O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


II. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

II. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI 


53 
Quyosh energiyasining ekologik аhаmiyati 
Atmosferaning eng muhim tarkibiy qismi bo‗lgan kislorod inson hayoti 
uchun muhim rol o‗ynaydi. Sayyoramizdagi o‗simlik dunyosi yiliga 160 milliard 
tonna karbonat angidrid gazini o‗zlashtirib, atmosferaga 120-190 milliard tonna 
kislorod yetkazib beradi. Bundan tashqari, ular havodagi changning to‗rtdan uch 
qismini tutib qoladi hamda sulfit gazining uchdan ikki qismini yutadi. 
O‗simliklar mavjud bo‗lgan hududda havoning harorati ular bo‗lmagan joylarga 
nisbatan 2-3 daraja past bo‗lishi isbotlangan. 
Atmosfera havosining ifloslanishida havo tarkibidagi kislorod, ozon, azot, 
karbonat angidrid gazi va boshqalardan tashqari, zaharli gazlarning, chang 
zarrachalarining ko‗plab aralashuvlarini kuzatish mumkin. Toza havoni 
bulg‗ovchi asosiy omillardan yana biri avtotransport vositalaridan chiqayotgan 
zaharli gazlardir. Undan chiqadigan is (karbonat angidrid) gazi havoga nisbatan 
og‗irroq bo‗lgani bois doimo yer sirti yaqinida to‗planadi. Is gazining zararli 
tomoni shundaki, u qondagi gemoglabinga qo‗shilib, kislorodning organizm 
hujayralariga yetib borishiga yo‗l qo‗ymaydi. Shuningdek, avtomobildan 
chiqadigan gaz tarkibidagi akrolen, formaldegid, tetrayetil qo‗rg‗oshinlar ham 
inson salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bundan tashqari, atmosfera havosini 
zaharlovchi sohalardan biri issiqlik elektrotsansiyalari, issiqlik elektr markazlari 
va qozon qurilmalaridir. Issiqlik elektrotsansiyalaridan chiqarib tashlanadigan 
zaharli moddalar miqdori juda katta. Masalan, oyiga 51 ming tonna ko‗mir 
sarflaydigan elektrotsansiya qozon qurilmasi har kuni 33 tonna oltingugurt 
angidridni havoga ajratib chiqaradi. Qulay metereologik sharoitda esa 50 tonna 
oltingugurt kislotaga aylanishini inobatga olsak, bu qurilmadan har kuni 
qo‗shimcha yana 40-50 tonna kul chiqarib tashlanadi. 
Shuningdek, qora metallurgiya sohasining ham atmosfera ifloslanishidagi 
ulushi yuqori. Misol tariqasida aytadigan bo‗lsak, bir tonna cho‗yan olishda 
atmosferaga 4,5 kilogramm chang, 2,7 kilogramm zaharli gaz, 0,1-0,5 
kilogramm marganets chiqarib tashlanadi. Ushbu moddalar tarkibida kam 
miqdorda bo‗lsa ham mishyak birikmalari, fosfor, surma, qo‗rg‗oshin, simob 


54 
bug‗lari, vodorod sianid kabilar uchraydi. Qora metallurgiyaning hozirgi 
zamonaviy zavodlari ko‗mirni kokslantiruvchi sexlarga ega. Koks ximiyaviy 
ishlab chiqarish atmosfera havosini chang va uchuvchi birikmalar bilan 
ifloslaydi. Bir tonna koks olishda 300-320 metr kub koks gazi hosil bo‗lib, uning 
tarkibida 50-63 foiz vodorod, 20-34 foiz metan, 5-4,7 foiz uglerod oksid, 1,6-4 
foiz karbonat angidrid, 5-10 foiz azot, 2-2,6 foiz uglevodlar va boshqa moddalar 
mavjud. Rangli metallurgiya zavodlaridan toksik (zaharlovchi) changsimon 
moddalar-mishyak va qo‗rg‗oshin atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bular ham 
odam organizmi uchun zararlidir. 
Bu kabi misollarni yana ko‗plab keltirish mumkin. Shu bois hozirgi kunda 
atmosferani muhofaza qilish bo‗yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Avtotransport vositalarining dvigatellarini gaz yordamida ishlashini yo‗lga 
qo‗yish, yonishdan hosil bo‗lgan gazlarni neytrallashtirish, dvigatellarni 
takomillashtirish elektroavtomobillarga (elektromobillar) o‗tish va boshqalar 
shular jumlasidandir. Bu kabi tadbirlar bilan bir qatorda, mamlakatimizda 
quyoshli kunlarning soni yil davomida 280-300 kundan ortiqligini inobatga 
olsak, quyosh energiyasidan foydalanishning imkoniyatlari yuqori. Undan 
tashqari bir yilda 1m
2
yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasining o‗rtacha 
miqdori 546 x 10
7
joulni tashkil etib, bu taxminan 300 kilogramm ko‗mir 
yoqilganida ajralib chiqadigan energiyaga teng. Bir gektar maydonga tushadigan 
quyosh nuri esa ikki tonna ko‗mir energiyasiga ekvivalent bo‗ladi. Shu bois 
kelgusida quyosh energiyasi hisobiga harakatlanuvchi transport vositalaridan 
foydalanish borasida ham olimlar tomonidan bir qancha izlanishlar olib 
borilmoqda. 
Atrof-muhit muhofazasida quyosh energiyasining yana bir muhim jihati 
shundaki, fotosintez jarayoni tufayli o‗simliklar havodan karbonat angidirid 
gazini qabul qilib, inson organizmi uchun zarur bo‗lgan kislorod moddasini 
ishlab chiqadi. Inson bir kecha kundiz o‗pkasidan 10 m
3
havo o‗tkazadi va yiliga 
bir tonnadan ortiq kislorod qabul qiladi. Masalan, ochiq, iliq kun davomida bir 
gektar o‗rmon havodan 220-280 kilogramm karbonat angidrid gazini 


55 
o‗zlashtirib, 180-220 kilogramm oksigen chiqaradi. Bundan tashqari, bir gektar 
maydondagi daraxtlar barglarida chang o‗tirib qolishi natijasida yil davomida 
(changli davrlar hisobga olingan) 100 tonnagacha changni ushlab qoladi. 
Shuningdek, metallurgiya zavodlaridan chiqadigan zaharli gaz va 
zarrachalarni kamaytirish uchun maxsus filtrlardan foydalanish, kelajakda esa 
quyosh pechlarini ushbu sohada tatbiq etilishi atmosfera havosi ifloslanishining 
oldini olishda munosib xizmat qiladi. Organik yonilg‗ilardan faqat elektr 
energiyasi olish uchun foydalanilmasdan, balki transport vositalari - teplovoz, 
teploxod, samolyot, avtomobil, traktorlar uchun, metall eritishda, bug‗ olishda, 
uylarni isitish tizimlarida, oziq-ovqat sanoati korxonalarida va boshqa sohalarda 
foydalanish talab etiladi. 
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bu 
yo‘nalishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‗rganish atrof-muhit 
musaffoligini ta‘minlash yo‗lida olib borilayotgan ishlar samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin