xizmat qiladi. Bundan tashqari gaz va mazut
garelkalari qullanishi mumkin.
Issiqlik quyosh qurilmalarining murakkabligiga kura turli nazorat va
boshqarish quyi tizimlari mavjud. Eng soddalaridan (kichik termosifonlar
variantlarda) haroratga bog‗liq ravishda rezerv energiya manbasini ulab yoki
uzib turuvchi, akkumulyatorga joylashtirilgan datchiklaridan foydalaniladi.
Murakkabrok qurilmalarda, harorat datchiklari konturning bir necha
nuqtalarida joylashtiriladi. Bu turli nasoslar va klapanlar ulash uchun, qurilma
umumiy holati haqida axborot olish va avtomatik nazoratni amalga oshirish
imkoniyatini berdi. Bundan tashqari qurilma masofadan boshqarilishi mumkin
va uning turli unsurlari holati xaqida axborot boshqa joyda joylashgan
stansiyalarga uzatilishi mumkin.
46
Umuman olganda, xar doim, nazorat qurilmasini iloji boricha sodda qilib
ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqair. Lekin, shunga qaramasdan, u shunday
darajada avtomatlashtirilgan bо‗lishi kerakki, foydalanuvchining doimiy
ravishda kuzatib turishning zarurati bо‗lmasin. Harorat va suv miqdori haqida
tо‗liq axborotni olish uchun akkumulyatorda bir necha datchikning bо‗lishi
zarur. Kollektordan chiqishda suv oqimi harorat datchigining xuddi shunday
datchikning akkumulyatorda joylashtirilishi bilan kombinatsiyalanishi katta
ahamiyatga ega. Bu nasoslarni ishga tushirish va tо‗xtatish vaqtini tо‗g‗ri
aniqash imkonini beradi.
Nazorat boshqarishning kо‗plab quyi tizimlari mavjud. Bо‗lar, misol
uchun, faoliyatlari bilan birgalikda gelioqurilma optimal rejimda ishlashning
asosiy sharti hisoblandi. Nazorat tizimining notо‗g‗ri faoliyat kо‗rsatishi,
qurilma uchun oqlab bо‗lmaydigan zararga olib kelishi mumkin. Nazorat
tizimining yana bir qiymatli funksiyasini eslatib о‗tish zarur. Energiya
yuqolishining oldini olish. quyosh nurlari yetarli bо‗lmagan davrlarda qurilma
tо‗xtab-tо‗xtab ishlashi oqibatida energiyaning katta miqdori atrof muhitga
ketishi mumkin. [3]
Dostları ilə paylaş: |